Аррозий ўрта махсус билим юрти

AQIDA FANIGA OID TURLI OLIMLARNING TA'RIFLARI

Islom aqiydasi musulmon insonni ma’lum bir narsalar bilan mahkam bog’lab turadigan e’tiqodlar majmuasidir. Aslida biror narsaga e’tiqod qilish uchun uni hechqanday shubha qoldirmaydigan darajada yaxshi bilish kerak. Buning uchun avvalo o’sha narsani idrok qilish kerak. Keyin o’sha hissiy idrok ilmiy ma’rifatga aylanishi lozim.( Shayh Muhammad Sodiq Muhammd Yusuf “Sunniy aqiydalar” 6-bet.)

Ulamolaramiz aqoid ilmini turlicha ta’rif qilganlar. Ularda ba’zilarini keltirib o’tsak:

1)”Falsafatut tavhid av ashraful maqosid” nomli kitobning sohiblari Ahmad ibn Muhammad ibn Muhammad al-Valaliy al-Miqnosiy shunday ta’riflaydilar: “U yaqiyniy- o’ta ishonchli dalillardan diniy aqiydalarni kasb qiladigan ilmdur” .

2)”Mavoqif” kitobining sohiblari Abdurrahmon Ahmad Abdulg;affor al-Iyjiy shunday ta’riflaydilar: “U hujjatlar keltirish, shubhalarni rad qilish yo’li bilan diniy aqiydalarni isbot qilishga qodir bo’ladigan ilimdur” .

3)Imom G’azzoliy o’zlarining mashhur kitoblari bo’lmish “Ihyou Ulumid din” nomli kitoblarida aqoidni shunday ta’rif qiladilar: Aqoid tavhid idrok etiladigan, Alloh subhanahu vataoloning zoti va sifatlari bilinadigan ilimdur” .

4)Ash-Sharif al-Jurjoniy o’zining “Al-Mavoqif” ga qilingan sharhida aqoidga shunday ta’rif bergan: “Kalom bir ilimdirki unda islom qonuni asosida Alloh taoloning zoti va sifatlari haqida hamda boshlanish va qaytarilish kabi mumkinotlar ahvoli haqida bahs qilinadi”( ”Al Madhal ila dirosati ilmil kalom” 15-bet)

5)Muhammad Abduh o’zining “Risolatut Tavhid” kitobida aqoidga shunday ta’rif bergan: “Aqoid bir ilimki unda Allohning mavjudligi, unga qanday sifatlarni sobit qilish vojibligi, nima bilan vasf qilinishi joizligi, u zotdan nimani nafiy qilish vojibligi, payg’ambarlar haqida, ularning qanday bo’lishlari vojibligi, ularga qanday nisbat berish joizligi, ularga nimalarni nisbat berish man qilingani haqida bahs yuritiladi”( Bayzoviy  “At-Tavoli’” 4-bet)

7)Tarixchi va faylasuf ibn Haldun o’zining “Kitobul Ibar” ga yozgan muqaddimasida aqoid ilmini shunday ta’rif qiladi: “U bir ilm bo’lib aqliy dalillar bian iymoniy aqiydalar haqida tortishishni va e’tiqodiy narsalarda yo’ldan ozganlarga raddiya berishni o’z ichiga olgandir”.(Taftazoniyning “Sharhul Maqosid” 530-bet)

9) Ta’riflarning eng jamlovchisi hamma e’tiqodiy masalarni o’z ichiga oluvchisi, tushunish oson va qisqa uslubdagisi, Alloma Aliy Qorining “Fiqhul Akbar”ga qilingan sharhning takmilasida, 146-sahifada zikir qilingan ta’rifdir: U bir ilmki unda e’tiqod qilish lozim bo’lgan narsalar haqida bahs yuritiladi” .

Biz esa ushbu ta’riflar bir-birini to’ldirib keladi va yana ba’zi kamchiliklari qoladi deymiz.

M.yunusxo'jaev

Imom Faxriddin ar-Roziy O"MIBYU mudarris