01.07.2024

Imom Faxriddin ar-Roziy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-2025 oʻquv yili kunduzgi taʼlim uchun abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda qabul hayʼati tomonidan 2024-yil 20-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.



▪️Qabul-2024

▫️ Imom Faxriddin ar-Roziy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-2025 oʻquv yili kunduzgi taʼlim uchun abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda qabul hayʼati tomonidan 2024-yil 20-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi. 

▫️Zarur hujjatlar:
📝 mudir nomiga ariza;
🪪 Pasport yoki ID karta nusxasi - asli koʻrsatiladi;
📚attestat yoki diplom ilovasi bilan- asl nusxasi;
👤 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat - soʻnggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda;

🇸🇦 Mavjud boʻlsa, arab tili boʻyicha B1 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat - asl nusxasi.
📂 Hujjatlarni joylashtirish uchun yigʻmajild.

🌐Eslatma: Xorijiy diniy taʼlim muassasalari diplomini mamlakatimizda nostrifikatsiyadan oʻtkazgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan abituriyentlar ham hujjat topshirishlari mumkin.

📍Qabul hayʼati manzili: Urganch tuman Qoramon qishlog'i, Kattabog' mahallasi, Hamkorlik ko'chasi, 41/1-uy.

🌐 arroziy.uz

📞 (95) 606 92 55

Izoh qoldirish

Izohlar

03.07.2024 19:59
Imtihonlar qaysi fanlardan boladi