AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA MA’NAVIY QADRIYATLARNING O‘RNI
AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA MA’NAVIY QADRIYATLARNING O‘RNI
Bugungi axborotlashgan jamiyat sharoitida sun’iy intellekt texnologiyalarining
jadal rivojlanishi inson hayoti, ma’naviy qadriyatlari va ongida sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Raqamli muhit qadriyatlarining ma’no va mazmuni o‘zgarib, ularning
ommaviy madaniyat bilan aralashuvi natijasida ba’zi salbiy oqibatlar keltirib
chiqarishi natijasida, ularni zamonaviy sharoitga moslashtirish zaruriyati yuzaga
kelmoqda. Shu sababdan, ma’naviy qadriyatlarning axborotlashgan jamiyat va
texnologik taraqqiyot sharoitida o‘rni va o‘zaro bog‘liqlikni ilmiy jihatdan tahlil etish
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, Manuel Castells shunday ta’kidlagan:
“Axborot –bu jamiyatning eng muhim resursidir va u hokimiyat manbaiga aylanadi.”1
Sun’iy intellektning rivojlanishi, ommalashuvi hamda ma’naviy qadriyatlar bilan
aralshuvi axborotni axloqiy ma’yorlar asosida foydalanish kerak.
Manuel Castells yana aytadiki: “Texnologiya insoniyat tag‘dirini belgilamaydi,
ammo u inson imkoniyatlarini kengaytiradi” 2 . Mazkur fikrlar asosida aytishim
mukinki, sun’iy intellekt muhitida ma’naviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish
zamonaviy ilmiy tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sun’iy intellektning ijtimoiy darajadagi eng ko‘rinadigan ta’sirlaridan biri ish
kuchi bozorining o‘zgarishi va kasbiy rollarning qayta aniqlanishidir. Sun’iy intellekt
inson mehnatining o‘rnini bosishi bilan “maqsadsiz va foydasiz” deb ataladigan keng
inson guruhining paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, Uludag‘, Soyer va Ceyhan 3
tadqiqotlari sun’iy intellekt ish jarayonlarida samaradorlikni oshirish salohiyatiga ega
bo‘lishiga qaramay, xodimlarda kelajakning noaniqligi va kasbiy ishonchsizlik
hislarini uyg‘otishini ko‘rsatmoqda. Professional ish hayotidagi va endigina ish
hayotiga qadam qo‘ygan universitet talabalari uchun ham o‘xshash noaniqlik
yaratmoqda va kasbiy malakalarni kelajakda qo‘llash haqidagi xavotirlarni
kuchaytirmoqda. Axborotlashgan jamiyatda bu sun’iy intellektning rivojlanishi ish
samaradorligini oshirayotgan bo‘lsada, u insonlarda kasbiy noaniqlik va kelajak
xavotirini kuchaytiayotgan bir paytda, ma’naviy qadryatlar shaxsning ruhiy
barqarorligi, moslashuvchanligi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini saqlashda muhim omil
sifatida nomoyon bo‘lmoqda.
Ma’naviy qadriyatlar –halollik, mas’uliyat, mehnatsevarlik, isnsonparvarlik,
sabr-toqat va bilimga intilish kabi fazilatlar –axborotlashgan jamiyatda insonning
ruhiy barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Chunonchi,texnologiyalar inson faoliyatining ayrim yo‘nalishlarini avtomatlashtirayotgan bo‘lsada,
insoniylik, axloqiy qaror qabul qilish va ijtimoiy mas’uliyat kabi jihatlar hanuz
inson omiliga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, axborotlashgan jamiyatda yoshlarning ma’naviy immunitetini
mustahkamlash dolzarb maslalardan biridir. Turli zararli axborotlar, virtual
madaniyatning salbiy ta’sir va ommaviy axborot vositalaridagi manipulyativ kontent
yoshlarning qadriyatlar tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois ta’lim
tizimida zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda ma’naviy-axloqiy tarbiya ham
alohida e’tibor qaratishi zarur.
Ayniqsa, universitet talabalari kabi rivojlanish jihatidan nozik guruhlarda, sun'iy
intellektdan foydalanishning taqdim etadigan imkoniyatlari bilan birga ruhiy
salomatlikka keltirishi mumkin bo‘lgan xavflarini muvozanatli tarzda ko‘rib chiqish
muhim. Shu nuqtai nazardan, sun'iy intellektning psixologik ta'sirlarini butunlay
qarash nuqtai nazaridan baholash ham individual moslashuv jarayonlarini tushunish,
ham oldini oluvchi psixologik aralashuvlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan zarurdir.
Tadqiqot va sharh natijalari shuni ta’kidladi-ki, sun’iy intellekt
texnologiyalaridan oqilona foydalanish axborot jamiyatida ma'naviy qadriyatlarni
himoya qilish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Xususan, sun’iy intellekt
ta’lim, ma’naviy-axloqiy targ’ibot, milliy merosning raqamlashtirilishi va axborot
almashinuvi tezlashtirish orqali jamiyatning ma'naviy rivojlanishiga xizmat qilishi
mumkinligi aniqlangan. Biroq, sun’iy intellektdan nazoratsiz foydalanish noto‘g‘ri
ma’lumotlar tarqalishiga, ma'naviy tahdidlarga va yoshlar ongiga salbiy ta’sir
ko'rsatishiga olib kelishi mumkinligi sababli, sun’iy intellektdan foydalanishda
axloqiy normalarga, milliy qadriyatlarga va ma’naviy mas’uliyat tamoyillariga rioya
qilish zarurligi asoslangan.
Islom Karimovning ma’naviyat4 –insonni ruhan poklash va qalban uyg‘onishga
chorlovchi kuch ekanini e’tirof qilar ekan hozirgi zamon va ommaviy madaniyatning
texnologiyalar soyasida yanda yoshlar ongini zaharlashi, sun’iy intellektdan noto‘g‘ri
foydalanish natijasida axloqning buzilishiga sabab bo‘lmoqda.
Islom Karimov ta’kidlaganidek, Mavnaviyat insonni ruhini tozalashga va qalbda
o‘sishga undaydigan noyob kuchdir 5 . Shuning uchun, zamonaviy texnologik
taraqqiyot kontekstida ham ma'naviyat insonlar uchun eng muhim qo‘llab-quvvatlash
manbasi bo‘lib qolmoqda. Axloqiy va ma’naviy standartlarga asoslanib sun'iy
intellektdan oqilona foydalanish
Imom Faxriddin ar-Roziy örta maxsus islom ta'lim muassasasi mudarrisi Saidmurotov Şodkik
УЗ
РУ
EN
العربية