
HIDOYAT IMOMI
Ushbu mo'jaz maqolada bizning diyorlarda keng tarqalgan aqiydaviy mazhabimizning tasischisi, imom abu Mansur Moturidiy rohimahullohning hayoti va ilmiy faoliyati ishonchli manbalarga va dalillarga tayanib yoritilgan.
Buyuk Imom Samarqanddagi Moturid qishlog'ida hijriy III asr o'rtalarida dunyoga kelgan va hijriy IV asrning o'ttiz uchinchi yilida Samarqandda vafot qilgan.
O'sha vaqtlarda Islom olami turli hil siyosiy va ijtimoiy holatlarni boshdan o'tkazayotgan va Islom dushmanlari tomonidan sof Islomiy aqidaga daxl qilish uchun turli-tuman Dinimizga yod bo'lgan mafkuralar ayyorona uslubda oddiy xalqga singdirish holatlari avj olgan edi.
Imom Abu Mansur Moturidiy hazratlari, o'zlarining chuqur ilmi va teran tafakkuri bilan ana shunday, ahli bid'atlarga qarshi kurash olib bordilar. Har safar ahli sunnaning haq ekanligini va undan boshqa yo'llar zalolat va xatoligini Kitob, Sunnat va salaf ummatning fahmi bilan tushuntirib, raqiblarini yo'llari noto'g'ri ekanini isbotlab berganlar.
Imom Abu Mansur Moturidiy rohimahulloh o'z asrining buyuk mufassiri, mufaqqihi va mutakallimi bo'lganlar.
Tasir ilmida o'zlarining mashhur ,,Ta'viloti ahli sunna" kitobini ta'lif qilganlar. Bu asar butun islom olamida eng mo'tabar va tayanch tafsir kitoblaridan hisoblanadi.
Bundan tashqari Imom Moturidiy rohimahulloh ahli sunnaning etiqod masalasida asos bo'lgan ,,Kitabut tavhid" asarini ham yozganlar.
Asarda bundan tashqari qiroat, tafsir, hadis, fiqh, usulul fiqh, arab tili, tarix, jo'g'rofiya kabi islomiy fanlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi haqida ham qisqacha ma'lumot berilgan.
Alloh taolo Hidoyat Imomidan rozi bo'lsin. Va bizlarga u zotlarning ilmiy meroslarini o'rganib, to'g'ri yo'ldan adashmasligimizni nasib qilsin.
САИДМУҲАММАД Маидинхонов
Имом Фахриддин ар-Розий ислом билим юрти 4-курс талабаси.
#Талабалар