O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudir o‘rinbosari Akbar Do‘smatov va Masjidlar bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga tashrif buyurdilar.
Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudir o‘rinbosari Akbar Do‘smatov va Masjidlar bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov ishtirokida bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tashrif buyurgan mehmonlarni islom ta’lim muassasasi mudiri Davronbek domla Abduqodirov kutib oldilar.
Ma’lumot uchun, mazkur 2023-2024 o‘quv yilida Imom Faxriddin ar-Roziy islom ta’lim muassasasini 41 nafar talaba bitirmoqda.
Uchrashuvda Imom Faxriddin ar-Roziy islom ta’lim muassasasi mudiri, Davronbek domla Abduqodirov, O‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Ixtiyor domla Babanazarov hamda bilib yurti yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Suxrob domla Qadamov ham ishtirok etib, bitiruvchilar ish taqsimoti loyihasi bilan tanishtirildi.
Ularga, yurtimizdagi masjidlarga imom-xatib, noib imom vazifalarida ishlash uchun yo‘llanma beriladi.
bakalavr bosqichida ta’limni davom ettirmoqchi bo‘lgan bitiruvchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy ta’lim muassasalaridan biriga yoki respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalaridan biriga hujjat topshirishlari mumkin.
Xalqning diniy ehtiyojlarini qondirishda masjidlar hamda diniy xodimlarning xizmati katta o‘rin tutadi. Masjid imom va noiblari jamoatga namozlarni ado qilib berishi bilan birga kundalik masalalarda musulmonlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, ularning dardiga quloq solib, qiynayotgan muammolariga yechim topish orqali ijtimoiy hayotda faol ishtirok etadilar. Shuning uchun bo‘lajak imom-xatib vazifasida ishlovchi talabalarning ilmiy saviyasi, dunyoqarashi va shaxsiy sifatlari talab darajasida bo‘lishi lozim.
Masjid mehrobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan meros ekan, U zotga munosib bo‘ladigan diniy soha xodimlarini tayyorlash asosiy vazifa hisoblanadi.
Imom Faxriddin ar-Roziy islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati!
Izohlar