ALLOH TAOLONI MAXLUQQA (YARATILGAN NARSA)GA O'XSHASTISH JOIZ EMAS
Olamlarni yoʻqdan bor qilgan zot Alloh taologa behisob hamd-u sanolar boʻlsin.
Va olamlarga rahmat qilib yuborilgan Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga
cheksiz salovot va salomlar boʻlsin.
Alloh Taolo buyuk zotdir va Uni hech narsaga oʻxshatish joiz emas.Bu haqida Sirojiddin Oʻshiy
rohmatullohi alayh yozgan "Badʼul amoliy" kitobida shunday keladi:
وما التشبيه للرحمن وجها
فصن عن ذاك أصناف الأهالي
Yaʼni, "Alloh Taologa biror narsani oʻxshatish joiz emas.Ahli sunna val jamoa eʼtiqodidagi kishilarga shu haqiqatni yetkazib,ularni adashib qolishlaridan saqlagin" degan maʼnoni oʻz ichiga oladi.Demak, moʻmin kishi Alloh Taologa biror narsani oʻxshatishdan va boshqa Allohga noloyiq boʻlgan sifatlardan saqlanishi kerak ekan. Nafaqat, saqlanishi, balki ana shunday buzgʻunchi gʻoyalardan Ahli sunna val jamoa eʼtiqodidagi oʻz birodarlarini ham ogohlantirishi va ularni bunday kasod eʼtiqodga ishonishlariga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Afsuski, mana shunday buzuq eʼtiqod taʼsiridagi baʼzi bir kishilar Alloh Taoloning sifatlarini inkor
qiladilar. Baʼzi birlari esa Alloh Taolo jismdir deb, boshqa narsalarni unga oʻxshaydi, deydilar.
Alloh Taolo Shuuro surasi 11-oyatda marhamat qilib aytadi:
لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ وَۖهُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ
(Uning mislidek biror narsa yoʻqdir. U Eshituvchi va Koʻruvchidir)
Mana shu oyatning avvalgi qismida Mujassima, yaʼni Alloh Taolo jismdir deydiganlarga raddiya
bordir. Chunki Alloh Taolo hech bir maxluqga oʻxshamaydi. Oyatning ikkinchi qismida esa
Allohning sifatlarini inkor qiluvchilarga raddiya bor. Chunki Alloh Oʻzini Koʻruvchi va Eshituvchi
ekanligini bayon qilmoqda.
АХЛИДДИН Кромиддинов
Имом Фахриддин ар-Розий ислом билим юрти 3-курс талабаси
Izohlar