15.03.2024

RAMOZON OYIDAGI AMALLARNING FAZILATI

Bismillahir rohmanir rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Ramazon oyi – dunyo ne’matlari qo‘lida bo‘laturib, Robbining buyrug‘iga binoan yemay, ichmay, shahvatlarini tiyish bilan sabr imtihonida muvaffaqiyat qozonishga g‘ayrat qilgan mo‘minlarning oyidir.
Ro‘za oyi bo‘lgan Ramazon, iftor oyiga aylantirilmasligi darkor. Hatto «iftor» so‘zining ma’nosi ham noto‘g‘ri qo‘llanilmoqdadir. Iftor (to‘ygunicha yeyish emas) faqat «og‘izni ochish» demakdir.
Ramazon – iftor oyi emas
Bir soat keyin o‘qiladigan tarovih namozining qiyinlashishiga olib borgan iftor dasturxoni Ramazonga oid emasdir. Ramazondan oldin ham makruh bo‘lgan isrofli bozor-o‘charlarni Ramazon soyasida muboh qilib olish xatodir. Ramazon ochlik tarbiyasi ekan, uni ochlik adabiyotiga aylantirolmaymiz. Kuni kecha aroq ichish bemalol bo‘lgan mehmonxonalarda bugun iftor dasturxonlarining yozilishi, kamiga uning «Alloh roziligi uchun iftor berish», deb nomlanishi kulgulidir. Musulmonlar dasturxonlariga egalik qilishlari lozim. Ichilib-ichilmasligi, yeyilib-yeyilmasligi shubhali bo‘lgan narsalar o‘rin olgan iftor dasturxoniga qanday o‘tirish mumkin?
Iftorlarimiz «kimlar»ningdir cho‘ntaklarini to‘ldirishiga sabab bo‘lmasidan, Ramazon kunida ovqatlanmoq miqdoricha undan uzoq turmoq va bunga harakat qilmoq kerak.
Ramazon – zuhd va barokat oyi
Ramazon taom iste’mol qilishni va ikkinchi darajali ehtiyojlar ro‘yxatini kamaytirish hamda oxirat uchun tayyorgarlik ko‘rish fursatidir. Ramazonda molimiz hamda vaqtimiz barakali bo‘lishi, o‘tgan o‘n bir oyda qilolmagan savobli amallarimizni qilish imkoni, vaqti bo‘lmog‘i lozim.
Ayollarimiz (onalarimiz, xotinlarimiz, qizlarimiz) muborak kunlarni oshxonada ovqat tayyorlash va idish-tovoq yuvish bilan o‘tkazmasliklari kerak.Ramazon sabr-matonat oyidir.
Ramazon faqatgina ochlikka emas, nafsga og‘ir kelgan barcha narsalarga chidamli bo‘lish oyidir. Tilga, qo‘lga, ko‘zga, hamyonga egalik qila olish oyidir. Gapirolgan holda gapirmaslik, yegan holda yemaslik muhimdir.
Sahar va iftor soatlaridagi Ramazon va ro‘za ahamiyatini kun davomida davom ettira olish, Ramazon ruhi bilan yashashning isbotidir. Ramazon sabr qilish oson bo‘lmagan bir paytga to‘g‘ri kelishi mumkin. Chunki u boshqa biror paytda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lmagan savob va barokat manbalarini o‘zida mujassam qilgan oydir. Gulni yaxshi ko‘rgan, tikaniga ham chidashni bilishi kerak.
Ramazon o‘n ikki oy emas, bor-yo‘g‘i bir oyginadir
Ramazonning ilk kunlarini hayajon bilan boshlab, hali hayit kelmasidan yarmiga kelib tashlab yubormoq, (savob ishlarda) sekinlashmoq, ibodatlarni va uzoq turish lozim bo‘lgan narsalarni poymol qilmoq eng kamida ishni boshlab, oxiriga yetkazmaslik hisoblanadi. Ramazonning oxirigi kunlarida bo‘shashmoq, shaytonning keskin tuzoqlari qo‘yilgan bozorlarda bu muborak soatlarni sarflamoq, keyinchalik afsus-nadomat qilinadigan xatolardir. «Bolajonlar uchun hayitlik» nomi ostida kattalarning o‘zlari uchun bayramga sarf-xarajat qilishi yaxshimi?!Bo‘shashgan namoz – namoz emas
Tarovihning dastlabki kunlarida chiroyli bajarib, Ramazon oyida ko‘p namoz qilinadi deya oxiriga borib, namozning (qiroat, ruku’, sajda, qa’da, xotirjamlik kabi) asosiy qurollari bo‘shashtirmasligi kerak. Ramazon mo‘min uchun ahamiyati yuksak bir oy bo‘lsa, uning ibodatlarga qaragan ko‘zi, azonni eshitgan qulog‘i, o‘qigan tili bu ahamiyatga ko‘ra ko‘rishi, eshitishi va gapirishi lozim.
Tarovih kecha qiyomidir
Tarovih namozi qo‘ldan boy berilmasligi lozim, iloji bo‘lsa, Qur’on xatmi bilan o‘qilishi kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa, qiroati durust imomning ortida va haqiqiy namozdek o‘qilishi darkor. Tarovihlarni qo‘ldan boy berish nadomat manbaidir.
Qadr – istig‘for kechasi, Allohga qaytish kechasidir
Qadr kechasining bizga berilishining sababi gunohlarimizdan poklanishimiz uchundir. U shunday kechaki, Ramazonning barcha kechalari Qadr bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan kecha, Allohga qaytish qarorimizni bergan, Qur’on va Sunnatga zid harakatlarimizdan qutulgan va bandalarning haqlaridan uzoq bo‘lgan kecha bo‘lishi kerak!

Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti
122-b guruh talabasi Dinmuhammad Tulegenov

Izoh qoldirish

Izohlar

22.03.2024 23:14
👍👍
15.03.2024 20:42
Ассаламу алайкум ва рохматуллохи ва барокатух Аллохим барчамизнинг илмимизни амали билан бирга ихлос билан бирга ва Узига булган мухаббат билан бирга бажаришимизни муваффақ айласин.Манфаатли илм билан ризқлантирсин.