Bir oyat haqida tafakkur
لا ٱلشَّمْسُ يَنۢبَغِى لَهَآ أَن تُدْرِكَ ٱلْقَمَرَ وَلَا ٱلَّيْلُ سَابِقُ ٱلنَّهَارِۚ وَكُلٌّ فِى فَلَكٍ يَسْبَحُونَ
Na quyosh uchun oyga yetish mumkin bо‘lur va na kecha kunduzdan о‘zguvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) barchalari falakda suzib yurur.
(Yasin surasi 40-oyat)
Alloh subhanahu va taolo barcha ayb va nuqsonlardan pokdir.Xossatan ba`zi bir nobakor bandalar Alloh subhanahu va taologa keltiryatgan sifatlardan pokdir. Mushriklar keltirayatgan shirkdan ham pokdir.
Alloh taolo o`zining aziz kitobida u zotning har qanday aybu-nuqsondan pok ekaniga juda ko`plab dalillar keltirildi.
Shu jumladan o`lganlarni qayta tiriltirishga ham qodir ekaniga dalillar yetarlicha.
Yuqoridagi oyati-kariymada esa inson zoti osonlikcha anglaydigan falakda suzib yuradigan Quyosh va oyni o`ta darajada aniqlik bilan haraklantirib qo`yilganliga
Ishora bor.
Avvallari olimlar, quyosh joyida sobit turadi, boshqa sayyoralar uning atrofida aylanadi, deb aytar edilar. Keyingi kashfiyotlar quyosh ham harakat qilishini koʻrsatdi. Falakiyot ilmi olimlarining aytishicha, quyosh bir soniyada oʻn ikki mil tezlik ila harakat qilar ekan. U oʻziga istiqror qilingan manzil va vaqt tomon doimiy jarayonda ekan. Falakiyot ilmi yaqindagina kashf etgan bu ulkan haqiqatni Qurʼoni Karim bundan oʻn toʻrt asr ilgari bir qisqa oyatining yarmida aytib oʻtgan ekan.
Xoʻsh, shunday ulugʻ bir sayyorani oʻz istiqrori tomon joriy qilib qoʻygan Zot oʻlganlarni tiriltira olmasmi?!
Bu ham Allohning biru borligiga, har bir narsaga qodirligiga, jumladan, oʻliklarni qayta tiriltira olishiga oyat-belgidir. Barcha insonlar bularning hammasidan xulosa chiqarib, Allohga iymon keltirishlari, oʻlgandan tiriladigan keyin qayta kunning tayyorgarligini koʻrishlari kerak.
Shuningdek, hozirda yana ayrim toifalar qabr azobi, Qiyomatga yaqin dajjol chiqishi, Oxiratda amallar mezon (tarozi) bilan o‘lchanishi haqidagi shar'iy dalillar va sahih hadislarni inkor qiladilar. Ularni avvalda mo‘tazila firqasi inkor qilib, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan edi. Umuman olganda bu kabi firqalar va oqimlar Qiyomatgacha chiqib, inqirozga uchrab ketaveradi. Ahli sunna val-jamoa esa Qiyomatga qadar davom etadi. Bu haqda Savbon raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambirimiz sallallohu alayhi vasallam:
لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي ظَاهِرِينَ عَلَى الْحَقِّ، لَا يَضُرُّهُمْ مَنْ خَذَلَهُمْ، حَتَّى يَأْتِيَ أَمْرُ اللهِ وَهُمْ كَذَلِكَ
(رَوَاهُ الامَامُ مُسْلِمٌ)
ya'ni: “Ummatimdan bir toifa haqda zohir bo‘lgan hollarida davom etarlar, ularni tark qilgan kishi ularga zarar keltira olmas. Allohning amri kelgunicha ular o‘sha holda bo‘lurlar”, – deganlar (Imom Muslim rivoyatlari).
Manbalar asosida
Imom Faxriddin ar-Roziy o`rta maxsus islom bilim yurti 3-kurs talabasi
Samandar Mehmonov
Izohlar