
Xorijdagi ishonchli diniy ta’lim muassasalari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha
Maslahat kengashi tavsiya etadigan xorijiy diniy ta’lim muassasalari ro‘yxati
№ | Ta’lim muassasasi nomi | Ta’lim muassasasi joylashgan davlat | Ta’lim muassasasining |
1. | Al-Azhar universiteti | Misr Arab Respublikasi | |
2. | Bulg’or islom akademiyasi | Rossiya Federatsiyasi | https://bolgar.academy/ |
3. | Rossiya islom instituti | ||
4. | Rossiya islom universiteti | http://www.riu-ufa.ru/ | |
5. | Malayziya xalqaro islom universiteti | Malayziya | https://www.iium.edu.my/v2/ |
6. | Oksford islom tadqiqotlari markazi | Buyuk Britaniya | https://www.oxcis.ac.uk/publication/bukhari |
“Al-Azhar” ta’lim majmuasining barcha muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish bo‘yicha murojaatlari joriy yil uchun 2021 yil 25 iyun kunidan – 15 iyul kunigacha (keyingi yillar uchun (yil davomida) 1 avgustdan keyingi yil 30 iyun kuniga qadar) Maslahat kengashi (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita) tomonidan qabul qilinadi.
“Al-Azhar” ta’lim majmuasida o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim:
1. Ariza (намуна бўйича)
2. Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;
3. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoki oliy ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
4. Fuqaroning shaxsiy ma’lumotnomasi (намуна бўйича намуна тулдириш шакли) va tarjimayi holi (erkin shaklda).
Ma’lumot uchun: Murojaatlar Maslahat kengashi Ishchi guruhi tomonidan joriy yil 16-30 iyul kunlari (keyingi yildan 1-30 iyul kunlari) ko‘rib chiqiladi hamda Ishchi guruhi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra “Al-Azhar” ta’lim majmuasida o‘qishga tavsiya etilgan fuqarolar ro‘yxati tavsiya xati asosida Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” majmuasi institutlari departamenti administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi.
Eslatma: Murojaatlar Ishchi guruh tomonidan (manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 12-uy. Tel: (71) 207-17-58 da haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
1-Ilova Маслаҳат кенгаши Таркиби
2-Ilova Маслаҳат кенгаши Низоми
3-Ilova Ишчи гуруҳ таркиби
4-Ilova Ишчи гуруҳ Регламенти
5-Ilova Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 13 августдаги 651-сон қарори
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Izohlar