10.12.2021

SAVDOGA DOIR MAS'ALALAR MUZORABA SAVDOSI

Islom shariati Musulmon Ummatiga qaysi o'rinda foyda bo'lsa, modomiki uning nojoizligiga dalil sobit bo'lmasa, shu manfaatdan foydalanishga ruhsat beradi. Muzoraba shirkati ham ikki aqdlashuvchilarni foydalariga hizmat qiladi.Chunki ba'zi bir kishilarni mablag'i bo'ladi-yu lekin undan foydlanish yo'llarini bilmasligi yoki jismoniy jihatdan imkoniyati yetmasligi mumkin. Ba'zi bir kishilarning esa,aqliy va jismoniy quvvat tarafidan savdo muomalariga qodir bo'ladi-yu, lekin unda mablag' yetishmovchiligi bo'ladi.Shu holatda ikki toifa o'rtasida Muzoraba shirkatini tuzish manfaatlik bo'ladi.
Muzoraba lug'atda «er yuzida yurish» maʼnosini anglatadi. Chunki bu ishni yurituvchi er yuzida talabi kasb qilib yuradi.

Muzorabada mol egasi mol tomondan, xizmat ikkinchi tomondan boʼladi. Molning egasi ishchi bilan kelishib, molni unga beradi. Tushgan foyda kelishuvga asosan boʼlib olinadi. 
Zarar mol egasiga boʼladi. Ishchi esa qilgan mehnatidan zarar koʼradi, xolos. Muzoraba Qurʼon, sunnat, ijmoʼ va qiyos ila sobit boʼlgandir. Alloh taolo Muzzamil surasida: «Boshqalar er yuzida yurib Allohning fazlini axtarishini (biladi), degan (20-oyat). Alloh taolo Juma surasida: «Bas, namoz tugagandan soʼng er yuzi boʼylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni koʼp eslang, shoyadki yutuqqa erishsangiz», degan (10-oyat). Imom Tabaroniy qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu quyidagilarni aytganlar: «Sayyidimiz Abbos ibn Abdulmuttolib molni muzoraba uchun bersa, uni dengizda olib yurmaslik, u bilan vodiyga tushmaslik va u ila hayvon sotib olmaslikni shart qilar va bularni qilsa toʼlab berishini aytar edi. Uning shartlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga etganida ijozat berdilar».

Ibn Moja Suhayb roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch narsada baraka bordir: bahosini keyin berish sharti ila sotishda, muqorazada (savdo mollarini almashtirishda) va sotish uchun emas, uy uchun bugʼdoy bilan arpani aralashtirishda», dedilar».

Ijmoʼdan dalil keltiradigan boʼlsak, sahobalardan koʼpi etimning molini muzorabaga berganlari va biror kishi buni inkor qilmagani maʼlum va mashhur. Qiyosga kelsak, muzoraba musoqotga qiyos qilingan. Odamlarning hojati doimo bu kabi narsalarga tushib turadi.

Matkarimov.T
Imom Faxriddin ar-Roziy
islom bilim yurti mudarrisi.

Izoh qoldirish

Izohlar