Diqqat muhim e'lon: O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abiturientlar Davlat test markazi tamonidan o'tkaziladigan test sinovlariga kirish RUXSATNOMASIni   @qabulmuslimuz_bot yoki @qabulmuslimuz2_bot   telegram botlari orqali yuklab olishlari mumkin. Buning uchun abiturient pasport seriasi va raqamini ushbu botga yuborib ruxsatnomani yuklab olib qog'ozga chiqarishlari shart.

Test sinovlari o'tkaziladigan joyga abiturientlar shaxsini tasdiqlovchi pasport va DTM tamonidan taqdim qilingan ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi. Mazkur hujjatlardan biri bo'lmagan tag'dirda abiturient test sinovlariga kiritilmaydi.

Abiturient qaysi smenada test sinovlarida ishtirok etishi mazkur ruxsatnomada ko'rsatilgan.