18.02.2024

O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish istagida bo'lgan abiturientlar uchun diniy ta'lim muassasalarida tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda

🕌Oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida 2024-yil
4-martdan boshlab 5 oylik Tayyorlov kurslari tajriba-sinov tariqasida tashkil etilmoqda.

📝Tayyorlov kursiga umumta'lim maktablarining 11-sinf o' quvchilari, o'rta,o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarini tamomlagani to'g'risidagi hujjat (attestat, diplom)ga ega bolgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

❗️Tayyorlov kurslari quyidagi fanlardan boʻlib oʻtadi:

✅Chet tili (arab tili);
✅ Oʻzbekiston tarixi;
✅ Maʼnaviyat va maʼrifat asoslari fanidan.

🟢Tayyorlov kursida o' qitiladigan har bir fan bo’yicha bir nafar abiturient uchun to’lov miqdori bir oyga 250.000 (ikki yuz ellik ming) so'm etib belgilandi.

🟢Oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida 2024-yil
4-martdan boshlab 5 oylik Tayyorlov kurslari tajriba-sinov tariqasida tashkil etilmoqda.

Tinglovchilarning diniy sohaga bolgan giziqishlarini bilish maqsadida ma'naviy-ma'rifiy bilimlari, qobiliyati suhbat asosida o’rganiladi. Suhbat ta'lim muassasasida tuzilgan Hay' at tomonidan o’tkaziladi.

📌Tayyorlov kursida o'qish istagida bo'Igan tinglovchilar quyidagi
hujjatlarni taqdim etadilar:

📎- ta'lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
📎- pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko'rsatiladi);
📎- 3,5 x 4,5 hajmdagi 4 dona rangli fotosurat (so'nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo’lishi talab etiladi).
     
 ❗️Eslatma: 11-sinf o'quvchilari maktabidan ma'lumotnoma taqdim qiladilar.

Izoh qoldirish

Izohlar