BIR OYAT SHARHI
Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar. Zero, ko'zlar ko'r boʻlmas, ko'ksilardagi qalblar ko'r bo'lur.(Haj surasi 46-oyat).
Alloh taoloning ushbu " Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar." oyatidan maqsad: u ila ibratlanish mukammal bo'ladigan narsani bayon qilishdir. Chunki ko'rishni (Allohning mo'jizalaridan) ibratlanishda katta hissasi bor, shuningdek eshitishning ham aloqasi (daxli)bor. Lekin bu ikki narsa faqat qalb tadabburi bilangina kamoliga yetadi. Buning sababi , bir inson ko'rsa va eshitsa-yu tadabbur qilmasa va ibratlanmasa buning aslo foydasi yo'q. Qachonki eshitgan narsasi haqida tafakkur qilsa, keyin foydasi bo'ladi. Shuning uchun ham davomida aytdiki:
"Zero, ko'zlar ko'r boʻlmas, siynalardagi qalblar ko'r bo'lur."
Go'yoki Alloh taolo- ularning ko'zlarida ko'rlik yo'q, chunki ular ko'rib turibdilar. Lekin ko'rlik qalblaridadir. Shuning uchun ham ko'rgan narsalaridan ibrat ola olmadilar.- dedi.
Shu o'rinda savol tug'iladi:
Birinchi savol: Alloh taolo "Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi," degan so'zi safar qilishga buyurganining dalili emasmi?
Javob: Buni ikkita ehtimoli bor; ular safar qilishmagan, shuning uchun , Alloh taolo ularni kufrlari sabab halok qilgan joylarni ko'rishlari va ularning asar-izlarini ko'rib ibratlanishlari uchun safar qilishga undagan bo'lishi mumkin.
Ikkinchi ehtimol; ular safar qilgan va ko'rganlar-u ibratlanmaganlar, shuning uchun ular safar qilmagan va ko'rmagan deb e'tiborga olindi.
Ikkinchi savol:( فإنها لا تعمى الأبصار) oyatidagi ها zamirining ma'nosi nima?
Javob; Bu zamiri qissa va sha'ndir, muannas va muzakkar keladi. Ibn Mas'udning qiroatlarida فإنه keladi. Mubham zamir bo'lib, الأبصار kalimasi buni tafsir qilib kelatotgan bo'lishi mumkin.
Uchinchi savol: الصدور ya'ni ko'ksilari so'zini zikr qilishdan nima naf , axir qalb faqat ko'ksida bo'lishi hammaga ma'lumku?
Javob; Odatda ko'rlik ko'zning qorachig'ida bo'ladi, odatga xilof tarzda ko'rlikni qalbga sobit qilish iroda qilingan paytda qo'shimcha bayonga muhtoj bo'linadi. Buning misoli: "o'tkirlik qilichda emas, balki o'tkirlik ikki jag'ing orasidagi tilingdadir." Bu o'rinda "ikki jag'ing orasidagi" degan so'z til uchun da'vo qilingan narsani muqarrar qilish va sobit qilishdir. Chunki o'tkirlik o'rni ana shu boshqa narsa emas. Go'yo siz aytayotgan bo'lasiz: o'tkirlikni qilichdan nafiy qilmadim va tilinga o'tkirlikni xatoan sobit qilmadim. Lekin men uni ishonch bilan qasd qildim.
Menda boshqa bir vajh bor; qalb gohida aql va tadabburdan kinoya qilinadi. Masalan: "Albatta, bunda qalbi borlarga eslatma bordir" ( Qof surasi 37-oyat). Ba'zilar nazdida tafakkurning o'rni miyyadir. Alloh taolo uning o'rni ko'ksi ekanini bayon qildi.
To'rtinchi savol: aql bu ilm ekani va ilm o'rni qalb ekaniga dalolat qiladimi?
Javob; Ha Alloh taoloning ushbu "qalblar ila aql yuritsalar" so'zida maqsad ilmdir. "Aql yuritsalar" degan so'zi qalb aql yuritish vositasi ekaniga dalil bo'ladi, natijada qalbni aql o'rni qilish kerak bo'ladi. Va johillik ko'rlik deb nomlandi, chunki johil tentirab- taraddudlangani uchun ko'rga o'xshaydi.
TURSUNBOY domla Matkarimov
Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi.
Izohlar