Аррозий ўрта махсус билим юрти

INSONNING JUFT QILIB YARATILISHINING HIKMATI

                    

      Bu dunyoda juftsiz yaralgan biron narsa yo’q. alloh taolo shu jonzotlarini ichida insonni mukarram qildi va uni ham juft qilib yaratdi. Bu borada  Quroni karimga yuzlanamiz va unda bu haqda nozil bo`lgan oyatga nazar solamiz. “Va uning oyat-belgilaridandir sizlarga sokinlik topishingiz  uchun o`zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda mehr-muhabbat va marhamatni solib qo`yganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar Buni anglashlik uchun, Alloh  Subhanahu va taoloning kalomi, Qur`oni uchun oyat-belgilar bordir”[21-oyat].

          Oyati karimaga yaxshi e`tabor qiladigan bo`lsak, insonni erkak va ayolga ajratib, juft yaratishning o`zi Allohning Biru Borligi va barkamol sifatlar sohibi ekanining yorqin dalilidir.

        Yana e’tibor beradigan bo`lsak, Alloh taolo insonning o`zidan unga juft yaratib berishining hikmatini bayon qilib: “sokinlik topishingiz uchun”, demoqda.  Xaqiqatda ham erkak  ayolidangina sokinlik, orom, huzur-halovat, osyishtalik va tinchlik topadi. Yana shu bilan birgalikda ayol ham o`ziga kerk sokinlik, orom, xuzur-halovat, osoyishtalikni va tinchlikni erkak kishidan topadi.

Ushbu, yuqoridagi oyatning oddiy va ulkan xaqiqatini anglab yetish uchun bir tasavvur qilib ko`raylik. Agar inson bir jinsdan iborat bo`lsa, nima  bo`lardi? Javob bunday bo`ladi. Biz yuqoridagi oyatda aytganimizdek sokinlik, orom va boshqa narsalar topilmasdi. Odam avlodi bir nasldan iborat bo`lib yer yuzidan yo`q bo`lib ketar adi.

        Mana shu erkak misolida ayolni ham misol qilib ko`radigan bo`lsak, o`ylaymanki har kim o`zi nima bo`lishini bilib oladi. Shuni aytishimiz mumkinki, insonning juft qilib yaratilishligidagi bundan boshqa yana qanday hikmatlar borligini Alloh taoloning O`zi biladi.


Imom Faxriddin ar-Roziy o’rta maxsus

 islom bilib yurti 116-B kurs talabasi

Abdullaev Otabek