11.02.2024

INTЕRNЕTDAGI E'TIQOD BUZG‘UNCHILARIDAN EHTIYOT BO‘LING

Biz shunday zamonda yashayapmizki, biror kunimizni internetsiz tasavvur qila olmaymiz. Albatta, internet uzogimizni yaqin, ogirimizni yengil, birimizni ikki, ishimizni oson qilishga xizmat qiladi. Internetning ko‘plab ijobiy jihatlar bilan birgalikda hammamizni ogohlikka chaqiradigan, internet tarmogidan foydalanganimizda xushyorlikni talab etadigan jihatlari bor. Internet xurujlari haqida gapirganda, eng avvalo goyaviy, mafkuraviy, axboriy, psixologik, siyosiy, harbiy, iqtisodiy xurujlarni eslash lozim. Birgina axborot (yolg‘on, buzg‘unchi yoki tuzoqli) bilan butun bir davlat ichida yoki xalqlar, millatlar orasida, kishilar orasida yohud davlatlararo turli nizolar, kelishmovchiliklar, hatto konli urushlar keltirib chiqarish mumkin. Dastlabki o‘rinda diniy buzg‘unchilik xurujlari haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi. Bu o‘rinda insonlarni dindan chiqarish, dinsizlik, boshqa dinlarga targ‘ib, diniy ekstremizm va terrorchilikka da’vat kabi masalalarni keltirish mumkin. Bu xuruj hozirgi kundagi eng qo‘rqinchli xurujlardan bo‘lib, uning oqibatida har kuni dunyoning qaysidir yerida insonlarning o‘limiga sabab bo‘layotgan kudxushliklarni eslamaslikning iloji yo‘q. Biz har birimiz ushbu turli fitnalarga aldanib qolmasligimiz uchun o‘zimizda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishimiz, turli fitnalarga qarshi g‘oyaviy immunitetimizni mustahkamlashimiz darkor, aks holda birinchi karashda hech kanday taxdid yo‘qdek ko‘ringan maftunkor saytlar, reklamalar va bloglarga kirib qolib, qo‘rqinchli oqibatlar yuzaga kelib qolishi mumkin. Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday Harakatlar natijasida katta ma’naviy yo‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Eng yomoni, bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd bo‘lgan shaxsga aylantirishga qaratilganida namoyon bo‘lmokda. Biz yoshlarimizni internetdan va boshka axborot texnologiyalaridan to‘sib qo‘ya olmaymiz, ammo ularni nazorat kila bilishimiz, qalblarida zararli axborotlarga qarshi kurashuvchi sog‘lom e’tiqodni shakllantirishimiz bu ayni zamonning talabi. Hadisi sharifda: "Suhbat ta’sir qilguvchidir", deya marhamat qilinadi. Farzandimiz qandaydir ijtimoiy tarmoqlarda kimlar bilandir suhbat kuradi, biz esa bunga beparvomiz. Aslida biz farzandlarimiz bilan suhbat qurishimiz, ulardagi ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirib, ilm-ma’rifatga qiziqtirib bilishimiz kerak bo‘ladi. Agar ota faqat ish bilan band bo‘lsa, ona televizon seriallar ko‘rish bilan band bo‘lsa, farzandlar nima bilan ovunadi, kim bilan suxbatlashadi, odob va axlokni kimdan oladi, internetdagi mavjud turli buzg‘unchi e’tikod ovchilari tuzog‘iga ilinib qolmasligiga kim kafolat bera oladi?! Agar farzandimiz biz uchun aziz bo‘lsa, albatta, ularning ma’naviyatini bo‘sh qoldirmasligimiz, nazorat qilishimiz kerak. Inson ma’naviyatini shakllantirishda esa, kitob mutolaasining o‘rni juda ham kattadir.

Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti mudarrisi
Mustafo Yunusxo'jayev

Izoh qoldirish

Izohlar