Аррозий ўрта махсус билим юрти

Imom Sibavyh – hayoti va ijodi.

Imom Sibavyhning asl ismlari Amr ibn Usmon ibn Qanbar bo’lib, nasabini qisqartirib Amr ibn Qanbar deyishgan. U  zotning kelibchiqishlari forslik bo’lgan. U zotning kunyalri borasida turli xil fikrlar bor, ba’zilar Abu Bashr deyishgan bo’lsa , ba’zilar Abu Husayn deyishgan va boshqalar Abu Usmon deb aytishgan. U zotninng laqabiga kelsak biror kishi “sibavayh” dan boshqa laqabni unga nisbat bermagan va u forscha so’z bo’lib, “siba” olma , “vayh” hid ya’ni olmaning hidi degan ma’noni bildiradi. Lekin oldingi ulamolardan ba’zilari, xususan Abu Abdulloh ibn Tohit al-Askariy سى  - o’ttiz,بوى  yokiبويه  esa hid ya’ni o’ttiz xil hid  degan ma’noni bildiradi” degan. Ushbu qarash fors tili e’tiboridan qaraganda to’g’ri hisoblanadi.        

 Imom Sibavayhni nima sababli bu laqabni olganligi to’g'risida turli xil rivoyatlar kelgan.

1.Imom Sibayhning o’zlari olmani yaxshi ko’rganliklari sababli ushbu laqabni olganlar.

2.Yuzlari doimo qizarib yurgani  uchun shu laqab u zotga nisbat berilgan.

3.Onalari erkalatib shu nom bilan chaqirganlar va keyinchalik bu nom u zotga laqab bo’lib qolgan.

 Imom Sibavayh rahmatullohi alayhdan keyin ham ushbu laqab bilan boshqa nahv olimlari mashhur bo’lishgan. Ehtimol ularning ushbu laqabni olishlariga sabab nahv ilmi borasida juda ham mohir bo’lganliklaridir, bunisi bizga ayon emas. Imom Suyutiy o’zlarining “Nihoyatul bug’ya” kitoblarida Imom Sibavayh nomi bilan tanilgan to’rtta shaxsni zikr qilib o’tgan. Ular quyidagilar:

  • Abu Bakr Muhammad ibn Muso ibn Abdulaziz al-Kindiy al-Misriy bo’lib ibn Jubay deb ham tanilgan. U zotning laqablari ham Imom Sibavayh bo’lgan. Imom Yaqut shunday deydi: “ Ibn Jubay nahv, maoniy, qiroat, g’arib, e’rob, ahkom, hadis va rivoyat ilmlarini yaxshi bilar  va ayniqsa nahv bilan g’arib ilmlariga alohida e’tibor qaratargan. Shuning uchun ham “Sibavayh” laqabini olgan edi”. Imom Yoqut yana zikr qilib aytadiki “U juda ham kamtar, xudojo’y edi va u zotning majlislarida adiblar, faqihlar, obidlar va solih kishilar o’tirar edi va hatto majlislariga podshohlar ham qatnashar edi”.
  • Abu Nasr Muhammad ibn Abdulaziz ibn Muhammad at-taymiy al-Asbahoniy. U zot ham ilm yulduzlaridan biri bo’lib lug’at va nahv ilmlarining olimi edi.
  • Abul Hasan Ali ibn Abdulloh ibn Ibrohim al-Kufiy al-Mag’ribiy al-Molikiy. Hijriy 600-yildan keyin tug’ilganlar va 667-yili Qohirada vafot etganlar.
  • Ibrohim al-Shabstariy an-Naqshbandiy. XX asr ulamolaridan biri hisoblanadi. U zot “Ikkinchi Sibavayh” nomi bilan mashhur edi. Uni nahv borasida yozilgan kitobi bo’lib “Nihoyatul bahja” deb nomlagan va o’zi unga sharh yozgan.

    М.Абдушарипов
    Имом Фахриддин ар-Розий ЎМИБЮ мударриси