QAZZOFIYNING KATTA SUN’IY DARYOSI

“Katta sun’iy daryo”- u Qazzofiyning davrida xuddi shunday deb nomlanar edi – 4000 km masofaga cho’ziladigan katta quvurlar orqali chuchuk suvni ko’chirish uchun tuzilgan katta loyihadir. Ushbu loyihaning qiymati 35mlrd dollardan oshadi. Katta suv loyihasini qurishdagi tamal toshi 1984-yilda Jalu vohasidagi Sariyr mintaqasiga qo’yildi. Uni turli vaqtlarda tashkilot bosqichma-bosqich amalga oshirdi.

Bu sun’iy daryo ko’pchiligini chuqurligi 500 metr bo’lgan 1300 ta quduqni o’z ichiga oladi. Loyiha qurilishida 5mln tonnadan ko’proq sement ishlatildi. Liviya yerlarining katta qismini o’z ichiga olgan murakkab loyiha janubi-sharqiy va janubi- g’arbiy sug’oriladigan katta markaziy shaharlarga kuniga 6,5 mln metr kub miqdorida chuchuk suv yetib borishligini ta’minlardi

O’sha paytlarda neft qidirish shirkati  Liviya sahrolarining yer qa’ridagi chuchuk  va toza suvning katta omborlarini topganidan beri sun’iy daryo haqidagi fikr 1953-yildan buyon xabar beriladi. Tadqiqodchilar bu katta suv omborlarining tarixi Hulusiyning davrigacha cho’zilganligini aytganlar.

1960-yilda janubdan shimol tomonga suvlarni ko’chirish uchun trubalarni o’rnatish fikri tashlangan edi. O’sha paytda bu rejani amalga oshirish turli sabablarga ko’ra oson bo’lmadi.

Qazzofiy ba’zi mutaxasislarni bu loyiha atrof muhitga zarar yetishligi ehtimoli borligi yuzasidan aytgan barcha fikrlarni e’tiborsiz qoldirdi. Dengiz suvini tozalash orqali Liviyani suv bilan ta’minlashni o’zgartirgan rejalarni tashlaganlarning fikrlarini olmadi. Natijada bu loyiha katta muommolardan biriga aylandi. Liviya sohillari shaharlariga chuchuk suv to’lib toshib yetib borishligi amalga oshmay qoldi.

Имом Фахриддин ар-Розий

 ўрта махсус ислом билим юрти мударриси                  У.Рахимов

You may also like...

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan