18.11.2026

Tarbiya

Tarbiya
Insonni go’zal suratda yaratib uni aql ne’mati bilan aziz va mukarram qilgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo’lsin. Basharayitaga buyuk in’om olamlarga rahmat bo’lgan Muhammad alayhissalomga durud-u salavotlar bo’lsin.

Uzoq o’tmishga nazar solsak o’zbek jamiyati va o’zbek xalqining turmush tarzi mustahkam ta’lim va tarbiyaga asoslanganligini guvohi bo’lasiz. Odob-axloq va go’zal insoniy fazilatlar xalqimizning qon-qoniga ,tabiatiga singib ketgan.Chunki chiroyli tarbiya  inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, hayotning har bir jabhasida uning o’rni bilinib turadi.

  Buyuk oʻzbek maʼrifatparvari va adibi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” deb ta’kidlaganliklari ham alohida e’tiborga loyiqdir.

 Umrimiz  davomida uchraydigan o’zaro  kelishmovchilik va muammolarnining ko’pchiligi  tarbiya bilan bog’liq ekanligi barchamizga sir emas.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” degan mashhur so’zlari ham aynan ta’lim va tarbiya millatimiz tayanchi ekaniga ishora qiladi. Shunday ekan har biro ota-ona har bir ustoz va murabbiy ushbu ulkan mas’uliyatni his etgan holda harakat qilishlari lozim.

   “Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi” deganlar Alisher Navoiy.

 

Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom ta'lim muasasasi mudarrisi Fayzullayev .U