09.04.2024

Ramazondan keyin…

Barchamizga ma`lumki  mo`min-musulmonlar hali ketib ulgurmasdan sog`ina boshlaydigan, intiqib kutadigan oylar sultoni muborak Ramazon oyi ham o`z nihoyasiga yetib bormoqda.Ramazon -Qur`on oyi ,Ramazon- qut baraka va baxt saodat oyi.Ramazon do`zaxdan omonlik mag`firat oyi,Ramazonda rahmat eshiklari ochiladi .Har yili mo`min-musulmonlar Ramazon oyini boshqa oylarga qaraganda alohida tayyorgarlik va hursandchilik bilan kutib oladilar.

Lekin shu bilan birgalikda Ramazon oyida  har bir musolmon inson o`zi uchun yomon ko`rilgan illatlarni bartaraf qiladigan, tavba qiladigan, yaxshi muomilada bo`ladigan, yolg`on gapirmaslikka harakat qiladigan,g`iybatdan o`zini tosadigan ,insoniy shaxvatlardan qaytadigan  shuningdek boshqa illatlardan cheklanadigan muborak oy o`z nihoyasiga yetyapdi.

Masjidlar Ramazonda to`ladi Alhamdulillah biz hursand bo`lamiz lekin biz hohlardikki ramazondan keyin ham shunday bo`lsin! Ramazonda odamlar bir-birlariga yordam beryapdi, zakot xayr-ehson qilyapdi lekin biz hohlardikki ramazondan keyin ham shunday bo`lsin! Odamlar bir-birlari bilan talashib, tortishib urishmayapdi men ro`zadorman deyapdi lekin biz hohlardikki ramazondan keyin ham shunday bo`lsin! Ramazonda qanday odobli qanday go`zal axloqli bo`lgan bo`lsak ramazondan keyin ham shunday odobda axloqda sobitqadam bolishni so`ragan bo`lardik.Nafaqat o`zimiz balki ahli-oilamiz yor-birodarlarimizga ham shuni aytishimiz darkor.Ramazonda Alloh subhanahu va taologa yaqin bo`lish uchun qanchalik ibodat qilgan bo`lsak undandan yaxshiroq qilib keying oylarda ham o`zimizni taqvoyimizni, iffatimizni saqlab qolishga urunaylik.

Fazilatli oyda tutadigan roʻzalarimiz qabul, ado etadigan ibodatlarimiz maqbul va duoyu iltijolarimiz mustajob boʻlishini Haq taolodan soʻraymiz.

Alloh taolo butun xalqimizga qutlugʻ oyni muborak aylasin, diyorimizdagi tinchlik-xotirjamlik neʼmatini bardavom qilsin, duoyu iltijolarimizni oʻz dargohida qabul etsin.

 

Imom Faxriddin ar-Roziy o`rta maxsus islom bilim yurti 3-kurs talabasi 

Samandar Mehmonov

 

 

Izoh qoldirish

Izohlar