07.03.2023

IMOM ABDUL MU'IYN an-NASAFIY

Yurtimizdan yetishib chiqqan yetuk alloma Imom Abul Mu’iyn an-Nasafiy rahimahullohning to‘liq ismlari Abul Mu’iyn Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Mu’tamid ibn Muhammad   Makhul an-Nasafiydir. Bundan bir oz farqli shakllari ham uchraydi. Uning kunyasi barcha manbalarda Abul Mu’iyn deb zikir qilinadi. Ammo an-Nasafiyning laqablariga kelsak, yozma manbalarda ko‘rsatilishicha,u zot bir qancha laqablar bilan atalganlar, jumladan, imom fozil sayf ul-haq ,(haqiqat qilichi) jomi’ al-usul, al-imom az-zohid(zohidlar imomi) ,al-faqih al-hanafiy(hanafiylar faqihi), al-olim al-bori’ (yuksak bilimdon olim) kabi laqablarni olgan. Abul Mu’iyn an-Nasafiy rahimahulloh ilmu irfonda yetuk, ziyoli bir oilada ulg‘aygan, ayniqsa, uning ajdodlaridan ko‘plari fiqih ilmi sohasida ulkan salohiyatlari bilan el-yurt orasida tanilgan edilar. Hatto uning katta bobosi o‘z davrining taniqli vakili Makhul Abul Fazl an-Nasafiy rahimahullohdan (an-nasafiylar sulolasining sardori) boshlab, uning oiladagilar fiqh ilmida hanafiyya mazhabining asoschisi Abu Hanifa ta’limotlariga tayanganlar. Shuningdek, u fiqih ilmini imom Abu Hanifaning shogirdi imom Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniyning safdoshi Abu Sulaymon al-Juzjoniydan rivoyat qilardi.          
Uning an-Nasafiy nisbati bilan tanilishlari borasida barcha tarixchi olimlar bir fikrga to'xtalganlar. Shuningdek  ba’zi tarixchilar an-Nasafiyni ozroq vaqt  Samarqanda yashagan, so‘ngra uzoq yillar Buxoroda istiqomat qilib ijodini shu yerda davom ettirgani  haqida ham xabarlar bergan.
Tarixchi olimlardan biri, arab olimi Xayriddin az-Zirikliy o‘zining «Al-a’lom» va tarixchi olim Umar Rizo Kahhola «Mu’jam al-Muallifiyn» nomli asarlarida an-Nasafiyning tavallud topgan sanasini  hijriy 418 (milodiy 1027) yilda Nasaf (hozirgi Qarshi) shahrida tug‘ilganliklari haqida yozganlar. 
Binobarin, alloma Abul Mu’iyn an-Nasafiy uzoq umr    ko‘rib 87 yoshda hijriy (508 milodiy 1114) yilda vafot etganligini ko‘p manbalar ko'rsatadi. Uning qabri Qarshi shahri yaqinidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan.
Alloh taolo bizlarni ushbu bobolarimiz yo'llarini mahkam ushlab, u zotning meroslarini o'rganib, uni hayotimizga tatbiq qilishimizni O'zi nasib etsin, bizlardan ham u zot kabi buyuk allomalar chiqarsin !

AHLIDDIN Kromiddinov

Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom bilim yurti 3-bosqich talabasi  

#Талабалар

Izoh qoldirish

Izohlar