12.06.2023

"Salam" Savdosi

"Salam" Savdosi

"Salam" so'zi lug'atda "salaf'" ya'ni, "oldindan", "taslim qilish" ma'nolarini anglatadi.

Shariatda esa, naqd pulga nasiya molni mulkka kirgizishga tuzuladigan aqdga Salam savdosi deyiladi.

Salam savdosi joiz, ruhsat etilgan savdolardandir. Bu savdo mavjud bo'lmagan narsani sotilgani uchun, qiyosga xilof ravishda shariatga kiritilgan. Lekin bu savdoni joizligi Qur'on va Hadis bilan sobit bo'lgan.

Imom Hokim o'zlarini "Mustadrok" asarlarida Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilishlaricha, Baqara surasini 282-oyatini tafsirida Ibn Abbos roziyallohu anhu shunday deydilar "Guvohlik beramanki, Alloh Ta'olo ma'lum muddatga kelishib qilingan zamonatlik salaf savdosini o'z kitobida halol qilgan va izn bergan" deb quyidagi oyatni uqidilar.
"يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا إِذَا تَدَايَنْتُمْ بِدَيْنٍ إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى فَاكْتُبُوهُ.."
Ya'ni "Ey Imon keltirganlar, agar oralaringizda ma'lum muddatga oldi-berdi qilsangiz, yozib qo'yinglar.."(Baqara surasi 282-oyat.)

Olti muhaddis imomlar ham o'zlarini kitoblarida Abu Minhaldan va Ibn Abbosdan qilgan rivoyatlariga ko’ra quyidagi hadisni keltiradilar.                           قَدِمَ اَلنَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم اَلْمَدِينَةَ، وَهُمْ يُسْلِفُونَ فِي اَلثِّمَارِ اَلسَّنَةَ وَالسَّنَتَيْنِ، فَقَالَ: ” مَنْ أَسْلَفَ فِي تَمْرٍ فَلْيُسْلِفْ فِي كَيْلٍ مَعْلُومٍ، وَوَزْنٍ مَعْلُومٍ، إِلَى أَجَلٍ مَعْلُومٍ ” (مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ)              

Rosululloh sollollohu alayhi vasallam Madinaga kelgan vaqtlarida,insonlar xurmoda bir,ikki,uch yilgacha salaf(ya’ni salam) savdosini qilishardi,shunda Payg’ambar alayhossalom;”Kim xurmoda salaf(salam) qilsa, ma’lum kaylda, ma’lum vaznda ma’lum muddatga qilsin” dedilar.

Imom Buxoriy rohimahulloh Abdulloh Ibn Abi Avfodan qilgan rivoyatlariga ko’ra;

“Biz Rosululloh alayhissalom, Abu Bakr, Umar roziyallohu anhumlar davrlarida  bug’doy, arpa, xurmo, mayizlarda salam savdosini qilardik” deganlar.

Yuqoridagi haidslarda kelga salaf savdosidan murod, salam savdosidir.

Ijomoga ko’ra,insonlarni zaruriyati va ularni xojatini inobatga olib, Ummat bunday savdoni joizligiga ittifoq qilgan.

Salam savdosining rioya qilinishi kerak boʼlgan bir nechta shartlari bor. Umumiy shart – mahsulotning miqdori va sifati maʼlum boʼlishi kerak (masalan, kilo, idish yoki metrda oʼlchanadigan yoki sanaladigan mahsulotlar boʼlishi. Hayvonlar, ularning aʼzolari, terilari va qimmatbaho gavharlarda salam savdosi boʼlmaydi).

Endi, salam bitimini tuzish uchun mahsulotning quyidagi jihatlari maʼlum boʼlishi kerak:

1. Mahsulotning jinsi (masalan, bugʼdoy),

2. Navi (masalan, “lalmi” yoki “obi”),

3. Sifati (masalan, yaxshi, oʼrtacha yoki yomon),

4. Miqdori (kilo, metr, dona yoki hajmi),

5. Vaqti (salamning eng kam muddati 1 oy),

6. Toʼlanadigan pulning miqdori (bitim oʼz kuchida qolishi uchun mahsulot sotmoqchi boʼlgan odam pulni oldindan olishi kerak),

7. Mahsulotni tashish xarajatli boʼlsa, mahsulotni qaerga etkazib berish joyi maʼlum boʼlishi lozim (“Fathu babil inaya” va “Al-Muxtor” kitoblari).

Demak, yuqoridagi shartlarga toʼgʼri keladigan mahsulotlarga avvaldan pul berib qoʼyish joiz. Lekin salam savdosida belgilangan vaqt kelgach, mahsulotning narxi kelishilgan narxdan arzon yoki qimmat boʼlishi eʼtiborga olinmaydi. Balki, mahsulot salam bitimida koʼrsatilgan narxda etkazib beriladi.

T.Matkarimov
Имом Фахриддин ар-Розий 
ислом билим юрти мударриси.

Izoh qoldirish

Izohlar