16.04.2024
"Kitobxon yoshlar - yurt kelajagi" nomi ostida kitob ko'rgazma-savdosi tashkil etildi
2024 yilning 16-aprel sanasida “ Imom Faxriddin ar-Roziy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Movarounnahr" nashriyot matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda "Kitobxon yoshlar - yurt kelajagi" nomi ostida kitob ko'rgazma- savdosi tashkil etildi. Ko'rgazmada "Movarounnahr" nashriyot matbaasi o'zining mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek ko'rgazmada diniy, badiiy, didaktik-falsafiy va bolalar adabiyotlari kabi turli yo'nalishdagi asarlar taqdim etildi. Ko'rgazmaga tashrif buyurgan ustoz-xodim va talabalar turli adabiyotlar va o'zbek, turk, arab, rus xalq yozuvchilarining asarlari bilan tanishdilar.
ARM rahbari: R.Masharipov
Izohlar