21.09.2026

SALOVAT AYTISH IKKI DUNYO SAODATI

                                  SALOVAT AYTISH IKKI DUNYO SAODATI

Har bir musulmon kishi o’z hayotida erishishni istaydigan ikki buyuk maqsadi bordir, biri dunyoga ikkinchisi oxiratga tegishlidir.

Dunyodagi maqsadi; g’am-g’ussasiz xotirjam va baxtiyor yashash.

Oxirat maqsadi; Alloh taolo uni gunohlarini kechirishi va jannatga kiritishidir.

Xo’sh inson bu ikki buyuk maqsadga qanday yetadi.Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallamga salovatni ko’p aytish bilan yetadi.

​Bir kuni Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhu Nabiy alayhissalomning huzurlariga kelib dedilar:

– Yo Rasululloh, men sizga ko'p salavot aytaman, shunda salovatimdan qanchasini sizga ajratayin?

​U zot dedilar:

– Xohlaganingcha ajrat 

​Ubay dedilar:

– To'rtdan birini ajrataymi?

​U zot dedilar:

– Xohlaganingcha ajrat, agar ziyoda qilsang, sen uchun yaxshidir.

​Ubay dedilar:

– Yarmini ajrataymi?

​U zot dedilar:

– Xohlaganingcha ajrat, agar ziyoda qilsang, sen uchun yaxshidir.

​Ubay dedilar:

– Uchdan ikki qismini ajratsamchi?

​U zot dedilar:

– Xohlaganingcha ajrat, agar ziyoda qilsang, sen uchun yaxshidir.

​Ubay dedilar:

– Butun salovatimni sizga qilib qo'yayinmi?

​Shunda Nabiy alayhissalom dedilar:

– Unda g'amingizga kifoya qilinadi va gunohingiz mag'firat etiladi!

​Mana bu ikki ulug' maqsad Nabiy alayhissalomga ko'p salavot aytish bilan kafolatlanadi.

​Abu xurayra roziyallolhu anhu rivoyatida; Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam dedilar; kim manga bitta salovat aytsa Alloh unga o’nta salovat aytadi.

Ibn Ato Sakandariyning so'zlari naqadar go'zal:

​"Kimning qo'lidan ko'p nafl ro'za tutish va qiyomu layl (kehasini ibodat bilan o’tkazish) kelmay qolsa, o'zini Nabiy alayhissalomga salavot aytish bilan band qilsin. Zero, agar siz umringiz davomida barcha toatlarni bajarsangiz-yu, so'ng Alloh taoloning O'zi sizga birgina salovat (rahmat) yo'llasa, ana o'sha yagona salovat umringiz davomida qilgan barcha toatlaringizdan ustun keladi. Chunki siz o'z imkoningiz darajasida salovat aytasiz, U zot – Subhanahu va Taolo – esa O'zining rububiyati (ulug'vorligi) darajasida sizga salovat yo'llaydi!"

​Nabiy alayhissalomga salavot aytishning foydalaridan:

 G'amlarning ketishi, gunohlarning mag'firat qilinishi, qalbning yumshashi, ko'ksingiz kengayishi (xotirjamlik), duolarning ijobat bo'lishi, kasalliklarga shifo, izni ilohiy ila shafoatga sazovor bo'lish, kambag'allikni aritish, ruhning poklanishi, jon berish paytidagi sobitqadamlik, qabrdagi nur, sirot ko'prigidan o'tish va shundan keyin – Allohning izni ila – kengligi osmonlar va yerdagi jannatdir!

​Ushbu bobda nozik va ajoyib latifalaridan biri: Alloma Valid Addudu aytadilar: "Nabiy alayhissalomga salavot aytish – ota-onaga yaxshilik qilish jumlasidandir. Nabiy alayhissalomga: 'Falonchi o'g'li falonchi sizga salavot aytdi', deb u zotning huzurlarida ota-onangizning ismlari zikr qilinishidan ko'ra buyukroq yaxshilik bo'lishi mumkinmi?!"

Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom ta'lim muasasasai mudarrisi Shermatov Muxammadyusuf G‘ulomjon o‘g‘li