YAXSHILIK UMR MAZMUNI
Rasuli akram alayhis salomning bir hadislarida yangi oila qurganlarning haqlariga duo qilganliklari keladi. Sarvari koinot yangi turmush qurgan oilaning haqiga duo qilardilar. Ya'ni, “Parvardigor, ikki yoshning o‘rtasini yaxshilik ila jam ayla”.
Vaholanki, yangi turmush qurgan oila uchun juda ko‘p narsa kerak. Uzoq umr, tani sog‘lik, baxtu saodat, molu davlat... Lekin Muhammad (s.a.v) bitta narsani so‘rayaptilar - Parvardigor ikki yoshning o‘rtasini yaxshilik ila jam ayla. Yosh er-xotinning o‘rtasida, uning e'tiqodida, uning fe'l-atvorida yaxshilik bo‘lsa, boshqa biz so‘ramoqchi bo‘lgan narsalarning barchasi uning ketidan keladi.
Payg‘ambarimiz alayhissalom aytadilar: “Rizqingizga sadaqa bilan ko‘mak bering”. Sadaqa degan so‘zni odatda biz past ma'noda ishlatamiz. Aslida, sadaqa so‘zi “sidq” so‘zidan olingan bo‘lib, “yaxshilik” degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, payg‘ambarimiz aytmoqchilarki, rizqingizga yaxshilik ila, ezgulik ila ko‘mak bering.
Shunday ekan umrimiz mazmunli va ziyoda bo'lishi uchun ezgu amallarga tashna bo'lmog'imiz kerak ekan.Har bir kunimizni yaxshilik ila o'tkazib ne'matlarga shukur qilishlik mo'minlarga xosdir.
Imom Faxriddin ar-Roziy O'MIBY matbuot xizmati
Izohlar