Isnod ortidagi ilmiy tizim
Isnod ortidagi ilmiy tizim
Bugungi kunda biror tarixiy xabarni eşitganimizda, tabiiy ravişda “Bu ma’lumot qayerdan olingan?” yoki “Buni kim aytgan?” degan savollarni beramiz. Çunki xabarning işonçliligini baholaşda uning manbasi muhim ahamiyatga ega. Hadis ilmi tarixida esa bu savol yanada tizimli şaklga kelgan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbat berilgan rivoyat kim orqali, kimdan, qaysi yöl bilan yetib kelgan? Bu savollarga javob beradigan asosiy tuşunçalardan biri — isnoddir. Isnod hadis matnining özidan köra uning yetib keliş zanjirini anglatadi. Rivoyatni kim eşitgani, undan keyin kimga yetkazgani va bu zanjir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamgaça qanday davom etgani hadislarni tekşirişning muhim tadqiqot obyektiga aylangan.
Isnod oddiy röyxat emas
Taşqaridan qaraganda, isnod bir neça kişining ketma-ket sanab ötilişidan iboratdek körinişi mumkin. Aslida esa muhaddislar uçun bu zanjirning har bir böğini alohida tekşirilgan. Roviy kim edi? U qançalik işonçli edi? Xotirasi qanday edi? U özi rivoyat qilayotgan kişidan hadisni eşitganmi? Ularning uçraşişi mumkin bölganmi? Rivoyatning boşqa yöllari bormi? Şu kabi savollar hadislarni tekşirişning şakllanişiga sabab bölgan.
Bu jihatni Imom Buxoriyning “Sahih” asaridagi eng maşhur hadislaridan biri orqali köriş mumkin.
حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ الزُّبَيْرِ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، قَالَ: حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ الْأَنْصَارِيُّ، قَالَ: أَخْبَرَنِي مُحَمَّدُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ التَّيْمِيُّ، أَنَّهُ سَمِعَ عَلْقَمَةَ بْنَ وَقَّاصٍ اللَّيْثِيَّ، يَقُولُ: سَمِعْتُ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَلَى الْمِنْبَرِ، قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ يَقُولُ: إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ، وَإِنَّمَا لِكُلِّ امْرِئٍ مَا نَوَى.
“Umar ibn Xattob roziyallohu anhu minbarda turib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi sözlarini eşitganini aytadi: “Amallar niyatlarga boğliqdir. Har bir kişiga niyat qilgan narsasigina nasib etadi”.
Uşbu hadisning Imom Buxoriy keltirgan sanad zanjiri quyidagiça:
- Imom Buxoriy;
- Abdulloh ibn Zubayr al-Humaydiy;
- Sufyon ibn Uyayna;
- Yahyo ibn Sa’id al-Ansoriy;
- Muhammad ibn Ibrohim at-Taymiy;
- Alqama ibn Vaqqos al-Laysiy;
- Umar ibn Xattob;
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.
Bu misolda isnodning oddiy ism-şariflar ketma-ketligi emasligi körinadi. Hadis matnidan oldin kelgan حَدَّثَنَا (bizga hadis aytib berdi), أَخْبَرَنِي (menga xabar berdi) va سَمِعْتُ (eşitdim) kabi iboralar rivoyatning qanday yöl bilan olinganini körsatadi. Demak, isnodda roviylarning kimligi bilan bir qatorda, ular örtasidagi ilmiy aloqa va rivoyatni qabul qiliş şakli ham muhim hisoblangan. Şu jihatdan isnod hadis ilmidagi oddiy texnik vosita emas. U rivoyatning tarixiy harakatini kuzatiş imkonini beradigan tizimdir.
Sanadning uzluksizligi nima uçun muhim?
Tasavvur qilaylik, bir kişi “falon olim bunday degan” deb xabar bermoqda. Agar u mazkur olim bilan heç qaçon uçraşmagan bölsa, xabarning unga qanday yetib kelgani savol ostida qoladi. Hadislarni tekşirişda ham şunga öxşaş muammo mavjud. Roviy bilan uning rivoyat qilayotgan şayxi örtasidagi aloqa aniqlanmasa, sanadning uzluksizligi masalasi yuzaga keladi. Şu sababli muhaddislar roviylarning hayoti, yaşagan davri, safarlari va ustoz-şogird munosabatlariga oid ma’lumotlarni ham muhim deb bilganlar.
