Qazoi hojat va istinjo odoblari
Hojatxonaga kirayotgan kishi uchun quyidagi amallar odob hisoblanadi:
1. Kirishdan oldin ushbu duoni oʻqish:
“Allohumma inniy aʼuzu bika minal xubsi val xoba- is”. (Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyati). Maʼnosi:
“Allohim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan panoh tilayman”.
2. Hojatxonaga chap oyoq bilan kirib, oʻng oyoq bilan chiqish.
3. Chiqqandan soʻng ushbu duoni oʻqiydi:
“Gʻufronaka. (Abu Dovud rivoyati). Alhamdulillahillaziy azhaba ʼannil aza va ʼafoniy” (Ibn Moja, Ibn Abu Shaybalar rivoyat qilishgan).
Maʼnosi: “Magʻfirat qilishingni soʻrayman. Meni ofiyatli qilgan va mendan aziyatni ketkazgan Allohga hamd boʻlsin”.
4. Qazoi hojatni oʻtirgan holda bajarish, faqat oʻtira olmaydigan uzri boʻlsa, turgan holda bajaradi.
5. Qazoi hojat vaqtida, istinjo holatida bosh kiyim bilan Allohdan va maloikalardan hayo qilgan holda oʻtirish.
Qabr ustiga qazoi hojat qilish, shuningdek, xoh keng dala boʻlsin, xoh biror binoning ichi boʻlsin, qiblaga yuzlanib yoki unga orqa qilib oʻtirish makruhi tahrimiy,
yaʼni haromga yaqin makruhdir. Toʻxtab turgan oz suvga hojat ushatish haromdir. Agar toʻxtab turgan suv koʻp boʻlsa, unga hojat qilish makruhi tahrimiydir. Agar suv oquvchi boʻlsa, unga hojat qilish makruhi tanzihiy boʻladi.
(Izoh: Bu, suvga peshob qilsa boʻladi, degani emas. Suvga peshob qilishning razolati inson oʻzining yuziga peshob qilishi razolati bilan barobardir. Musulmon odam bunday ishni hech qachon qilmasligi kerak. Bu oʻrinda amalning hukmi masala sifatida keltirilmoqda).
Suvxonalarga, suv oqib keladigan yerlarga, insonlar yuradigan, salqinlab oʻtiradigan, toʻplanadigan joy- larga qazoi hojat qilish makruhdir. Yana hojat vaqtida gapirish, tili bilan Alloh taoloni zikr qilish, quyosh yoki oyga yuzlanib oʻtirish ham makruhdir.
“Istinjo” deb najosat chiqadigan oʻrinlarni suv bilan tozalashga, “istijmor” esa tosh bilan tozalashga aytiladi. Bu erkaklarga va ayollarga sunnati muakkada- dir. Lekin najosat maxrajga, yaʼni najosat chiqadigan oʻringa dirham miqdoridan koʻproq yoyilgan boʻlsa, ke- sakning oʻzi kifoya qilmaydi, balki suv bilan yuvish vo- jib boʻladi. Buni chap qoʻl bilan qilish mustahab amal- dir. Kesak ishlatib, soʻng suv bilan yuvish faqat biri bilan kifoyalangandan koʻra afzal hisoblanadi.
Fiqhiy manbalar asosida tayyorlandi.
M.Yunusxo'jayev.
Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti mudarrisi
Izohlar