Аррозий ўрта махсус билим юрти

ULAMOLARNING FAZILATLARI


Islom ilm olishlikka yuksak eʼtibor bilan qaradi. Har bir erkak va ayol musulmonga esa ilmni o’z ahlidan o’rganishlikni farz qildi va uni talab qilishga qiziqtirdi. Ilmga jiddu jahd bilan kirishishga ruhlantirdi. Hakim Shore esa uning fazli va yakunda erishiladigan yutuqlarni bayon qildi.

Bu borada quyidagi dalillar misol bo’ladi.

1) Dinda faqih bo’lish shariy zaruratidir.

Alloh taolo aytadi: » Barcha mo‘minlar (jangga) chiqishlari loyiq emas. Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?! (Qolganlari esa Madinada) dinni o‘rganib, (jangga ketgan) qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!»

[Tavba 122- oyat]

Imom Qurtubiy – mana shu oyat borasida aytadiki– » Bu oyatda kitob va sunnat borasida faqih bo’lishni farz darajasiga yetkazishlik bordir. Lekin bu farzi kifoya, farzi ayn emas. Mana shu gapni Alloh taoloning mana bu oyati ham ifoda etadi.

» Agar (bu haqda) bilmaydigan bo‘lsangizlar, ahli ilmlaridan so‘ranglar!». [Nahl 43]

Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam «Alloh kimga yaxshilikni xohlasa, uni dinda faqih qilib qoʻyadi.» dedilar.» Ikki Shayx rivoyati.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumadan rivoyat qilinadi: Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam «Mendan bir oyat bo’lsa ham yetkazinglar. Bani Isroilning xabarlarini ham aytaveringlar, bunda sizga taqiq yo’qdir. Kim mening nomimdan qasddan yolgʻon toʻqisa, joyini jahannamdam tayyorlab qo’ysin.» dedilar. Buxoriy rivoyati.

2) Ilm sohibini Alloh huzurida baland maqomlarga ko’taradi.

Alloh taolo aytadi:

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.»

[Mujodala 11]

» Alloh, farishtalar va ilm ahllari — adolat bilan hukm qilguvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar. Hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi bor. U qudratli, hikmat egasidir.»

[Oli Imron 18]

3) Ilm talab qilish — jannat yo’lidir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam » Kim ilm talabida bir yo’lga otlansa, Alloh taolo u uchun jannat tomon yo’lni oson qilib qoʻyadi.» dedilar.

Muslim rivoyati.

Aziz yoshlar, tengdoshlarimiz! Keling, yoshligimizni g‘animat bilaylik va bu davrni ilm olish bilan ziynatlaylik!

Imom Faxriddin ar-Roziy O"MIBYU
4-kurs talabasi To'ychiev O'razboy