04.01.2024

Jumani ado qilish uchun shartlar | Fiqh darslari (254-dars)

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Namozning to‘g‘ri bo‘lishi shartlaridan tashqari, jumaning to‘g‘ri bo‘lishi uchun ham alohida qo‘shimcha shartlar bor. Ular quyidagilardan iborat:

1. Misr yoki uning cheti bo‘lishi.

Misr nima ekani haqida sal avvalroq ham eslab o‘tilgan edi. Endi esa matnning o‘zida misr haqidagi tushuncha taqdim qilinmoqda.

Misr eng katta masjidiga o‘zining aholisi sig‘maydigan joydir.

Avval ham aytib o‘tilganidek, mazkur iboradagi «aholi»dan murod hamma aholi emas, balki juma namozi o‘qishi farz bo‘lgan aholidir.

Abu Hanifa rahmatullohi alayhi: «Yo‘llari va bozorlari bor, zulmlarni qaytarib turadigan voliysi bor, paydo bo‘lgan masalalarga javob aytib turadigan olimi bor yurt misrdir», deganlar.

«Misrning cheti» unga (misrga) bog‘langan va uning foydasi uchun xizmatga tayyorlangan makondir.

Misrga yopishib turgan va uning foydasi uchun xizmat qiladigan karvonsaroylar, kushxonalar kabi narsalar bor joylar ham shahar chetiga kiradi. U yerlarda ham juma o‘qisa bo‘ladi. Ammo misr bilan uning orasida uzilish bo‘lmasligi kerak. Misol uchun, misr tugagandan keyin ekinzorlar, bog‘u rog‘lar kelib, keyin aholi yashash joyi kelsa, misrning cheti bo‘lmaydi.

Agar bitta misrda bir necha joyda juma o‘qilsa nima bo‘ladi, degan savolga mazhabda to‘rtta javob bor. Birinchisi Abu Hanifa va Muhammad rahmatullohi alayhimodan rivoyat qilingan va eng to‘g‘risi hisoblanadi: «Ikki yoki undan ko‘p joyda bo‘lsa ham, joiz. Chunki jumaning bir necha joyda bo‘lmasligida qi­yinchilik bor».

Shu bilan birga, bir necha yerda juma o‘qish mumkin emasligiga dalil yo‘q.

2. Sulton yoki uning noibi.

Yoki jumani o‘tkazishga izn olgan taraf bo‘lishi shart.

3. Peshinning vaqti.

Peshin namozining vaqti kirishi bilan jumaning vaqti ham kiradi. Peshinning vaqti chiqishi bilan jumaning vaqti ham chiqadi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam jumani quyosh oqqan paytda o‘qir edilar».

Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jumani doimo peshin vaqtida o‘qiganlar.

4. Vaqtida bir tasbehcha bo‘lsa ham xutba.

Xutba juma namozining asosiy shartlaridan biridir. Xutbasiz juma namozi bo‘lmaydi.

Alloh taolo Jumu’a surasida:

«Ey iymon keltirganlar! Juma kunidagi namozga chorlangan paytda Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo‘ying. Agar bilsangiz, ana shu o‘zingiz uchun yaxshidir», degan (9-oyat).

Bu oyatdagi «Allohning zikri» xutbadir.

«Bir tasbehcha bo‘lsa ham» jumlasidan «Alhamdulillah», «Subhanalloh» kabi zikrlarni aytish bilan ham xutba ado etilgan bo‘lishi tushuniladi.

Shu bilan birga, jumaning xutbasi peshinning vaqti kirganda bo‘lishi shart. Agar zavoldan oldin xutba qilib, undan keyin namoz o‘qisa bo‘lmaydi.

Soib ibn Yaziyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Juma kunining avvalgi nidosi Nabiy sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumoning davrlarida imom minbarga o‘tirganda bo‘lar edi».

Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.

Nido, ya’ni azon peshinning vaqti kirmasidan oldin aytilmaydi. Shuning uchun peshin vaqtidan boshqada xutba qilinmagan.

