JOBIR IBN HAYYON
Kimyo fanning otasi va asoschisi hisoblangan Jobir ibn Hayyon barcha kimyoviy xossalar sabab qonuniga bo'ysunadi, deb e'lon qilgan. Shuningdek, u odamlar narsalar o'rtasidagi sabab va oqibat bog'liqligini aniqlashi mumkin, deb ta'kidlagan.
Jobirning fikricha, narsalarning xususiyatlari ularning turli unsurlari nisbatiga bog‘liq. Keyinchalik Jobirning bu muvozanat formulasi "Nisbatlar qonuni" nomi bilan mashhur bo'ldi.
Uning mashhur kitobi - “Al-Mizan”da bayon qilingan muvozanat tamoyili koinot sistemasi uchun asos bo‘lib hisoblanib, uning asosida koinotni matematik izohlash imkoniyatlari ham kengaytirildi.
Kimyo asoschisi boʻlgan Jobir eksperimentni kimyo fanining asosi deb e'lon qildi. U birinchi bo'lib sulfat kislota, nitrat kislota, xlorid kislota kabi minerallardan kislotalar tayyorlagan, bulardan biri temirni eritish qobiliyatiga ega edi. Shuningdek, u ishqorni kislotalarga qarshi vosita sifatida ixtiro qildi. Bundan tashqari, u oltin va platina kabi metallarni eritishi mumkin bo'lgan kislotalar birikmasidan "aqua regia" tayyorladi.
Kimyo fanidagi bu ixtirolar keyinchalik sun'iy o'g'itlar, plastmassa buyumlar tayyorlashda, xullas, sintetik tovarlar dunyosini yaratishda asosiy rol o'ynadi.
Ma’lum qilinishicha, Jobir koinotning matematik va kimyoviy tushuntirishlarini qattiq targ‘ib qilgan va hatto koinot sirlarini ochish uchun sun’iy mavjudotlar, jumladan, sunʼiy odamlar ham yaratish haqida oʻylab yurgan.
АБДУМУТАЛОВ Абдулхай
Имом Фахриддин ар-Розий ислом билим юрти 4-курс талабаси
#Талабалар
Izohlar