O'zgarishimizga sabab bo'ladigan so'zlar!
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Har bir Inson hayotidagi nuqsonlarini to‘g‘irlash uchun harakat qiladi. gohida atrofi uni o‘zgarish uchun yordam beradi gohida esa unday emas.
Inson o‘zini o‘nglashi uchun ba’zi narsalarga ahamiyat qaratmog‘i lozim. Bu borada Ulamolarning fikrlarini sanab o‘tamiz:
- O‘zingdan boshla, so‘ngra yoningdan.
- Malomat qilishda, avvalo o‘zingni malomat qilgin.
- Hisob qilinmasdan avval o‘zlaringizni hisob qilinglar.
- Ko‘zingdagi xurmo shoxini ko‘rmasdan, do‘stingni ko‘zidagi kichik dog‘ni ko‘rib yurmagin.
- Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, gapirsa yaxshi so‘zni aytsin yoki sukut qilsin.
- Sharoitga moslashuvchi kishi bo‘lmang, ya’ni «Odamlar yaxshilik qilsa, yaxshilik qilamiz, odamlar zulm qilsa, zulm qilamiz», deydigan bo‘lmanglar. Lekin o‘zingizni odamlar yaxshilik qilsa yaxshilik qilishga, yomonlik qilsa zulm qilmaslikka o‘rgatinglar.
- Lekin baxillikka itoat qilinganini, havoi nafsga ergashilganini, dunyo afzal ko‘rilganini ko‘rsang va har bir fikrli kishi o‘z fikriga g‘ururlanganini ko‘rsang, o‘zingni mahkam tutgin, avomning rioyasini tark qilgin.
- Oqil kishiga o‘z zamonini olimi bo‘lishi, tilini ushlagan bo‘lishi va o‘z ishini bilib qilishi lozim.
SUXROB domla Qadamov
Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti mudir muovini
Izohlar