5. Jamoa, ya’ni imomdan boshqa uch kishi bo‘lishi shart qilindi.

Bu jumladagi hukm quyidagi hadisdan olingan:

Toriq ibn Shihob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Jamoat bilan juma (o‘qish) har bir musulmonga haqdir, vojibdir», dedilar».

Abu Dovud, Bayhaqiy va Hokim rivoyat qilishgan.

6. Izni om.

«Izni om» degani jome’ masjidning eshiklarini ochib qo‘yib, xohlagan odamning kirishiga umumiy izn berilishi, juma o‘qimoqchi bo‘lganlarni biror shaxs man qilmasligidir.

Juma namozi Islomning shiorlaridan biridir. Uni o‘qish odamlar orasida mashhur holda bo‘lishi lozim.

Bir masjidga maxsus jamoat kirib olib, eshiklarini yopib olsalar, ularning o‘qigan jumalari to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Agar imomning sajdasidan keyin jamoa ketib qolsa, uning o‘zi namozni tugatadi.

Bundan jamoat bir rak’at o‘qiguncha tursa, juma to‘liq bo‘ladi, degan ma’no chiqadi. Imom bilan birga uch kishi jumani niyat qilib namoz o‘qishni boshlasa, birinchi rak’atning sajdasidan keyin jamoat ketib qolsa ham, imom o‘zi namozni oxirigacha o‘qib qo‘ysa, juma o‘rniga o‘tadi.

Agar sajdasidan oldin ketib qolsalar, imom peshin o‘qishni boshlaydi.

Bunda jamoat namozning bir rak’ati qayd bo‘lguncha turmagani uchun juma haqiqiy namoz bo‘lmaydi. Shuning uchun imom mazkur namozni buzib, peshin o‘qishga majbur bo‘ladi.

Uzrli shaxsning va boshqalarning misrda peshinni jamoat bo‘lib o‘qishlari makruhdir.

Bu hukm makruhi tanzihiy – uncha og‘ir bo‘lmagan makruhdir. Chunki ular juma o‘qishlari lozim edi. Ular juma namoziga bormay, jamoatning ozayishiga sabab bo‘ldilar. Aybni qilib qo‘yib, yana o‘zlari jamoat bo‘lishlari durust emas.

Shuningdek, uzrli bo‘lmaganlarning jumadan oldingi peshinlari ham makruhdir.

Bu hukm makruhi tahrimiy – harom o‘rniga o‘tadigan makruhdir. Chunki ular peshinning farzidan ko‘ra kuchli bo‘lgan jumaning farzini uzrsiz tark qildilar. Modomiki hali juma o‘qilmagan ekan, unga borib qo‘shilish payidan bo‘lishlari kerak edi. Ammo mazkur ishni qilish o‘rniga jamoat bo‘lib peshin o‘qishlari jumaga borish niyatlari yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu esa umuman mumkin emas. Jumani o‘qib bo‘linganda unga borib qo‘shilishning imkoni qolmagan bo‘ladi.

Agar peshinni o‘qigan odam jumaga harakat qilganda imom jumada turgan bo‘lsa, peshini botil bo‘ladi.

Birov jumadan oldin peshinni o‘qib oldi. Keyin jumaga borishga harakat qilib qoldi. Agar u harakatni boshlaganda imom jumaning amallarini bajarib turgan bo‘lsa, haligi odamning o‘qigan peshini botil bo‘ladi.

Jumani tashahhudda yoki sahv sajdasida topgan odam oxirigacha o‘qib oladi.

Birov qavm juma namozining tashahhudini o‘qib turgan yoki sahv sajdasini qilayotgan paytda qo‘shilsa ham, juma namozini topgan bo‘ladi.

Qachon (muazzin) birinchi azonni aytsa, kishilar savdoni tark qiladilar.

