ME'ROSHO'RLAR VA ULARGA DOIR HUKUMLAR
“Фарз” сўзи луғатда “ўлчов”, ”кесиш” ва “баён қилиш” маъноларини билдиради.
Шариатдаги фарз амаллар ҳам ўлчоғлик, кесиб айтилган ва баён қилинган амаллар бўлгани туфайли “фарз” деб аталган.
Мероснинг “фарз” деб айтилиши эса, унда меросни ўлчаш шариат томонидан кесилган иш, баён қилиниб, ҳар бир меросхўрнинг ҳақи аниқ кўрсатилгани учундир.
Яна меросдан тегадиган маълум насибага ҳам “фарз”дейилади.
“Мерос” деганда ўлган одамнинг ортидан ундан қолган нарсани олишга бирор кишининг қолиши тушунилади.
MEROS OLISH HAQI Meros olish haqi uch xil sabab ila sobit bo’ladi:
1.Nasab yo’li bilan.
Ota-ona, farzandlar, aka-uka, opa-singil va amakilar va boshqa toifalar shunga kiradi- lar.Bu toifani ulamolar ota-ona va ularga mansub kishilar,deb ham aytadilar.
2.Nikoh yo’li bilan ham meros olish haqi sobit bo’ladi.
To’g’ri shar’iy yo’l ila nikoh bilan nikoh bilan bog’langan kishilar orasida ham bir- biridan meros olish haqi sobit bo’ladi.Fosid va botil nikoh tufayli meros olish haqi sobit bo’maydi.
3. Qul ozod qilish tufayli.
Ilgarigi vaqtda ozod qilingan qul vafot etsa-yu, merosxo’ri bo’lmasa, undan qolgan merosga uni ozod qilgan kishi haqli bo’lgan. Chunki bu kishi yaxshilik qilib, marhumni qullikdan ozod qilgan edi.
Ushbu uch toifada zikr etilgan merosxo’rlarning merosxo’rlik darajasi turlicha bo’ladi.
MEROSXO’RLIK DARAJALARI.
1. Farz egalari.
Qur’on, sunnat yoki ijmo’da hissasi ochiq-oydin belgilab qo’yilgan merosxo’rlar farz egalari, deb nomlanadilar. Merosni bo’lish aynan shu toifadan boshlanadi.
2. Nasabiy asabalar.
“Asaba” deganda kishiga eng yaqin erkak qarindoshlar tushuniladi. Meros bobida o’zi yolg’iz bo’lsa, farzandlaridan qolganini olishga haqli o’g’li, o’g’il nevara, tug’ishgan aka, amaki kabilarga “asaba” deb aytiladi.
Meros bo’lish qoidasida ham farz egalariga haqlari berib bo’lingandan keyin asbalarga beriladi.
3. Er-xotindan boshqa farz egalariga haqlaridan tashqari merosdan ortib qolgan molni qo’shimcha taqsimlash.
Meros farz egalariga taqsim qilingandan keyin ham ortib qolsa, asaba olishini oldin aytdik. Lekin asaba bo’lmasa, ortib qolganini ham farz egalariga yana o’z hissalariga binoan bo’lib beriladi. Ammo ortib qolganini qaytadan bo’lishda er va xotin haq olmaydi. Chunki ular orasidagi aloqa nikoh aloqasidir.
4. Ayol tomonidan bo’lgan qarindoshlar.
Bu toifadagi qarindoshlarga farz egalari ham, asaba ham bo’lmagan, tog’a, xola, amma, qizining o’g’li, qizining qizi kabilar kiradilar.
Vafot etgan kishining farz egasi yoki asaba hisoblangan qaridoshlari bo’lmasa, uning merosini ayol tamon qarindoshlari oladilar.Bu hukmga Shofe’iy mazhabi muvofiq bo’lmagan.
5.Er va xotinga qaytarish.
Er yoki xotin vafot etsa-yu, uning orqasidan boshqa hech bir merosga haqdor qarindosh qolmasa, merosi ortidan qolgan eri yoki xotiniga qaytariladi.
