Аррозий ўрта махсус билим юрти

Bemazhablarning soxta fatvo va fitnalari.

Soxta salafiylikdan suv ichayotgan takfirchi ulardan haddan oshganlar ko’payib ketdilar. O’shalar bugun qibla ahlini – Ka’ba tarafga qarab o’qiydiganlarni  va Ka’aba deb tan olgan“La Ilaha Illaloh!” deguvchilarni  – ular mashriqda bo’ladimi, mag’ribdami, shimoli janubdagi – hamma hammasini mushrikka va kofirga chiqarish bilanmashg’uldirlar. Ular bugun yakka shaxs emas,butun boshli millat xalq elatlarni kofirga chiqarib, asl msulmonlarning ming yillik musulmon obod diyorlarni kofiristonga chiqarishga o’tib olganlar. Bunga esa oddiy odatlarni sabab qilib olishadi. Qarang:

— Ular qabrlarni ziyorat qiluvchilarniyoki qur’oniy dalil sobit bo’lgan shar’iy vasila bilan duo qiluvchilarni o’ylamay netmay mushrikka chiqaraveradilar;

— Mehrobi sal qiyshiq ketgan masjidlarda namoz o’qiyotgan namozxonlarni namozlarini fosidga chiqaraveradilar;

— Xijrat qlsishni farz sanab, qayergadir, aslida o’zlarining lagerlariga hijrat qilmaganalarni islomga qarshi odam deyaveradilar;

— Jihodni islomni 6 – rukni deb hamma yoqda buzg’unchilikni qilishadi, tinchlk va shukronalikni gapirganlarning ustidan kulishib,jihod qilmaganlarning hammasi kofir, deb e’lon qilaveradilar;

— Sha’bon oyning qoq o’rtasida, kechasi bilan duo qilib chiqqan yoki 100 rakat namoz o’qiganni zalolatga ketgan bid’atchi deb e’lon qilaveradilar;

— “Qasidai Burda” yoki”Daloil – xayrot”  o’quchilarni chin kofir deb sanaydilar;

— Ahli baytni,Payg’ambarimiz sallollohu alayhi va sallamning avlodlari  bugungi kundagi sayyidlar,eshonzodalarni hurmat va izzat qilishni masxaralaveradilar;

— Sahobalar tobenlar tab’a tobeinlarning kunlik virdlarini, toat–ibodatlarini  ixlos bilan ado qilayotganlarni esabutga sig’inuvchilar bilan tenglashtiraveradilar;

— Navro’z yoki Yangi yil bayramlarini nishonlovchilarni barchasini kofirga chiqaraveradilar;

— Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning rabbiul avval oyid nishollanilayotgan mavlud bayramini bid’atga , uni qilguvchilarni esa bid’atchiga chiqaradilar;

— Solix avliyolarning qabrlariga, va hatto Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning  qabrlariga uzoq uzoqlardan maxsus safar uyushtirib boruvchilarning hammasini uyalmasdan, og’ir gunoh qilganga chiqaradilar;

Butun boshli millatlar, xalqlar, aholini kofirga va mushrikka, bid’atchilikka chiqarishga eng asosiy sababi bu fikrdagi masalalar bilan alaloqibat ushbu urush ochish singari va iflos g’oyalari borligidir!

Soxta salafiylikfdan suv ichayotgan takfirchi vakillar orasida turlicha fikrlar kelingan fiqhiy maslalarni ham e’tiqod darajasiga ko’tarib,boshqalarni bid’atga, kufr va shirkka ayblab, tinch totuv aholi o’rtasida fitna – fasod qo’zishga zo’r beradilar, ixtilofga sabab bo’ladilar.Ixtilofni o’zlari boshlab qo’yib unga barham bermoqchi bo’lganlarni fitnachilikda ayblayverishadi. Ularning tez – tez qo’zg’atib turadigan fitnalariga e’tibor bering:

— Tahoratda bo’yinga mash tortish bid’at emishmi?

— Namozda til bilan niyat qilish bid’at emishmi?

— Takbirda qo’lni quloqning yumshog’iga tekkizish kerakmi?

— Namozda qo’lni ko’krak usiga qo’yish kerakmi yoki kindik ostigami?

