25.04.2023

TIK TURIB SUV ICHISH

Ayni paytda ilm-fa'n jadal rivojlanib bormoqda.Xususan tibbiyot sohasidagi yangiliklar barchani xayratga soladi.Yaqinda olimlar yeb ichishdagi ba'zi holatlarning inson organizmiga sezilarli zarar yetkazishini aniqlashdi.Bu haqda vrach Irina Yuzup shunday ta'kidlaydi: “Ko'pchilik odamlar yurayotib ichimlik ichishni yaxshi ko'rishadi:qayergadir borishda,yugurish yo'lkasida,sayrda va hokazo.Bularning barchasi tikka turgan holdadir.Bu katta xatodir.”Shu bilan birga, shifokorlarning ta'kidlashicha, siz nafaqat qancha ichishingiz, balki aniq qanday ichishingiz ham muhimdir. Agar siz tik turgan holda suv ichsangiz, u tanaga zarar etkazishi mumkin.

"Suv, xuddi oziq-ovqat kabi, o'tirgan holatda iste'mol qilinishi kerak. Tik turgan holda suv ichish organizmdagi suyuqliklarda nomutanosiblikni keltirib chiqaradi, bu esa bo'g'imlarda suyuqlik to'planishiga va artritning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. O'tirgan holatda asab tizimi va mushaklar yanada bo'shashadi, bu suv va oziq-ovqatni assimilyatsiya qilish jarayonini osonlashtiradi.Bundan tashqari, bu holatda buyraklar kiruvchi suyuqlikni yaxshiroq filtrlaydi ", dedi shifokor.

Shifokorlarning juda ham to'g'ri tavsiyalarni berayotganiga zarracha shubha yo'q.Chunki bundan 1400 yil oldin Payg'ambar alayhis salom yeb ichishdagi odoblar to'g'risida bir qator ko'rsatmalar bergandilar.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam tik turib suv ichishdan qaytardilar. Shunda: “Taom yeyish-chi?”, deyildi. “U yana ham og‘irroq”, dedilar Imom Termiziy va Imom Muslim rivoyati. Muslimning lafzida: «U yana ham yomonroq yoki chirkinroq», deyilgan.


Imom Faxriddin ar-Roziy madrasasi 4-kurs talabasi Fayzullayev Umid

 

Izoh qoldirish

Izohlar