06.03.2023

O'ZLIKNI ANGLAB, ABDULLA AVLONIY YETUK MA'RIFATPARVAR

Millat g’amho’ri , ma’rifatparvar  pedagog ,shoir va noshir hazrat Abdulla Avloniy XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) o’lkasida pedagogikaning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg’ xizmat qilgan ulug’  zotlardandir.U zot 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada oʻqidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi. Arab, fors, rus tillarini oʻrgandi.U maktablar ochib, shaxsan o’zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo’shdi. Uning qalamiga mansub «Turkiy Guliston yoxud axloq»,«Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» «Maktab Gulistoni » asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari o’zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi.Hazrat inson kamolotida to’g’ri ta’lim bilan birgalikda ta’rbiyaning ham ahamiyati katta ekanligini ta’kidlaydilar.

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir     (A.Avloniy)

Haqiqqatdan ham agar insonning kamolotga yetishida tarbiyaning ahamiyati kattadir.Tarbiyaning boshlanish joyi esa oiladir ya’ni dastlabki tarbiya oiladan boshlanadi.Ota-ona farzandini moddiy ta’minlabgina qolmasdan ma’naviy oziqlantirib borishi ham zarur.Keyingi tarbiya maskani esa maktabdir.Shu bois ustoz A.Avloniy maorif masalasiga ham katta e’tibor qaratganlar.Chunki agar inson to’g’ri tarbiyalanmasa diniga va millatiga foydasi tegishi qiyin aksincha jamiyatning inqiroziga hissa qo’shish ehtimoli katta bo’ladir.

 

УМИД Файзуллаев
Имом Фахриддин ар-Розий ислом билим юрти 4-курс талабаси
#Талабалар

 

Izoh qoldirish

Izohlar