— Namozda “Omiyn”lafzini maxfiy aytish kerakmi yoki jahriymi ?

— Namozda birinchi takbirdan keyingi takbirlarda ham qo’l ko’tarish kerakmi?

— Azon duosida “varzuqna shafa’tuhu yavmal qiyama”duosini aytishlik bida’tmi?

— Jum’adan oldin “Kahf” surasini yoki undan boshqa bo’lgan suralarni aytish shartmi

— Jamoat bo’lgandan keyin yana jamoat bo’lishi shartmi 2–jamoat qilish kerakmi yoki yolg’iz bo’lib o’qish kerakmi?

— Ayollarga ta’lim berish ularni o’qitish mumkinmi?

— Ramazon oyini Saudiyaliklar ko’rgandan keyin boshlash kerakmi?

— Taroveh namozini 8 rak’at qilib o’qish kerakmi 20 rak’at qilib o’qish            bid’atmi?

— Namozdan keying tasbehlarni jamoat bo’lib o’qish kerakmi??

— Ayol kishi yuzini ochib hijob o’rasa bo’ladimi? Yoki niqob taqish kerakmi?

— Yer quyosh atrofida aylanadimi ? Yer quyosh atrofida aylanadi deganlar kofirmi?

— Fotosuratda rasmga tushish gunohmi?

—Tasbeh donalarini ishlatish bid’atmi?

-Erkakalar shimining poychasi yerga tushib yursa to’ppa to’g’ri do’zaxga tushadimi?

     Xullas,ular odamlarning orasiga fitna qo’zg’atish mavzularda,ko’proq yozadilar.fitnaga sabab bo’ladigan,ixtilof qo’zg’aydigan masalalarda savollar beraveradilar. Fiqhdan biror masala aytib, odamlarni rozi qilib haq yo’lga boshlamaydilar. Agar fiqhdan gapirsalar ham, uni e’tiqod mavzusi qilib oladilar.Ya’ni jihod qilish,hijrat qilmoq darkor,deya odamlarni urush maydonlariga tortqilaydilar.Yoki navi ishing shirk yoki u “shirki akbar”, mana shu ishing kufr”, deb odamlarni qo’rquvag soladilar,xolos. Ularning eng yaxshi ko’rgan gap – so’zlari: hadislarda mutashobeh,e’tiqodda shirk va kufr fiqhda esa jihod va hijrat. Bu mavzularni ko’paytirib yuborganlarini o’zlarini sezib qolganini esa soqolni katta qo’yish, ishtonni poychasini shimarib yurish, namoz mavzusi qo’zg’alib qolganda esa ominni jahriy aytish, “raf’ul yadayn” va tarovehni necha rak’at o’qish kabilarni qo’zg’ab qo’yishadi. Ularning yaxshi ko’rgan mavsumiy mavzusi ham bor. Bular Ramazon oyi kirganda Saudiyaga ergashib ro’za tutish, mavlud oyida esa uni bid’at deb aytish, yangi yil yoki navro’z kelganda esa hammani “kofir”ga chiqarish bilan mashg’ul bo’ladilar. “ihod qilmoqchi bo’lsang, haqiqiy kofirlar, haqqoniy mushriklar bilan urusha qol!”, desangiz, “Yo’q biz aynan musulmonlar bilan urushamiz”deyishadi. Ishni xalqni “Islomobod” qilishdan boshlaymiz deyishadi degan safsatani takror-takror aytaverishadi . Ha hizbuttahrirga a’zo bo’lish dunyoda xorlik oxiratda,azobdir!Ularning murodi maqsadlari tinch – totuv yashayotgan o’lkasini notinch diyorga , urush makniga aylantirish eakni bugun hech kimga sir bo’lmay qoldi. Aks holda, ular “La ilaha illalloh!”, deb turgan musulmonlarni o’ldirib, namoz o’qiyotgan musulmonlarni masjidlarda portlatib yuboradilarmi?! Aks holda ular butun boshli xalq va elartlarni kofirga va shirkka chiqaruvchilarmi?!

