17.01.2024

Toshkent islom instituti Moskva shahridagi Imom Buxoriy nomidagi musulmonlar mahalliy diniy tashkiloti bilan memorandum imzoladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Rossiya federatsiyasi Moskva shahar Imom Buxoriy nomidagi musulmonlar mahalliy diniy tashkiloti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Toshkent islom instituti matbuot xizmati xabar berdi.
Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsadi ikki muassasa o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sohasida aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan:
ta’lim sohasida ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalashlarda hamkorlikni amalga oshirish;
o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarni malakasini oshirish, o‘quv-ilmiy faoliyatini takomillashtirish maqsadida, o‘qituchilar stajirovkasini tashkil etish;
birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsion faoliyatni birgalikda amalga oshirish;
xalqaro o‘quv, ilmiy va ilmiy-texnikaviy loyihalar, kongresslar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlarni tashkil etish, shuningdek, o‘quv va ilmiy adabiyotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

TII Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar