27.02.2023

MO’MINLARGA JANNATDAGI ENG ULUG’ NE’MAT

Butun borliqni yo’qdan bor qilgan Alloh taologa cheksiz hamd bo’lsin,  Payg’ambarlarning eng so’ngisi, olamlarga rahmat bo’lgan  sayyidimiz Muhammad mustafo alahis-salotu vas salomga munosib salot-u salomlar bo’lsin.

Benihoya  mehribon va rahimdil bo’lgan Alloh taolo butun odamzodni dunyoda turli –tuman, sanab adosiga yetilmaydigan ne’matlar bilan siyladi.Bu ne’matlarning moddiy va ma’naviylari turlari bor bo’lib,  shuqadar  ko’pki inson sanab oxiriga yetolmaydi.Insonga yer  yuzida rohat ila yashashi uchun Alloh taolo millionlagan me’va-chevalarni sabzavot-u-hazravotlarni(ko’katlar)berdi.Bitta qovunning bir necha o’nlagan  navlarini  bor , har birining ta’mi , hidi va rangi o’zigaxosdir.Odamzod rang-barang olamni Alloh rahmat qilib bergan ko’zlari bilan ko’radi, yana bir ne’mat bo’lgan quloqlari bilan atrofdagi bulbullarning ovozlarni eshitadi,sezgir burni bilan gullar atrini his qilib lazzat oladi,ko’zdan maxfiy bo’lgan qalbi bilan mehr-muhabbatni hs qiladi.

“Axir, Biz unga ikki ko'z,” “til va ikki lab (ato) qilmadikmi” (Balad 8-9)

Naba surasida ham  Alloh taolo  bir qator ulug’ ne’matlarni zikr qilmoqda :

13. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni paydo) qildik.

14. Yana Biz siqib chiqaruvchi (bulut)lardan duv-duv suv (yomg'ir) yog’dirdik.

15. Toki, u sababli don va nabotot (undirib) chiqarurmiz.

16. Shuningdek, qalin bog’larni ham.

Tepadagi zikr qilingan narsalar Alloh taoloning bu dunyodagi butun odamzotga bergan in’omlaridir.Ammo Robbul olamiynning  mo’min bandalari uchun xoslab qo’ygan  ne’matlari ham bordir.

Albatta, yaxshilar (mo'minlar) ne'mat (jannat)dadirlar  (Infitor 13)

Jannat Alloh taoloning mo’minlarga qilgan eng ulug’ va’dasidir.Jannatning o’zida ham turli-tuman noz-ne’matlar ,meva-chevalar,otilib turuvchi buloqlar,oqib turuvchi anhorlar bor.

Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga xushxabar beringki, ular uchun ostilaridan anhorlar (suvi)oqib turuvchi bog'lar (jannatlar) bor. Rizq etilgan mevalardan har gal tanovul qilganlarida: "Bu ilgari bizga rizq qilib berilgan mevalarning xuddi o'ziku", - deydilar. Zero, ularga (surati) bir-biriga o'xshash mevalar beriladi.   (Baqara 25)

Ammo jannat ahillari uchun Alloh taolo beradigan  ne’matlarinig eng buyugi Alloh taoloning jamolini ochiq oydin ko’rishdir

U Kunda ba'zi yuzlar yashnovchi, Parvardigorlariga boqib turuvchidir (Qiyomat surasi 22-23)

Mo’minlar Alloh taoloni ko’rish haq ekanligi unga qat’iy etiqod qilish kerakligi haqida aqida kitoblarida bayon qilingan.Xususan Sirojiddin O’shiy rohimahulloh  “Bad’ul a’maloiy”da  nazm shaklida shunday yozadilar (Ustoz A.Pardayev tarjimasi)

Mo’minlar ko’rarlar Uni shaklsiz

Hamda idroksiz-u, biror timsolsiz

Ya’ni mo’minlar kayfiyatsiz, shaklsiz va timsolsiz, tasvirlab bera olmaydigan, tushuntirib bera olmaydigan darajada  ko’rishiga qat’iy e’tiqod qilishimiz lozimligini zikr qilganlar.Ammo bu ochiq-oydin narsani  adashgan mo’tazila firqasi inkor qilgan.Vaholangki Qu’ronda bu haqda bir nechta joylarda zikr qilingan.Xulosa shuki e’tiqodimizni to’g’ri qilgan holda, Alloh dunyoda bergan ne’matlarning shukrini ado qilishimiz, shu bilan birga Allohning bundanda ulug’ ne’matlaridan umid qilishim kerak bo’ladi.

UMIDJON Fayzullayev
Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta-maxsus
islom bilim yurti talabasi.

#Талабалар

 

 

 

Izoh qoldirish

Izohlar