14.01.2024

Shukrli bo‘lish

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:
«Va Musoga kitobni berdik va uni: «Mendan o‘zgani vakil tutmanglar!» – deya Banu Isroilga hidoyat qilib berdik» (Isro surasi, 2-oyat).

Ya’ni «Biz Muso alayhissalomga Tavrot kitobini berdik. Hamda o‘sha Tavrot kitobini Banu Isroil uchun hidoyat qilib qo‘ydik. Unga ergashsalar, hidoyatga erishishlari turgan gap edi.

Shu bilan birga, Biz Banu Isroilga:

«Mendan o‘zgani vakil tutmanglar!»

Ya’ni Allohdan o‘zgaga suyanmanglar. Undan boshqaga yuzlanmanglar. Ana shundagina hidoyat topasizlar», – dedik.

«(Ey) Nuh bilan birga ko‘targanlarimizning zurriyotlari! Albatta, u o‘ta shukrli banda edi» (Isro surasi, 3-oyat).

Dunyoda insoniyat qolmagan paytda Alloh taolo Nuh alayhissalom bilan birga u kishi yasagan kemada to‘fon balosidan qutulib qolgan mo‘minlardan zurriyot tarqatib, yer yuzida yangidan odamzotni ko‘paytirdi. Alloh taolo Banu Isroilga o‘sha narsani eslatib turib, xitob qilmoqda. Ularning asli ana o‘shanday yaxshi, fazilatli insonlarga qaytishini eslatmoqda, ulardan o‘rnak olishga chaqirmoqda.

«Albatta, u o‘ta shukrli banda edi».

Nuh alayhissalom o‘ta shukrli banda edi. Unga iymon keltirganlar ham o‘ta shukrli bandalar edilar. Sizlar ham shukrli bo‘linglar.

«Tafsiri Hilol» kitobi asosida tayyorlandiBismillahir Rohmanir Rohiym.

«Tafsiri Hilol» kitobi asosida tayyorlandi

Izoh qoldirish

Izohlar