Аррозий ўрта махсус билим юрти

XORAZM YURTIDAN YETISHIB CHIQQAN ULUG‘ ZOTLAR VA ULARNING FAOLIYATI

Xorazm sivilizatsiyasi.Bu vohada shakllangan qadimiy Xorazm davlati nafaqat Markaziy Osiyo, balki  jahon tarixida  alohida  o‘rin egallaydi. Asrlar davomida bu hududda shakllanib, rivojlangan davlatlar o‘zbek davlatchiligining muhim bosqichlarni tashkil qiladi. Xorazm vohasi qaysi bir saltanat va davlat tarkibida bo‘lmasin o‘ziga xos tarixi hamda madaniyati bilan ajralib turgan. Shuning uchun ham marhum birinchi [1]Prezidentimiz Islom Karimov Xorazm tarixi va uning ahamiyati borasida quyidagi xulosalarini bergan: “O‘zbek davlatchiligining tamal toshlari  bundan 2700 yil muqaddam aynan Xorazm vohasida qo‘yilgan.  Xorazm tarixi o ‘zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va qadimiyligining tasdig‘idir. Xorazm hamda Xiva tarixi xalqimizning yozuv, ilm-fan, san’at,madaniyat va ma’naviyat sohalaridagi yuksalish bosqichlarini o‘zida mujassam etadi. Bugun bolalarimiz maktablarda va oliy o ‘quv yurtlarida o‘rganadigan algebra, algoritm kabi kashfiyotlarga asos  solgan  Muhammad Muso al-Xorazmiy bu go‘zal voha nomini dunyoga mashhur etgan. [2]Atlantika ummoni ortida Amerika qit’asi borligini Xristofor Kolumbdan 500 yil avval bashorat etib, hattoki uning xaritasini chizib qoldirgan buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy mana shu muqaddas zaminda tug‘ilgan”.Xorazm davlati qadimda, o’rta asrlar va keyingi  davrlarda MarkaziyOsiyoda bo‘lib o‘tgan barcha siyosiy jarayonlarda faol qatnashgan. Ammo shu davrlar ichida Xorazmshoh - Anushteginiylar davri alohida ajralib turadiki, bu davrda Xorazm nafaqat Markaziy Osiyo balki, butun jahon miqyosida ham muhim rol o’ynovchi davlatlardan biri bo’lgan desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.Bu sulolaning ba’zi hukmdorlari islom tarixida katta mavqega ega bo‘lgan. Zero,Xorazmshoh - Anushteginiylar sulolasiga mashhur sharqshunos olim V.V. Bartoldeng yorqin sulola deb bejiz ta’rif bermagan.Qariyb ikki yuz yillik tarixga ega bo’lgan Xorazmshoh – Anushteginiylar  davlatida kechgan turli siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar tarixi bugungi kunda o‘rganilishi dolzarb bo‘lgan mavzular obyektiga aylanmoqda. Ayniqsa, bu  davlatning siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi va davlatdagi unvon va mansablar masalasi nisbatan sust yoritilgan va alohida mavzu sifatida chuqur ilmiy tahlil qilinmagan mavzulardan biri hisoblanadi. Ayni shu mavzu turli yozma manbalarda o‘z aksini topgan. Ammo mazkur yozma manbalar ma’lumotlari qiyosiy va ilmiy jihatdan keng miqyosda tahlil qilinmagan. Shuning uchun ham mazkur mavzu o‘zbek davlatchilik tarixining uzviy ajralmas qismi sifatida ham, Xorazm tarixining kam o‘rganilgan sahifasi sifatida ham muhim va dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. XII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan besh asrlik davr vatanimiz xalqlari ma’naviy–madaniy hayotida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davrda madaniyat, uning deyarli barcha sohalari yuksak darajada rivoj topdi va O‘rta Osiyoning jumladan, Xorazm diyorining dunyo madaniyati tarixiga qo‘shgan hissasini belgilab berdi. Movarounnahr xalqlari qadimiy madaniy an’analarga boy xalq sifatida jahon miqiyosida katta mavqega ega.  Shu sababli Xorazm arab xalifaligiga, musulmon dunyosiga kirgandan so’ng, IX – XII asrlar davomida barcha musulmon o‘lkalari madaniyati rivojida yetakchi o‘rinlardan birini egalladi. Islom dini, adabiyot, tabiiy fanlar, tarixnavistlik, san’at, falsafa, huquqshunoslik, ijtimoiy tafakkur  kabi madaniyatning barcha sohasida ham bu davrda buyuk siymolar, mutafakkir olimlar, zamonasining ilg‘or kishilari yetishib chiqdilar.

 

[1] O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston FA Tarix instituti faoliyatini

takomillashtirish” haqidagi Qarori // Xalq so’zi 2015y.

 

[2] Bunyodov Z. Xorazmshohlar – Аnushteginlar davlati. – T., 1998, 9-bet.

Ҳ. Худайшукуров 

Имом Фахриддин ар-Розий ўрта

махсус ислом билим юрти 116- курс  талабаси