18.02.2023

DUO BUYUK NE'MAT

Bandalariga zikr va duolar eshigini ochib qo’ygan Haq taologa Uning ulug’ligiga yarasha hamd-u sanolar bo’lsin!  
Ummatlariga zikr va duolarda namuna bo’lgan Rasulimiz va habibimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovot-u durudlar bo’lsin! O’z dindoshlariga Qur’oni Karim va hadisi shariflardagi zikr va duolar haqidagi ta’limotlarni omonat ila naql qilgan sahobai kiromlarga Alloh taoloning roziligi bo’lsin! 
Inson hamisha yaratgan parvardigoriga muhtoj, uning rahmat va mag’firatiga umidvor. Odamzod hayotdagi turli xil voqea-hodisalar, mushkullik va sinoatlar, balo- ofatlar qarshisida ojiz qolganida darrov duoga qo’l ochadi, Rabbiga iltijo qilib, undan madad va najot so’raydi.

Duo – butun olamlarning Parvardigorini zikr etish va bu orqali Uning roziligini topish, savob va ajrga musharraf bo’lish. Mo’minlarning tiriklar va o’liklar haqqiga qilgan duolari  
Alloh huzurida maqbul va mahbubdir. 

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat etadi:  
“Bas, Meni eslangiz, sizni eslayman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz”  
(Baqara surasi, 152-oyat). 

“Agar bandalarim sendan Meni so'rasalar, Men, albatta, yaqinman.
Duo qilguvchi duo qilganda, ijobat qilurman” (Baqara surasi, 186-oyat).  

Yana bir oyati karimada Alloh taolo aytadi: “Rabbingizga qo’rquv va umid ila duo qiling. Shubhasiz, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir” (A’rof surasi,  
56-oyat). 

Duo ham bir ibodat bo’lib, u inson bilan Allohning orasini bog’laydi. Inson o’z hayotidagi hodisalar va mushkulliklar qarshisida ko’pincha ojiz qolib, duoga qo’l ochadi va shu orqali Allohga iltijo qilib, undan madad so’raydi. Bu bilan Alloh huzurida bandalikni, qullikni bo’yniga oladi.  
Duo qilmoqni, Allohni zikr etmoqni fazilatlari haqida Alloh taolo Qur’oni  
majidning Baqara surasining 152-oyatida shunday marhamat qiladi:  
“Bas, Meni eslangiz, sizni eslayman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz”.  
A’rof surasining 56-oyatida esa shunday marhamat qiladi:  
 
“Rabbingizga qo’rquv va umid ila duo qiling. Shubhasiz, Allohning rahmati  
yaxshilik qiluvchilarga yaqindir”.Inson hayotining barcha holatlarida duo qilishga muhtojdir. Qalbidagi istaklarni izhor qilishda eng haqli Zotga, Alloh taologa intilishi haqdir.

Alloh taolo “G‘ofir” surasida marhamat qilib, “Menga duo qilinglar. Duolaringizni ijobat qilaman”, dedi. Va yana Baqara surasida: “Agar bandam Men haqimda Sizdan so‘rasa, ey Muhammad alayhisalom, men unga yaqindirman. Duo qilguvchining duosini qabul qilaman”, dedi.

Shu bois har bir mo‘min banda bunday qulay imkoniyatdan foydalanishni ham bilishi zarur.

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam o‘z hadislarida duo haqida gapirib, “Duo ibodatlarning mag‘zidir”, dedilar. Demak, ikki dunyo saodatidan umidvor har bir inson duoning kuchini bilgani holda Allohga duoni kanda qilmay, O‘zidan so‘rashi lozim.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ibodatning eng sharaflisi duodir”, dedilar.”

Bu hadis har bir insonda duoning naqadar ahamiyatli ekani haqida yetarlicha tasavvur hosil qiladi, albatta.

Alloh Taolo bir bandaga duo qilish ilhomini beribdimi, albatta, ijobat ne'matini ham beradi.

Ya Robbiy bizlarni duo ibodati ila baharamand et va duolarimizni qabul qil.

Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti 

4- kurs talabasi Qidirboyev Abdulfattoh