Yurtimizda “Islom – ezgulik va tinchlik dini” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
2024 yil 17-18 oktyabr kunlari Prezident Qaroriga asosan “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tadi.
Imom Termiziy haqida so‘zlaydigan bo‘lsak, u zotning islom olamidagi oltita sahih kitobning sohiblaridan birlari ekanligining o‘zi, Alloh taoloning barokatli bandalaridan ekanligiga dalolat qiladi. Biz uzotning shaxsiyatlari haqida so‘zlaydigan bo‘lsak:
Ibnul Asir Jomeul usul kitoblarida Imom Termiziyning to‘liq ismini Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Musa ibn Zohhak al-Bug‘iy as-Sulamiy at-Termiziy deb keltiradi. “Abu Iso” degan kunyasi bilan mashur bo‘lgan. At-Termiziy deyilishining sababi Movarounnahrdagi ma’lum va mashhur shaharga nisbatan aytiladi. Al-Bug‘iy deyilishining sababi o‘zlari tug‘ilgan Termiz qishloqlaridan biriga nisbatan aytiladi.
Tug‘ilishi va vafoti: hijriy 209-yili tug‘ilgan va 279-yilda dushanba kuni, rajab oyining 13-kuni Termizda vafot etgan. Ba’zilar ismlaridan keyin “zarir” deb ham qo‘shib qo‘yadi. Zarir degani ko‘zi ojiz degan ma’noni anglatadi. Chunki umrlarining oxirida ko‘zlari ko‘rmay qolgan. Imom Hokim men Umar ibn Ilkdan eshitdim Imom Buxoriy vafot etdi. Endi Xurosonda ilmda, hifzda, taqvoda va zuhdda Abu Isoga o‘xshashi qolmadi. Juda ko‘p yig‘laganidan ko‘zlari ojiz bo‘lib qoldi.
Ulamolarning maqtovlari: Samoniy Ansob kitobida Imom Termiziy hech qanday raqobatsiz zamonasining imomi edi. Zehn o‘tkirligida, yodlash qobilyati kuchliligida zarbul masal edi.
Imom Buxoriy, ustozi bo‘lsalar ham u kishiga qarata sen foida olganingdan ko‘ra men ko‘proq foida oldim degan.
Abul Fido Al-Muxtasar kitobida, Imom, Hofiz, ko‘zi ojiz, hadis ilmida ergashilinadigan mashhur hadis olimlaridan edi.
Juda ko‘p kitoblar ta’lif etgan. Yozgan kitoblari ham u kishini na qadar yetuk olim ekanligini, ilm doirasining ham kengligiga dalolat qiladi. Ular:
1. Kitabut tarix
2. Sunani termiziy
3. Kitabul ilal
4. Ash-Shamoil
5. Asmaus sahoba
6. Kitabul jarh va ta’dil
7. Kitabuz zuhd
8. Kitabul asma val kuna
9. Kitabut tafsir
10. Rubaiyat fil hadis
11. Al-Ilalus sag‘ir
12. Kitabun fil asaril mavqufa
Imom Termiziy rohmatullohi alayh dastlabki ilmni tug‘ilib o‘sgan joyning shayxlaridan olgan. 235-yillar atrofida 25 yoshidaturli xil shaharlar Xuroson, Iroq, Hijoz va boshqa diyor olimlaridan ilm tahsil qilganlar. O‘z o‘rnida eng buyuk olimlardan dars olgan. Natijada zamonasining yetuk imomlaridan bo‘lib yetishdi. Xususan mashhur ustozlaridan saxix to‘plam sohibi Imom Muslim ibn Hajjoj Qushayriy, Sunani Abu Duvud sohibi Sulaymon ibn Ash’aslar bilan ko‘rishib ilm olgan va hadis rivoyat qilgan. Hadislar va roviylaring holatini esa eng katta ustozi hadisda mo‘minlarnig amiri deb atalganMuhammad ibn Ismoil Buxoriydan olgan. Ancha muddat ustozini etagini tutib juda ko‘p ilmu fazlidan bahramand bo‘lgan. Qolaversa Abdulloh ibn Abdurrahmon dorimiydan va Abu Zura Roziylardan ham ilm olganlar.
Alloh taolo manabunday ulug` olim, Nabiy alayhissalomning muborak hadislarining sohibi, Imom Termiziy nomi bilan boshlanayotgan ilmiy-amaliy konfirensiyani vatanimizga barokatli va uchinchi renessansga poydevor bo’lib xizmat qilishini nasib aylasin.
MUSTAFO domla YUNUSXO'JAYEV
Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti mudarrisi.
Izohlar