IBN TAYMIYYA VA VAHHOBIYLIK OQIMI
Ibn Taymiya Jumhur ulamolarga xilof bo’luvchi o’zining noodatiy qarashlari bilan paydo bo’ldi. Batahqiq o’z zamonasining ulamolari unga keskin hujjatlar va mustahkam ilmiy raddiyalar bilan chiqishdi.Ibn Taymiyaga berilgan raddiyalar kitob shaklida chop etilib dunyoga tarqatildi. Uning qarashlari maxfiy tutildi, va uning fikriga faqatgina o’zini shogirdlari ergashdi.
Hatto uning yozgan kitoblarini hech kim tan olmadi. Hattoki, uning aqoidga oid yozgan ‘’Aqiydatul Vositiyya’’ nomli kitobiga biror-bir ulamo sharhlashga yoki tahqiq qilishga kirishmadi.
U o’zining kitoblarini nashrdan chiqarib,uni rivojlantiradigan yangi bir shaxs paydo bo’lgunicha, uzoq muddat e’tibordan chetda qoldi. Haqiqatdan ham jamoa’tni haq-to’g’ri fikri turganda, noyob va shoz fikr sohibining holati shunday bo’ladida!
Shu o’rinda e’tiborni tortadigan bir jihat mavjud. Vahhobiylik toifasi nima uchun aynan shu davrdan keyin paydo bo’ldi,bularni o’rtasida nima bog’liqlik bor?
Bunday shubhalar sog’lom fikrlovchi kishini e’tiborini tortadi abatta. Aslini olganda Vahhobiylk toifasi Ibn Taymiyya borasida qanday qarashda bo’ldilar va unga bog’liq qanday ishlarni amalga oshirdilar?
1- Ular Ibn Taymiya fikrlarini ilgari surdilar hamda uni yagona ‘’Shayxul islom’’ darjasiga olib chiqishdi.
2- Ular o‘z zamonasining ulamolari va izdoshlarini kamaytirib, ummatning Aqida,Usul,Fiqh,Tafsir manbaalaridan iborat madaniy me’rosini yo’q qildilar.
3- Ular o’zlariga qarshi har bir ixtilofli fikrni kofirlikda yoki bid’atda ayblab, rad etardilar.
4- Ular ixtilof bo‘lishi mumkin bo‘lgan fiqhiy masalalarni fiqh doirasidan aqida doirasga o‘tkazdilar(ya’ni aqida borasida ham masalalar ixtilofni ehtimol qiladi degan da’vo bilan chiqishdi) shuning uchun ham o‘zlariga qarshi chiqqanlarning hammasini kufrda ayblab, haqiqiy islomni faqat ularga ergashgan kimsalardagina e’tiborli deb bilishdi.
5-Ular Usmoniylar Islom davlatiga qurol-yarogʻ bilan isyon koʻtardilar, shu ishlari bilan o’zlarining boshliqlariga isyon qildilar va Usmoniylar davlati beliga hanjar bo’lib, davlatni qulashiga eng katta sababchilardan bo’ldilar.
Shunday qilib Ibn Taymiyyani Jumhur ulamolarga xilof ravishda bo’lgan qarashlari orqali Vahhobiylik oqimi yuzaga keldi.
Alloh Ta’olodan o’zi bizlarni doimo sof e’tiqodda sobit qilishini, islom ummatini orasiga turli-hil ixtiloflarni paydo qiluvchilardan bo’lib qolmasligimizni so’raymiz! Kuch-quvvat faqat Alloh Ta’olodandir! Amiyn.
M.Yunusxo'jayev
Imom Faxriddin ar-Roziy
islom bilim yurti mudarrisi
R.Ne'matjanov
Imom Faxriddin ar-Roziy
islom bilim yurti 4-kurs talabasi.
Izohlar