14.03.2024

Ramazon haqida 8 ta qiziqarli ma’lumotlar!

                                                    Bismillahir rohmanir rohiym
             Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo’lsin
     Payg’ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo’lsin
 

Barchamiz yana o’sha Islomning eng asosiy ruknlaridan biri bo’lmish ro’za ado etiladigan, fayzli va rohatbaxsh kechalari bo’lgan, Qur’ondan yanada ko’proq lazzatlanadigan, unda 1000 oydan ko’ra yaxshiroq “Laylatul qadr”i bor bo’lgan,oila va qarindoshlar bilan bir dasturxon atrofidadagi o’zgacha ruh va intiqlik bilan kutiladigan iftorliklaru saharliklarni o’z ichiga qamrab oladigan anashu “Ramazonimiz”ning ichidamiz.
 
  Abu Fazl o‘z «Musnadida» Salmon roziyallohu anhudan quyidagicha rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sha’bonning oxirgi kuni bizga xutba qilib bunday dedilar: «Ey odamlar! Darhaqiqat, sizlarga buyuk bir oy soya solmoqda. Muborak oy. Unda ming oydan yaxshi bir kecha bor. Alloh uning ro’zasini farz qildi, kechasini ibodat bilan o‘tkazishni ixtiyoriy – nafl qildi. Kim unda ixtiyoriy ravishda bir yaxshi ish qilsa, xuddi bir farzni ado etgandek bo‘ladi. Kim unda bir farzni ado etsa, xuddi yetmishta farzni bajargandek bo‘ladi. U sabr oyidir, sabrning savobi esa jannatdir. U ko‘ngil ovlash oyidir. U mo‘minning rizqi ziyoda qilinadigan oydir.
Ramazon oyining fazilatlari haqida u oyning oxirigacha gaplashishimiz mumkin, lekin bu oy haqida ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni bilamizmi?
Muborak oyiga oid 8 ta qiziqarli ma’lumot bilan tanishing:
1.Ma’lumotlarga qaraganda muslimalar ramazon oyida taom tayyorlash uchun boshqa oylarga nisbatan 2 barobar koproq vaqt sarflaydilar.
2. Allohning valiylaridan bo’lmish G’avs Abdulqodir Jiyloniy hazratlari hali chaqaloqlik paytlarida Ramazon oyida kunduzi sut emmaganlar. Bu g’ayrioddiy hodisa xalq orasida tarqalib ketadi. Keyingi yili osmonni bulut to’sib qo’ygani tufayli Ramazon oyini aniqlashda mushkila paydo bo’ldi. Shunda ulug’lar Abdulqodir Jiyloniy hazratlarining uyiga borib uy ahillaridan manabu fazilatli go’dakning bugun saharlikdan beri sut emgan yoki emmaganini so’rab bilib kelishni buyurishdi.Shunda uy ahillari hali sutdan chiqmagan go’dakning saharlikdan beri hech narsa totmaganligi uchun ularham bugun ro’za tutganligini aytishdi.Shundan keyin ana shu kun Ramazonning birinchi kuni ekanligining xabari shahar ahliga yetkazildi.
3.Hijriy taqvimning to’qqizinchi oyi bo’lmish Ramazon ilk bor jazirama issiq, kuydiradigan haroratli kunlarga to’g’ri kelgani uchun “Ramazon” deb atalgan. Ramazon degani “ramz” so’zidan olingan bo’lib,”qizimoq”,”qizib cho’g’ bo’lmoq”,”kuydirmoq” ma’nolaridadir. Jazirama issiqda qolgan qo‘ylar kuyib, qorayib,o’lib qolar ekan. Shoyad,Ramazonda ro’za tutganlarning gunohlari kuyib yo’q bo’lsa!
4. So‘nggi yillarda Ramazon shimoliy yarimshar mintaqasida yoz oylariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu oylar davomida kunduzi uzoqroq, ob-havo esa issiqroq bo‘ladi.

Bu esa ba’zi mamlakatlar, masalan, Norvegiyada odamlar Ramazonda kuniga 20 soatga qadar ro‘za tutadi, deganidir.

5.Ramazon oyida saharlikga tavsiya qilinadigan mahsulotlar: yormalar, yong’oq, tarkibida oqsil moddasi ko’p bo’lgan tuxum, baliq, go’sht, sut-qatiq mahsulotlaridir.
Iftorlikga esa meva, sabzavotlar, ko’katlar. 40 daqiqadan song tuxum, baliq, gosht mahsulotlarini iste’mol qilish tavsiya etiladi.
6. Odam vujudi shunday yaratilganki, oziq-ovqat yetkazish to‘xtagan paytda butun kuch-quvvat organizmni zararli mikroblar, xasta to‘qimalar, o‘sma va xiltlardan tozalashga qaratiladi. 
Masalan, ro‘za paytida organizmdan ammiakning chiqarilishi 100 barobarga kuchayadi.
7. Ramazon ro’zasi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlarining ikkinchi yilida Sha’bon oyidan ikki kecha o‘tganidan so‘ng dushanba kuni farz qilindi. Bu milodiy 623 yilning 7 fevraliga to‘g‘ri kelsa kerak degan taxminlar bor.
8.”The New York Times” gazetasi xabarlariga ko’ra AQSH prezidenti Bill Klinton Oq uyda iftorlik tashkil qilishni boshlab berganidan keyin bu an’ana davom etib undan keying prezidentlar Djordj Bush, Barak Obama va Donald Trampham Oq uyda iftorlik tashkil qilishgan.Ushbu iftorlikga ko’plab musulmon davlatlar diplomatik korpuslari vakillari taklif qilingan.
                             
 Albatta bu fazilatli oyning fazilatlaridan bahramand bo'lish barchamizga nasib etsin!

Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus
islom bilim yurti 122-“A” guruh talabasi 
Umurzoqov Diyorbek Sobit o’g’li

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish

Izohlar