Masalan, yuqorida keltirilgan “Amallar niyatlarga boğliqdir” hadisida Alqama ibn Vaqqos Umar ibn Xattobdan hadisni eşitganini “سَمِعْتُ عُمَرَ” (Umardan eşitdim), Muhammad ibn Ibrohim esa Alqamadan eşitganini “أَنَّهُ سَمِعَ عَلْقَمَةَ” iborasi bilan ifodalaydi. Bu yerda eşitiş munosabati oçiq körsatilgan. Bunday rivoyat şakllari sanadning uzluksizligini aniqlaşda muhim dalil hisoblanadi. Bunga qarama-qarşi holat sifatida mursal hadisni keltiriş mumkin.
عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيّبِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ قَالَ: ...
Sa’id ibn Musayyib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning şunday deganlarini rivoyat qilgan...
Bu şaklda tobe’in bölgan Sa’id ibn al-Musayyab bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam örtasidagi sahobiy roviy sanad matnida zikr qilinmagan. Şu sababli bunday rivoyat mursal hadis deb ataladi. Bu misol sanadning uzluksizligi nima uçun muhimligini körsatadi. Çunki rivoyatda biror roviy tuşib qolgan bölsa, xabarni kim orqali qabul qilingani masalasi yuzaga keladi. Hadislarni tekşirişda ham şunga öxşaş uzilişlar mavjud bölib, sanadning uziliş şakliga qarab mursal, munqote’, mö’zol va mu‘allaq kabi turlar farqlanadi. Bu jihat hadis ilmining tarixiy xususiyatini körsatadi. Hadislarni tekşiriş faqat matnlarni öqişdan iborat bölmagan. Rivoyatni yetkazgan insonlarning tarixini örganiş ham şu jarayonning bir qismi bölgan.
Isnoddagi har bir roviy muhim
Isnodning kuçi uning tarkibidagi barça asosiy böğinlarning işonçliligiga boğliq. Şu sababli hadis ulamolari roviylarni alohida örganişga katta e’tibor berganlar. Roviy adolatli bölişi, ya’ni işonçga loyiq şaxs sifatida tanilgan bölişi kerak. Bundan taşqari, uning zobti — rivoyatni aniq saqlaş va yetkaziş qobiliyati ham muhim bölgan. Bu ikki jihat bir-biridan farq qiladi. Insonning şaxsiy jihatdan yaxşi va töğri bölişi uning xotirasi ham mukammal ekanini avtomatik ravişda anglatmaydi. Xuddi şuningdek, kuçli xotiraga ega bölişning özi şaxsning işonçliligini töliq kafolatlamaydi.
Mazkur mezonlarni tuşuntirişda roviylarning xotirasi va rivoyatni saqlaş qobiliyatiga oid misol keltiriş mumkin. Hadis ilmida ayrim roviylar umrining keyingi davrida yoşi ulğayişi yoki boşqa sabablar tufayli xotirasida özgariş yuz bergan. Bunday holat ixtilot (الاختلاط) deb ataladi.
Masalan, Ibn as-Salohning “Muqaddima” va Ibn al-Kayyolning “Al-Kavokib an-nayyirot” asarlarida keltirilgan misollarga nazar taşlaymiz: Ato ibn Soib umrining oxirgi davrida ixtilotga uçragan. Sufyon as-Savriy va Şu’ba ibn Hajjoj kabi muhaddislar undan ixtilotdan oldin hadis eşitganlari sababli, ularning rivoyatlari işonçli deb baholangan. Sa’id ibn Abu Aruba ham keyingi davrida xotirasida özgariş yuz bergan roviylardan hisoblanadi. Yahyo ibn Ma’in uning hijriy 142-yildan keyin ixtilotga uçraganini qayd etgan. Abdurahmon ibn Abdulloh al-Mas’udiy ham umrining oxirida xotirasi özgargan roviylar qatoriga kiritilgan.
Mazkur misollar muhaddislar roviylarni baholaşda faqat ularning şaxsiy fazilatlariga emas, balki xotira holati, hadisni qaysi davrda eşitgani va uni kim orqali rivoyat qilganiga ham e’tibor berganlarini körsatadi. Demak, ixtilot hodisasi hadislarni tekşirişda zabt mezonining muhimligini namoyon etadi. Masalan, roviy umrining dastlabki davrida eşitgan hadislarini aniq saqlagan bölsa-da, keyinçalik xotirasi zaiflaşgan bölişi mumkin. Şu sababli muhaddislar undan hadis rivoyat qilgan şogirdlarning qaysi davrda undan ta’lim olganini ham tekşirganlar.
