Soha rahbarlari "Imom Faxriddin ar-Roziy" islom bilim yurtiga tashrif buyurdilar
Bugun 8- fevral kuni Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurtiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor M.Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari D.Mamadkulov, O‘MI Moliyaviy nazorat va tahlil bo‘limi mudiri I.Zuhriddinov, Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi mudiri S.Sherxonov, DIQ Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi xodimi N.Shomirzayevlar tashrif buyurdilar va talabalar bilan uchrashdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor M.Muhammadsiddiqov, so'zga chiqib, dunyo hamjamiyatida bo'layotgan hodisalar va ularning dinimiz va vatanimiz rivojiga salbiy ta'siri, va ularga qarshi turishda sof aqidamiz Motrudiylik va “Ahli sunna val jamoa” Fiqhiy va Aqidaviy yo'nalishlarining ahamiyati haqida talabalarga tushintirib o'tdilar.
So'ngra Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari D.Mamadkulov, O‘MI Moliyaviy nazorat va tahlil bo‘limi mudiri I.Zuhriddinov, Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi mudiri S.Sherxonov, DIQ Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi xodimi N.Shomirzayevlar,respublikamizda olib borilayotgan diniy sohadagi o‘zgarishlar haqida so‘z olib, talabalardan talab qilinadigan dinimiz sofligi vatanimiz istiqboli yo‘lida yot g‘oyalarga qarshi turib bera oladigan kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning ilmiy saviyasini ko‘tarish, va ularning muammo va takliflarini bartaraf qilish borasida o‘z fikrlarini bildirishdi. shu bilan birga mas’ullar tomonidan ustoz va talabalarning fikr-mulohazalari ham tinglandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi mudiri S.Sherxonov, Xorazm viloyati vakili X.Abdullayev, ta’lim muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha mudir muovini I.Babanazarov hamrohligida soha rahbarlari madrasa faoliyati, o‘quv jarayonlari, ustoz va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘MI Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi mudiri S.Sherxonov o‘quv hujjatlari va yakuniy nazorat natijalarini kuzatib, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini ko‘tarish, diniy ta’limda an’anaviy va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishiga doir o‘z takliflarini bildirishdi.
Shundan so‘ng, madrasadagi shart-sharoitlarni o‘rganish asnosida rahbarlar Axborot-resurs markazida ham bo‘lishib, kitoblar, o‘quv darsliklar, manba va adabiyotlar bilan tanishdilar.
«Imom Faxriddin ar-Roziy» o‘rta maxsus islom bilim yurti Axborot-resurs markazi fondida jami 16070 ta kitob saqlanmoqda. Shundan, 1807 umumta’lim adabiyotlari, 8060 ta maxsus fanlardan darslar, 2484 ta ilmiy-ommabop adabiyotlar, 3719 ta siyosiy, badiiy, diniy, xuquqiy adabiyotlar shu jumladan 1554 ta elektron adabiyotlarni tashkil etadi.
Axborot resurs markazi va o‘quv zallarining zamonaviy texnika vositalari bilan to‘liq ta’minlangan. Kitoblarning mualliflari, chop etilgan nashri, yilidan iborat kataloglar talab darajasida yuritilmoqda.
Soha rahbarlari "Imom Faxriddin ar-Roziy" islom bilim yurtidagi Qur'oni karim va tajvid o'quv kursi tinglovchilari bilan uchrashdilar!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor M.Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari D.Mamadkulov, O‘MI Moliyaviy nazorat va tahlil bo‘limi mudiri I.Zuhriddinov, Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi mudiri S.Sherxonov, DIQ Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi xodimi N.Shomirzayevlar, "Imom Faxriddin ar-Roziy" islom bilim yurtidagi "Qur'oni karim va tajvid" bo'limi faoliyati, hamda o'quv kursi tinglovchilari bilan uchrashib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti matbuot xizmati
Izohlar