20.05.2023

MO'JIZAVIY URUG'LAR

Qora sedananing juda shifobaxsh ne'mat ekanligi bugun barchamizga ma'lum. Payg'ambar alayhis salom bundan 1400 yil ilgari bu mo'jizakor urug'lar haqida o'zlarining muborak hadislarida bayon qilganlar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qora dona o‘limdan boshqa har bir dardga davodir», dedilar».

Ayni damda zamonaviy tibbiyotda  qora ziraning farmakologik ta’sirining quyidagi turlari ma’lum:

*antispazmodik va og’riq qoldiruvchi
*antibakterial va zamburug’ga qarshi
*yaralarga qarshi va gepaprotektiv (jigarni himoya qilish)
*antioksidant va allergiyaga qarshi
*antivirusli (interferon induktori)
*diabetga qarshi (insulin sezgirligini tabiiy regulyatori) va gipotonik
*bronxodilatator va renoprotektiv (buyrakni himoya qilish)
*o’smalarga qarshi va immunitet kuchaytiruvchi

ushbu sanab o'tilgan xususiyatlar hali tibbiyot aniqlay olgani xolos.Yaqinda Amerikalik olimlar sedana bilan OITSga ham qarshi kurashish mumkinligini aniqladilar.Chunki qora zira immun tizimini kuchli quvvatlovchi vositadir.

Umid Fayzullayev
Imom Faxriddin ar-Roziy O'MIBY 4-kurs talabasi

Izoh qoldirish

Izohlar