05.04.2024

QADR KECHASI ALOMATI VA XUSUSIYATLARI.

Ramazonning oxirgi 10 kunligida ekanmiz qadr kechasini g'aflatda o'tkazib yuborishdan Allohdan panoh so'raymiz.

Albatta bu muborak kechaning o'ziga xosliklarini bilish musulmon uchun muhimdur,shu bilan birgalikda laylatul qadr ayni bugun bo'ldimi yoki yo'q ekanligini bilishdagi alomatlar esa juda qiziq.

Quyida manashular haqida Adham Osimiyning aytgan gaplarini eslab o'tsak:

1.Avvalambor bu kecha Alloh taoloning nazdida boshqa kechalardan ko'ra afzal ekanligini eslab o'tsak.Bu uning xususiyatlaridan birinchisidur.

2.Bu kechada qilingan ibodatlar,nafaqat namoz balki tilovat,duo,tafakkur kabi boshqa ibodatlarham 1000 oyda qilingan ibodatlardan yaxshiroqdur.

3.Qadr kechasida har bir hikmatli ishlar ajratilib hal qilinadigan kechadur.Alloh taolo bu kechada rizq,o'lim,hayot kabi bir yillik hodisalarni taqdir qiladi.

4.Bu kechada 7 osmondagi barcha farishtalar tushib istig'for aytuvchi,duolar qiluvchilarga omin deb turadilar.

5.Alloh taolo boshqa kechalarda baloniham omonlikniham taqdir qiladi,lekin bu kechada u faqat tinchlik omonlikni taqdir qiladi.

6.Laylatul qadrning xususiyatlaridan yana biri shuki,bu kecha Muhammad sollalohu alayhi vasallamning hurmatlaridan faqatgina ularning ummatiga berilgandur.Buning hikmati esa avvalgi ummatlar uzoq yillar umr ko'rishgan va shu sababli ko'p amallar qilishgan,Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati qisqa umr ko'rganligi uchun amalda avvalgi ummatlarga yetib olsinlar deb manashu kechani faqatgina bu ummatga berdi.

7.Bu kecha sababidan Alloh taolo avvalgi gunohlarni mag'firat qiladi va kelajakdagi katta gunohlardan saqlab qo'yadi.

Shuncha xususiyatlarni bilganidan keyinham bu kechaga haris bo'lmagan odamni uyi yonayotganidaham oynadagi changlarni artib yuradigan darajadagi bee'tiborga o'xshatish mumkin.

Ba'zida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan "Qaysi biringiz menga laylatul qadrning alomatlaridan xabar beradi" deb so'rar edilar.

Albatta bu kechaning alomatlarini bilish barchamizga juda qiziq.Bu kechaning alomatlariga keladigan bo'lsak bu kechaning o'zida ko'rinadigan va undan keyin keladigan alomatlar bor.Bir savol tug'ilishi tabiiydur:"Insonlar ibodatda qoim bo'lib bo'lgandan keyin uning alomatlari ko'rinishidan nima foyda?".Javob oddiy bunda ibodatda qoim bo'lgan bandalarni qadr kechasini topganligi bilan xursandchiliklarni oshirish bor.

Laylatul qadr kechalar uzra aylanib yuradi,ya'ni har yili faqatgina bir kechada bo'lmaydi.Lekin uning alomatlari o'zgarmaydi.

1.Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni sifatlagan birinchi sifatlaridan u sof va yorqin bo'lishidur.

2.Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uni sokin bo'ladi va unda shamol bo'lmaydi deganlar.

3. U tunda havo issiqham sovuqham bo'lmasligi ya'ni mo'tadil bo'lishini aytganlar.

4. Laylatul qodrning tongida quyosh huddi to'lin oydey bo'lib chiqadi.To'lin oy judayam nurli bo'lishi bilan birga inson unga qaraganda ko'zi og'rimaydi.U tongdagi quyoshham anashunday bo'ladi.

Ibn Hajar Asqaloniy bu alomatlarni ko'rgan odamga uni gapirmaslik yaxshiroq deganlar.Chunki bunda riyo aralashib qolishi bor va buni odamlarga gapirib yurgandan ko'ra Allohga shukr aytgani yaxshiroqdur.Bundan tashqari odamlarda buni gapirgan odamga nisbatan hasad uyg'onishi mumkin.

Alloh taolodan bizlarga rahmat qilib bergan bu kechasining barcha fazilatlaridan nasibador bo'lishimizni so'raymiz.

Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus
islom bilim yurti 122-“A” guruh talabasi 
Umurzoqov Diyorbek Sobit o’g’li

Izoh qoldirish

Izohlar