Juma namozi uchun birinchi azon qanday joriy bo‘lgani quyidagi rivoyatdan bilinadi:

Soib ibn Yaziyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Juma kunining avvalgi nidosi Nabiy sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumoning davrlarida imom minbarga o‘tirganda bo‘lar edi. Usmon (xalifa) bo‘lganida odamlar ko‘payib ketib, Zavro’ning ustida uchinchi nidoni ziyoda qildi».

Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.

Boshqa bir rivoyatda:

«Ish shunday sobit qoldi», deyilgan.

Ushbu hadisdagi «nido»dan maqsad – azon. Nidoni uchta deyish esa azon va iqoma e’tiboridandir. Bu rivoyatdagi «uchinchi» deyilgan azon amalda har juma kuni birinchi aytiladigan azondir.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning va ikki xalifalari: hazrati Abu Bakr Siddiq, hazrati Umari Odil davrlarida imom minbarga chiqqanida azon aytilar, xutba o‘qib bo‘lib, minbardan tushganida iqoma aytilar va namoz o‘qilar edi.

Ammo hazrati Usmon xalifa bo‘lganlarida Islom diyori kengaygan, musulmonlar soni ko‘paygan edi. Imom minbarga chiqqandan keyin azon aytib, xutba qilib, undan so‘ng juma namozi o‘qiladigan bo‘lsa, uzoqroqdagi kishilar azonni eshitgandan so‘ng harakat qilib, masjidga kelsalar, namozga kech qoladigan bo‘lib qoldi. Chunki u paytlarda soatlar yo‘q edi. Kishilar namoz vaqti kirganini azon aytilganidan bilar edilar.

Hazrati Usmon roziyallohu anhuning davrlarida odamlar namozga kech qolayotganlari mulohaza qilinganidan keyin, ularni oldinroq xabardor qilish uchun juma namozi vaqti kirishi bilan bir qo‘shimcha azon aytish joriy qilindi.

Bu azon Madinai Munavvaraning bozori ichidagi Zavro’ deb atalgan joyda, bir uyning tomida aytilar edi. Bozor qilib, boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib yurgan odamlar o‘sha birinchi azonni eshitganlaridan so‘ng juma namozining vaqti kirganidan xabardor bo‘lib, ishlarini yig‘ishtirib, tahorat qilib masjidga to‘planar edilar.

Peshin namozining haqiqiy vaqti bo‘lganda esa imom minbarga chiqar va muazzin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam, hazrati Abu Bakr va hazrati Umar vaqtidagi kabi, azon aytar va odatdagidek davom ettirib ketilar edi.

Bu ish o‘z samarasini ko‘rsatdi. Kishilar juma namoziga kech qolmaydigan bo‘lib qoldilar. Shuning uchun hammaga ma’qul kelib, juma namoziga ikki marta azon aytish hamma joylarda joriy qilinib, sobit bo‘lib qoldi.

Birinchi azon aytilishi bilan savdoni tark qilish hukmi quyidagi dalildan olingan:

Alloh taolo Jumu’a surasida:
«Ey iymon keltirganlar! Juma kunidagi namozga chorlangan paytda Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo‘ying…» degan (9-oyat).

Birinchi azonni eshitish bilan savdo qilish harom bo‘lib qoladi. Jumadan to‘sadigan boshqa ishlar ham shunday.

Qachon imom minbarga chiqsa, to u xutbasini tugatgunicha namoz va kalom harom bo‘ladi.

Imom xutba qilish uchun minbarga chiqqanda namoz o‘qish harom bo‘lishiga dalil:

Abdulhaq Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda aytilishicha:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Imom xutba qilib turganda namoz o‘qimang», deganlar.

Imom xutba qilish uchun minbarga chiqqanda gapirish harom bo‘lishiga yana bir dalil:


Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Juma kuni imom xutba qilayotganida o‘z sherigingga «Jim tur», desang, batahqiq, behuda ish qilgan bo‘lasan», dedilar».

Beshovlari rivoyat qilishgan.

