09.10.2024

15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Shu yil 15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Islom haqiyqiy ma’noda tinchlik dinidir
“Islom” so‘zi “itoat va bo‘ysunish”, “ixlos va turli ofatlardan salomat bo‘lish” hamda “sulh va omonlik” degan ma’nolarni bildiradi. Bu dinni Payg‘ambarning o‘zlari tanlagan emas, balki uni Alloh taolo ixtiyor qilgan. Islom, bu – Alloh yagona deb e’tiqod qilib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik demakdir.

Bu din shundayki, hatto boshqa dinlarni ham inkor etuvchi shaxslarga nisbatan shirinsuxanlik bilan chiroyli muomala qilishga undaydi. Muso va Horun alayhimassalomga o‘zini Xudoman, deb da’vo qilgan Fir’avnga ham Alloh taolo yumshoq va muloyim so‘z bilan gapirishga buyurdi: “(Ey, Muso!) Sen o‘zing va birodaring (Horun) Mening oyatlarimni (odamlarga) olib boringiz va Meni zikr qilishda sustlik qilmangiz! Ikkingiz Fir’avnning oldiga boringiz, chunki u (“Men – xudoman”), deb haddidan oshdi. Bas, unga yumshoq so‘z aytingiz! Shoyad, u eslatma olsa yoki (halok qilishimdan) qo‘rqsa” (Toho surasi, 44-oyat).

Va holbuki, Xudoyi taolo qodir edi Muso alayhissalomga: “Ey, Muso, Fir’avnni oldiga borganingizda asongizni ushlang, ajdahoga aylanib Fir’avnni yutib yuborsin” deyishlikka. Lekin Xudoyi taolo O‘zining eng ulug‘ payg‘ambarlaridan biri bo‘lgan, Alloh taolo bilan vositasiz gaplashgan, Qur’oni Karimda u kishining nomlari 136 marta zikr etilgan, alohida bir Muqaddas kitob nozil qilingan, sevimli payg‘ambarlaridan bittalari bo‘lgan bo‘lsalar-da shirin so‘z va muloyimlik ila munosabat qilishni amr-farmon qiladi.

Islom terrorni, fasod va buzg‘unchilikni butunlay qoralaydi, la’natlaydi. Alloh taolo Qur’oni karimda Yer yuzida buzg‘unchilik qilmaslikni buyurib: “Alloh esa, fasodni (buzg‘unchilikni) yoqtirmaydi” (Baqara surasi, 205-oyat), shu suraning 60-oyatida esa: “Allohning rizqidan yeb-ichingiz, Yer yuzida buzg‘unchilik qilmangiz!” deb marhamat qilgan.

Moida surasining 32-oyatida esa: “Biror jonni o‘ldirmagan yoki Yerda (buzg‘unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarini qilmagan insonni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o‘limdan qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir”, deb marhamat qilingan.

Hadisi shariflarda: “Kim bir ahdlashgan jonni o‘ldirsa, jannatning hidini ham hidlay olmaydi. Albatta, uning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi” (Imom Buxoriy va Imom Termiziy rivoyati); “Haqiqiy musulmon uning qo‘lidan va tilidan boshqa musulmonga ozor yetmaydigan kishidir” (Imom Buxoriy rivoyati), deyilgan.

chin ma’noda tinchlik dini bo‘lgan "Islom" nomi ila atalgan xalqaro konfirensiya Toshkent va xiva shaharlarida bo‘ lib o‘tayotgani juda ham faxirlanarli ish, dunyo nazaridagi MUFTIY MUHAMMAD TAQIY USMONIY
💼 Dorul ulum Karachi Islom universiteti professori, NAZIR MUHAMMAD AYYOD
💼 Misr Arab Respublikasi Bosh muftiysi, MAVLONO ARSHAD MADANIY
💼 Dorululum Devband madrasasi mudiri, Hind ulamolari jamiyati raisidek ulamolarning vatanimizga tashrifi esa faxrlanarli ishdir.Alloh taolo bu ulug‘ulamolarni qadamlarini qutlug‘ aylasin.

Mustafo domla Yunusxo'jayev 

Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti mudarrisi.

Izoh qoldirish

Izohlar