Misol uchun, bir er vafot etdi. Ortidan xotindan boshqa hech kim qolmadi. Xotin qolgan merosning to’rtdan birini farz egasi sifatida oladi. Qolganini esa, boshqa merosxo’rlar bo’lmagani tufayli, qaytarish ila oladi. Shuningdek, xotin o’lib, ortidan eridan boshqa hech kimi qolmasa, er merosning yarmini farz egasi sifatida oladi. Qolga- nini esa, boshqa merosxo’rlar bo’lmagani tufayli, qaytarish ila oladi.
6. Avval qul bo’lib keyin ozod qilingan kishi vafot etsa-yu, merosxo’rlari bo’lmasa, uni ozod qilgan kishi merosini oladi. Albatta, bu holat hozir yo’q.
7.Hanafiy va Hanbaliy mazhablari bo’yicha merosxo’ri yo’q odam molining birovga berilishini vasiyat qilgan bo’lsa, o’sha kishiga beriladi.
8. Baytulmol.
Agar bir kishi vafot etsa-yu, ortidan yuqorida zikr etilgan merosxo’rlardan hech biri qolmasa, uning qoldirgan moli Baytulmolga topshiriladi.
MEROSNING ARKONLARI.
Merosning arkonlari uchta:
1. Meros qoldiruvchi.
2. Merosxo’r.
3. Meros.
MEROSNING SHARTLARI.
Merosning shartlari uchta:
1. Meros qoldiruvchining haqiqatda o’lishi yoki o’limi haqida hukm chiqishi.
Inson tirik bo’lgan chog’ida o’z molini o’zi tasarruf qiladi. Shuning uchun uning moli birovga o’tishi mumkin emas.
Falonchi o’lim to’shagida yotibdi, baribir o’ladi, kelinglar merosini hoziroq bo’lib qo’yaylik deb bo’lmaydi. Haqiqatda vafot etganidan so’ngina merosini bo’lishi mumkin, faqat o’shandagina mulk meros qoldiruvchidan merosxo’rlarga o’tadi.
“O’limi haqida hukm chiqishi ”- bir odam o’lgani haqida gumon bor-u, o’ligini birov ko’rmagan, bu ishni mahkamada ko’rib chiqiladi, agar qozi barcha ma’lumotlarni o’rganib chiqib, bu odam o’lgan bo’lishi kerak, deb hukm chiqarsa, uning moli meros tariqasida bo’linadi.
2. Meros qoldiruvchi o’lgan paytda merosxo’rlar tirik bo’lishi.
Bu degani, ikki bir-biridan olishga haqli kishi bir vaqtda vafot etmasalar bir-biridan meros olishi mumkin emas, deganidir.
Bundoq holatlar odatda fojiali hodisalar paytida bo’ladi. Uy bosib qolishi ,suvga g’arq bo;lish va boshqa falokatlarda bir oiladan, bir urug’dan bir necha kishi birdaniga vafot etishi mumkin. Ana o’sha kishilarda bir-biridan meros olish imkoni yo’q bo’ladi. Agar bir odam vafot etsa, otaning merosidan olib undan keyin o’lgan o’g’lining moliga qo’liga qo’shiladi va merosxo’rlarfga bo’lib beriladi.
Shuningdek, jon kirgan homiladagi bola tug’ilgunicha kutib turiladi, chunki uning joni bo’lgani uchun merosda haqi bor. Misol uchun, bir kishi vafot etdi. Uning xotini homilador. O’sha homila tug’ilguncha kutib turiladi. U tug’ilganidan keyin o’g’il yoki qizligiga qarab meros bo’linadi.
3. Qarindoshlik va meros olish haqi bo’linishi.
Meros bo’luvchi kishi merosxo’rlarning har biri meros qoldiruvchi uchun qanday qarindosh ekanini aniq bilib olishi lozim. Merosga haqli qarindoshmi, yo’qmi, buni bilib, merosga haqlilarni ajratib oladi. Keyin qarindoshlik darajasini o’rganadi. Bunga o’xshash ma’lumotlar meros bo’lish uchun juda ham zarur.
TOSHKENT ISLOM INSTITUTI MODUL
TA'LIM SHAKLI 3-BOSQICH TALABASI M.AVEZOV
Izohlar