Bu yondaşuv şuni körsatadiki, roviyga berilgan baho faqat uning şaxsiy fazilatlari bilan belgilanmagan. Uning rivoyatni qabul qiliş, saqlaş va boşqalarga yetkaziş qobiliyati ham alohida tekşirilgan. Şu sababli hadislarni tekşirişda roviy şaxsiyati va uning rivoyatni saqlaş qobiliyati alohida baholangan. Jarh va ta’dil ilmi ana şu ehtiyojdan kelib çiqqan.
Noma’lum roviy masalasi
Hadislarni tekşirişda “noma’lum” roviy tuşunçasi ham mavjud. Agar roviy haqida uni işonçli yoki işonçsiz deb baholaş uçun yetarli ma’lumot bölmasa, uning rivoyatini baholaş murakkablaşadi.
Bu holatni hadis ilmidagi majhul al-‘ayn va majhul al-hal tuşunçalari orqali tuşuntiriş mumkin.
Birinçi holat — majhul al-‘ayn (مجهول العين).
Bu tuşunça tarjimai holi va şaxsiy maqomi yetarli darajada aniqlanmagan, undan faqat bir roviy rivoyat qilgan şaxsga nisbatan qöllanadi.
Ikkinçi holat — majhul al-hal (مجهول الحال).
Bu esa undan ikki yoki undan ortiq roviy hadis rivoyat qilgan bölsa-da, adolati va işonçliligi haqida yetarli ta’dil ma’lumoti mavjud bölmagan roviyga nisbatan işlatiladi.
Demak, roviylarning noma’lumligi ikki xil körinişda namoyon bölişi mumkin: birida uning şaxsini aniqlaş uçun ma’lumot yetarli emas, ikkinçisida esa şaxsi ma’lum bölsa-da, hadis rivoyatidagi işonçlilik darajasi aniqlanmagan böladi.
Bu yerda yana bir muhim jihat körinadi: hadislarni tekşiriş faqat “bu odam yaxşi edi” yoki “yomon edi” degan umumiy bahodan iborat emas. Muhaddislar uçun rivoyatning ilmiy işonçliligi alohida masala bölgan. Şuning uçun roviylarni baholaşga bağişlangan maxsus asarlar va luğatlar — kutub ar-rijal — şakllangan. Ularda roviylarning hayoti, maqomi va ular haqidagi olimlarning hukmlari jamlangan.
Bir hadisning bir neçta yöli
Isnod tizimining yana bir muhim jihati şundaki, bir hadis faqat bitta yöl bilan rivoyat qilinmasligi mumkin. Ba’zan bir mazmun turli roviylar zanjiri orqali yetib keladi. Bunday hollarda rivoyatlarning bir-birini tasdiqlaşi masalasi paydo böladi.
Buni quyidagi hadis misolida köriş mumkin:
عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ:لَا يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى يُحِبَّ لِأَخِيهِ مَا يُحِبُّ لِنَفْسِهِ.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Sizlardan biringiz özi uçun yaxşi körgan narsani birodari uçun ham yaxşi körmaguniça (komil) mömin böla olmaydi”.
Uşbu hadis Imom Buxoriy va Imom Muslimning “Sahih” töplamlarida keltirilgan. Har ikki muhaddis uni Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan bölsa-da, hadisning yetib keliş yöllarini turliça sanadlar orqali körsatgan.
Jumladan, Imom Muslimning “Sahih” töplamida quyidagi sanad keltiriladi:
مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى وَابْنُ بَشَّارٍ، قَالَا: حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، قَالَ: سَمِعْتُ قَتَادَةَ، يُحَدِّثُ عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، عَنِ النَّبِيِّ ﷺ.
Muhammad ibn al-Musanno va Ibn Başşor rivoyat qiladilar: bizga Muhammad ibn Ja’far hadis aytib berdi. Unga Şu’ba hadis aytib berdi. Şu’ba: “Qatodaning Anas ibn Molikdan, uning esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilayotganini eşitdim”, deb aytadi.
