Аррозий ўрта махсус билим юрти

Sajdai tilovat masalasi

Tilovat sajdasini ado qilish tartibi quyidagicha:

Kim sajdai tilovat oyatini o‘qisa yo eshitsa darhol tahoratli holda, pok joynomoz ustida, qiblaga yuzlanib, quyidagi niyatni qiladi:

Niyati:

“Navaytu an asjuda sajdatattilaavati mutavajjihan ilal ka’bati xoolisollillahi ta’aalaa Allohu akbar” deb bilan takbirida qo‘lini ko‘tarmasdan sajdaga ketadi va sajdada uch marotaba:

“Subhaana robbiyal a’laa”ni aytib “Allohu Akbar” deb sajdadan boshini ko‘tarib qo‘llarini duoga ochib quyidagi duoni o‘qiydi:

 

Duosi:

 

“Sajadtu lirrohmaani va aamantu birrohmaani fag‘firliy zunuubiy Ya Rohmaanu, sami’naa va ato’naa g‘ufroonaka robbanaa va ilaykal masiyr” deb qo‘llarini yuzlariga surtib omiyn qiladi.

 

Qur’oni karimning o‘n to‘rt surasida 14 ta sajda oyati kelgan. Agar kishi bir o‘tirishda bir joyda bitta sajda oyotini 100 marta kitobdan xoh yoddan o‘qisa ham oxirida bitta sajda qilish kifoya. Agar boshqa xonaga o‘tib joyini o‘zgartirsa yoki boshqa boshqa sajda oyatlarini o‘qisa har biriga alohida sajda qilinadi. Agar jonli ravishda o‘qilayotgan sajda oyatlarini eshitsa ham hukm shu kabi ado qilinadi. Agar namoz ichida qiroat sajda oyati bilan yakunlansa, ruku’ bilan namoz davom ettirilaveradi. Agar sajda oyati qiroat o‘rtasida kelsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri Allohu akbar deb sajdaga borib uch marta “Subhana robbiyal a’la” aytib yana Allohu akbarni aytib qiyomga turilib qiroatni davom ettiradi.

Bu amal vojib amaldir, eshitgan vaqtida tahoratsiz bo‘lsa keyinchalik tahorati borligida albatta sajda qilib qo‘yishi vojibdir. Vojib amalni tark qilishlik gunohdir.

Magnit tasmadan yoki jonsiz ovoz orqali eshitilgan sajda oyatlariga tilovat sajdasini qilmaydi. Tilovat sajdasini ado qilish hikmati:

Ushbu oyatlarda Allohga qurbat xosil qilish buyrug‘i aytiladi. Banda esa U zotga qurbat xosil qilish amalining afzali sajda vaqtidadir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Qachon odam bolasi sajda oyatini qiroat qilib, sajda qilsa, shayton chetga chiqib yig‘laydi:

«Voy, sho‘rim qursin», deydi» dedilar». Muslim rivoyat qilgan.

Ushbu hadisi sharifda bayon qilinishicha, musulmon inson qachon tilovat sajdasini qilsa, Shaytoni la’inning dardi yangilanib, hasadi qo‘zib chetga chiqib yig‘lar ekan. Odam bolasining

Alloh taoloning amriga bo‘ysunib sajda qilib, jannatga noil bo‘lishidan afsus qilib, hasaddan kuyib yonar, o‘zining sajdaga bormagani uchun do‘zaxga tushishiga afsus nadomat qilar ekan.

Imom Faxriddin Ar-Roziy O'rta Maxsus Islom Bilim Yurti

4-kurs talabasi Tursunov Ravshanbek