Ha, soxta salafiylar bu ummati muhammadiya kufr va shirkka hech qachon botmaydilar. Mening,gaplarim sizga yoqmasadagapimga ishnmasangiz ham yoki hayratga cho’msangiz ham aytib qo’yay: musulmon ummati hech qachon shirk va kufrga mubtalo bo’lmaydi, musulmonlar hech qachon bid’at ustida jam bo’lishmaydi, musulmonlar hech qachon zalolatga ketishmaydi! Mening bu gapimni unutmang! Bu gapimga o’sha vahhoviylikdan soxta salafiylar, yangi zohiriylar, yana allambalo ostidagi toifalar ham inkor qila olmaydigan, a’lo darajada sahih bo’lgan, Imom Buxoriy rahimahulloh va Imom Muslim rahimahullohning sultoni va amirlari rivoyat qilgan hadisi sharifi dalildir.

   [1]Uqba ibn Omir roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:Payg’ambarimiz sallollohu alayhi va sallam shunday marhamat qildilar:

 “Albatta men sizlarni mendan keyin shirk qilishingizdan qo’rqmayman. Lekin men sizlarning dunyoda bellashuv raqobatlashuvingizdan va bir birlaringizdan kelishaolmagalikdan, (alaloqibat) sizdan oldingilar halok bo’lganlaridek halok bo’lib ketishingizdan qo’rqmayman!”

    Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning : “Albatta men sizlarning mendan keyin shirk keltirishingizdan qo’rqmayman!”[2], degan gaplariga e’tibor bering! Bu gani Rasululloh sallollohu alayhi va sallam tiriklik vaqtidayoq minbarda turib eng oxirgi va’zlarida aytganlar. Mazkur sahoba Uqba Ibn omir raziyallohu anhu:– “Rasululloh sallollohu alayhi va sallamni oxirgi ko’rganim shu bo’ldi!”, deganlar.

     Mazhur hadisi sharifda iboralar aniq sahih, muhkam hukm bo’lib, a’lo dararjadagi hadisi sharif hisoblanadi. Ya’ni Rasululloh sallolohu alayhi va sallam ummatini aslo shirkka ketmasligini bashorat qildilar. Unda nimaga hozirgi zamonda musulmonlar shirkda ayblananveriladi?! Yoki Payg’ambarimiz sallollohu alayhi va sallamning gaplariga ishonmaysizmi?!

      Yana Shaddod ibn Avs raziyallohu anhu ham shunday rivoyat qiladilar :Men Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan :Yo rasululloh sizdan keyin ummatingiz shirk qiladimi deganimda u zot shunday javob berdilar:Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aniq qilib aytdilarki:Mendan keyin ummatim toshlarga but sananmlarga ibodat qilmaydilar “dedilar[3] .

“Alloh bu ummatni qiyomatgacha zalolatda qoldirmaydi!” [4]

 “Ummatim hech qachon zalolat tepasida jam bo’lmaydilar! Shuning uchun sizlar jamoatni lozim tuting. Zotan, Allohning madadi jamoatgadir!” [5]

Diniy bilimi o‘ta sayoz, turli fitna-fasod qo‘zg‘aydigan fikrlar va g‘oyalarni sodda xalq ongiga singdirishga urinadigan chalasavodkimsalarga ergashib ketmasliklari uchun yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solish va hushyorlikka chorlash, ayniqsa, biz ulamolar, imom-xatiblarning asosiy burchimizdir.

 

Xorijiylar, qadariylar, murjiiylar, rofiziylar, jahmiylar va mo‘‘tazila kabi firqa va oqimlar Islomning ilk asrlarida yuzaga kelgan bo‘lsa, XX va XXI asrlarda hizbut tahrir, nurchilar, salafiylar, jihodchilar, takfirchilar va hijratchilar kabi o‘nlab adashgan oqimlar paydo bo‘lib, dunyo musulmonlari o‘rtasida buzg‘unchilik qilishyapti. Turli janjallar, nizolar chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
M.Yunusxo'jayev
Imom faxriddin ar-Roziy O"MIBYU mudarrisi

 


[1] Imom Buxoriy rivoyat qilgan

[2] Imom Muslim rivoyat qilgan

[3]  Imom Buxoriy rivoyat qilgan

[4]  Imom Hakam rivoyat qilgan

[5] Imom Taboroniy rivoyat qilgan