Imom Buxoriy esa uşbu hadisni özining “Sahih” töplamida quyidagi sanad orqali keltiradi:
حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ شُعْبَةَ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ ﷺ.
Bizga Musaddad hadis aytib berdi. Unga Yahyo hadis aytib berdi. Yahyo Şu’badan, u Qatodadan, Qatoda Anas ibn Molik roziyallohu anhudan, u esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan.
Imom Buxoriy mazkur hadisni yana bir sanad yöli bilan ham keltiradi:
وَعَنْ حُسَيْنٍ الْمُعَلِّمِ، قَالَ: حَدَّثَنَا قَتَادَةُ، عَنْ أَنَسٍ، عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: لَا يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى يُحِبَّ لِأَخِيهِ مَا يُحِبُّ لِنَفْسِهِ.
Şuningdek, Husayn al-Mu’allimdan rivoyat qilinadi. U: “Bizga Qatoda hadis aytib berdi. U Anasdan, Anas esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qildi”, deydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz özi uçun yaxşi körgan narsani birodari uçun ham yaxşi körmaguniça (komil) mömin böla olmaydi”, dedilar.
Bu misolda e’tiborli jihat şuki, Imom Buxoriy hadisni Qatodadan ikki xil yöl orqali keltirgan: birinçi yölda Qatodadan Şu’ba, undan Yahyo, keyin Musaddad rivoyat qilgan; ikkinçi yölda esa Qatodadan bevosita Husayn al-Mu’allim rivoyat qilgan. Imom Muslimning keltirgan sanadida ham Şu’ba yöli Muhammad ibn Ja’far orqali yetib kelgan. Demak, bu yerda bir hadisning turli sanad yöllari va ularning ayrim roviylar darajasida birlaşişi yoki ajralişi kuzatiladi.
Bundan taşqari, Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan ham mazmunan yaqin, ammo matni boşqa bölgan rivoyatni keltiradi:
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ ﷺ قَالَ: فَوَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، لَا يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى أَكُونَ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِنْ وَالِدِهِ وَوَلَدِهِ.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Jonim Uning qölida bölgan Zotga qasamki, sizlardan biringiz meni öz otasi va farzandidan ham köproq sevmaguniça (komil) mömin böla olmaydi”.
Imom Buxoriy bu rivoyatni quyidagi sanad bilan keltirgan:
حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، قَالَ: أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو الزِّنَادِ، عَنِ الْأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ.
Bizga Abu al-Yamon hadis aytib berdi. Unga Şu’ayb xabar berdi. Şu’aybga Abu az-Zinod hadis aytib berdi. Abu az-Zinod al-A’rajdan, u esa Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qildi.
Bu misol hadisning bir neça sanad yöllari orqali yetib kelişini körsatadi. Turli sanadlar bir-birini töldirişi, rivoyatning tarqaliş doirasini aniqlaş va uning işonçliligini baholaşda muhim ahamiyatga ega. Şohid va mutoba‘a kabi tuşunçalar ham şu kontekstda ahamiyat kasb etadi. Mutoba‘a bir sahobiydan kelgan rivoyatni boşqa sanad yöli orqali qöllab-quvvatlaşni, şohid esa mazmunan öxşaş rivoyatning boşqa sahobiydan kelişini anglatadi.
Bir sanadning zaifligi boşqa rivoyatlar bilan ma’lum darajada qoplanişi yoki rivoyatning mavjudligini mustahkamlaşi mumkin. Biroq bu jarayon barça zaif sanadlar avtomatik ravişda sahih böladi degani emas. Zaiflik darajasi va boşqa rivoyatlarning mustaqilligi ham hisobga olinadi. Demak, hadislarni tekşirişda bitta sanadga qarab darhol yakuniy hukm çiqariş har doim ham yetarli bölmagan. Rivoyatning boşqa yöllari ham örganilgan.
Isnod va matn bir-biridan ajralmaydi
Hadislarni tekşirişni faqat isnod tekşiruvi bilan çeklaş ham töğri emas. Rivoyatning matni ham muhim ahamiyatga ega. Isnod işonçli köringan taqdirda ham rivoyatning boşqa jihatlari tekşirilişi mumkin. Şu sababli hadislarni tekşirişda yaşirin nuqsonlar — ‘ilal — masalasi ham şakllangan. Taşqi tomondan töğri köringan rivoyatda ham mutaxassis olimlar aniqlay oladigan nozik muammo bölişi mumkin.
