Аррозий ўрта махсус билим юрти

XORAZM YURTIDAN YETISHIB CHIQQAN ULUG‘ ZOTLAR VA ULARNING FAOLIYATI (иккинчи мақола)

IX – XII asrlarda Markaziy Osiyoda fan va madaniyat bobida shu qadar ajoyib fan kashfiyotlari va tadqiqotlari yaratildiki, bu o‘tmish ajdodlarimizning jahon madaniyati xazinasiga qo‘shgan bebaho hissasigina bo‘lib qolmasdan, ularning aql-zakovatining nihoyatda yuksakligidan ham dalolat beradi.  Bu haqda [1]M. Xayrullayevning «O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati» («Fan», 1992) va [2]F. Sulaymonovaning  «Sharq va G‘arb» («Fan», 1991) asarlarida, shuningdek, vatandosh, mashhur mutafakkir va donishmandlarga bag‘ishlangan «Ma’naviyat yulduzlari» («Meros», 1999) to’plami va qator boshqa risolalar hamda maqolalarda batafsil ma’lumotlar keltiriladi. Yuqoridagi asarlarda 200 ga yaqin donishmand va mutafakkirlar nomlari ko’rsatilgan. Ularning ijodini o‘rganish biz uchun muhim ahamiyatga ega.

Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, o‘sha davrdagi donishmandlarning ko‘pchiligi qomusiy olim bo‘lganlar, ular bir vaqtning o‘zida aniq va gumanitar fanlarning turli sohalari bo‘yicha yuqori darajadagi bilimga ega bo‘lganlar va ilm- fan sohasida turli kashfiyotlarni yaratishga erishganlar.

   IX-XII asrlardagi ilmlarning  miqyosi va kengligini ayrim allomalar asarlarida qayd etilgan ilmlar tasnifidan bilish mumkin. Jumladan, [3]X asrda ijod qilgan Abu Abdulloh al-Xorazmiy «Mafotih al-ulum» asarida ilmlar tasnifini batafsil yoritadi.Undan oldin Farobiyning «Ikso al-ulum» risolasida esa barcha ilmlarni 5 ta katta bo‘limga ajratadi. Til haqidagi ilm o‘z ichiga 7 qismni oladi, so’ng tabiiy va ilohiy fanlar yoki riyoziyot va shaharni boshqarish haqidagi ilmlardir. Al-Xorazmiyning «Mafotik al-ulum» kitobida barcha ilmlar an’anaviy ilmlar va gumanitar ilmlarga hamda noan’anaviy, noarab ilmlarga bo‘linadi. Birinchisi fiqh, kalom, grammatika, ish yuritish, she’riyat hamda tarix ilmini, ikkinchisi noarab ilmlar – falsafa, mantiq, tibbiyot, arifmetika, geometriya, falakiyot, musiqa, mexanika, kimyo singari fanlarni o‘z ichiga oladi. Umuman, barcha ilmlar arablarda ilgaridan ma’lum bo‘lgan, shariat o‘z ichiga olgan ilmlar hamda arablarda ma’lum bo’lmagan, shariatga aloqasiz, boshqa xalqlardan kirib kelgan ilmlarga ajratish odat edi.Arablarda bo’lmagan ilmlar asosan, qadimgi yunonlarda keng o‘rganilgan ilmlardan tashkil topgan.

[4]IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari ilm-fanning turli sohalarida dunyo madaniyatiga unutilmas hissa qo‘shdilar. Ayniqsa, Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi olimlarning xizmati beqiyosdir. Ular tabiatshunoslik va gumanitar ilmlar sohasida  katta  yutuqlarga erishganlar.

 

[1]M. Xayrullayevning «O’rta Osiyoda ilk uyg’onish davri. madaniyati», «Fan» 1992

[2] F. Sulaymonovaning «SHarq va G’arb» «Fan», 1991

[3] Jabborov.I.M. Xorazmshohlar davlati. -Т., 1999, 145-bet

[4].Jabborov.I.M. Buyuk Xorazmshohlar davlati(Qadimgi tarix sahifalari.Toshkent:Sharq 1999

 

Ҳ. Худайшукуров 

Имом Фахриддин ар-Розий ўрта мазхсус 
ислом билим юрти 116- курс талабаси