Ibn Abu Shayba «Musannaf» nomli kitobida keltirishicha, Ali, Ibn Abbos va Ibn Umar roziyallohu an­hum imom minbarga chiqqanidan keyin namoz o‘qish va gapirishni makruh ko‘rar edilar.

«Kifoya» kitobining birinchi juzi asosida tayyorlandi

Izoh qoldirish

Izohlar

14.01.2024 12:09
123456'/**/and/**/DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('t',2)='t
14.01.2024 12:09
123456'/**/and/**/DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('v',0)='v
14.01.2024 12:08
123456/**/and/**/3=DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('q',2)
14.01.2024 12:08
123456/**/and/**/3=DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('n',0)
14.01.2024 12:08
123456'and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:2
14.01.2024 12:08
123456'and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:0
14.01.2024 12:08
123456/**/and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:2'/**/
14.01.2024 12:08
123456/**/and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:0'/**/
14.01.2024 12:08
123456'/**/and(select'1'from/**/pg_sleep(2))::text>'0
14.01.2024 12:08
123456'/**/and(select'1'from/**/pg_sleep(0))::text>'0
14.01.2024 12:07
123456/**/and(select+1/**/from/**/pg_sleep(2))>0/**/
14.01.2024 12:07
123456/**/and(select+1/**/from/**/pg_sleep(0))>0/**/
14.01.2024 12:07
123456"and(select*from(select+sleep(2))a/**/union/**/select+1)="
14.01.2024 12:07
123456"and(select*from(select+sleep(0))a/**/union/**/select+1)="
14.01.2024 12:07
123456'and(select*from(select+sleep(2))a/**/union/**/select+1)='
14.01.2024 12:07
123456'and(select*from(select+sleep(0))a/**/union/**/select+1)='
14.01.2024 12:07
(select*from(select+sleep(2)union/**/select+1)a)
14.01.2024 12:07
(select*from(select+sleep(0)union/**/select+1)a)
14.01.2024 12:07
123456"and"d"="q
14.01.2024 12:06
123456"and"d"="d
14.01.2024 12:06
123456'and'y'='v
14.01.2024 12:06
123456'and'v'='v
14.01.2024 12:06
123456'"\(
14.01.2024 12:06
123456/**/and+0=9
14.01.2024 12:06
123456鎈'"\(
14.01.2024 12:06
123456/**/and+1=1
14.01.2024 12:06
123456'and/**/convert(int,sys.fn_sqlvarbasetostr(HashBytes('MD5','1881210515')))>'0
14.01.2024 12:06
convert(int,sys.fn_sqlvarbasetostr(HashBytes('MD5','1567362317')))
14.01.2024 12:06
123456/**/and/**/cast(md5('1602740596')as/**/int)>0
14.01.2024 12:05
123456'and(select'1'from/**/cast(md5(1903535921)as/**/int))>'0
14.01.2024 12:05
extractvalue(1,concat(char(126),md5(1333387795)))
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456"and/**/extractvalue(1,concat(char(126),md5(1819118857)))and"
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
<%- 815474528+893031112 %>
14.01.2024 12:05
123456'and/**/extractvalue(1,concat(char(126),md5(1012907445)))and'
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
#set($c=985814356+868844653)${c}$c
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
${(833757051+934084478)?c}
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
${903242293+871593185}
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:04
/*1*/{{883254802+884468065}}
14.01.2024 12:04
123456
14.01.2024 12:04
123456
14.01.2024 12:04
123456
14.01.2024 12:04
123456
14.01.2024 12:04
123456
14.01.2024 12:04
123456
14.01.2024 12:04
${826164984+896849613}
14.01.2024 12:04
123456
14.01.2024 12:04
expr 951445488 + 894531798
14.01.2024 12:04
123456
14.01.2024 12:04
123456&set /A 845746157+823510078
14.01.2024 12:04
123456
14.01.2024 12:04
'-var_dump(md5(293634304))-'
14.01.2024 12:04
123456
14.01.2024 12:04
123456$(expr 833838255 + 826337732)
14.01.2024 12:04
123456