Buni Imom Doraqutniyning “Al-‘Ilal” asarida keltirilgan quyidagi rivoyat tahlili misolida köriş mumkin.
نَهَى النَّبِيُّ ﷺ عَنْ بَيْعِ الْوَلَاءِ وَعَنْ هِبَتِهِ.
“Payğambar sollallohu alayhi vasallam valoni sotişdan va uni hadya qilişdan qaytarganlar”.
Uşbu hadis Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. Imom Doraqutniy rohimahulloh uning sanad yöllarini taqqoslab, ayrim rivoyatlarda Amr ibn Dinor orqali, boşqalarida esa Abdulloh ibn Dinor orqali yetib kelgan şakllarini muhokama qiladi. Uning xulosasiga köra, saqlangan va töğri variant Abdulloh ibn Dinor orqali kelgan sanad hisoblanadi.
Bu misol hadislarni tekşirişda taşqi körinişdagi sanadning özi bilan kifoyalanilmasligini körsatadi. Muhaddis turli sanad yöllarini özaro soliştirib, roviylarning xatolarini va rivoyatdagi yaşirin nuqsonlarni aniqlaşga harakat qiladi. Şunday ekan, hadisning işonçliligini aniqlaşda sanad bilan bir qatorda matn, rivoyatlarning turli şakllari va ular orasidagi farqlar ham çuqur tahlil qilinişi lozim. Bu esa hadislarni tekşirişning faqat “sanad bor yoki yöq” darajasida qolmaganini körsatadi. Uning içida sanadning uzluksizligi, roviylarning maqomi, rivoyatlarning özaro munosabati, matn va yaşirin nuqsonlar kabi bir neça qatlam mavjud.
Isnod tizimining ilmiy ahamiyati
Hadislarni tekşirişning tarixiy tajribasi şuni körsatadiki, musulmon olimlari rivoyatni uning manbasidan ajratib körmaganlar. Xabar kimdan kelgan? U kimdan olgan? Zanjir uzluksizmi? Rivoyatçilar işonçlimi? Ularning xotirasi qanday? Şu savollar rivoyatning ilmiy maqomini aniqlaşda muhim rol öynagan.
Bu tizimning ilmiy ahamiyatini yuqorida keltirilgan “Amallar niyatlarga boğliqdir” hadisining Imom Buxoriy tomonidan keltirilgan sanadida ham köriş mumkin. Unda roviylarning ismlari bilan birga hadisni qabul qiliş va yetkaziş şakllari ham qayd etilgan. Boşqa tomondan, “Birortangiz özi uçun yaxşi körgan narsani birodari uçun ham yaxşi körmaguniça (komil) mömin böla olmaydi” hadisining bir neça sanad yöllari orqali rivoyat qilinişi muhaddislarning rivoyatlarni özaro taqqoslaş usulidan foydalanganini körsatadi.
Isnod, roviy, adolat, zobt, jarh va ta’dil, mutoba‘a, şohid, mursal va munqote‘ kabi tuşunçalar ana şu tizimning turli qismlarini ifodalaydi. Ularning har biri hadisning yetib keliş jarayoni va işonçlilik darajasini aniqlaşda muayyan vazifani bajaradi. Şu nuqtayi nazardan hadisni “kim aytgan?” degan savol bilan boşlaş oddiy qiziqiş emas, balki hadislarni tekşirişning asosiy metodologik savollaridan biridir.
Xulosa
Isnod hadis ilmining eng muhim tuşunçalaridan biri bölib, u rivoyatning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyingi avlodlarga qanday yetib kelganini kuzatiş imkonini beradi. Ammo isnod oddiy ism-şariflar ketma-ketligi emas. Uning har bir böğini, undagi roviylarning şaxsi va işonçliligi, ular örtasidagi aloqa va rivoyatning boşqa yöllari alohida örganilgan.
Hadislarni tekşirişning kuçi ham aynan şunda: rivoyatning özi bilan bir qatorda, uning yetib keliş tarixi ham örganilgan. Şuning uçun hadis ilmidagi isnod tizimini tuşunmasdan turib, salafi-solih musulmon olimlarining hadisga bölgan ilmiy munosabatini töliq anglaş qiyin.
Imom Faxriddin ar-Roziy O‘MITM O‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Habibullayev Shixnazar
УЗ
РУ
EN
العربية