31.10.2024

SHAYX MUXAMMAD SODIQ MUXAMMAD YUSUFNING HAYOTI VA ULKAN ILMIY MEROSLARINING TA’LIM – TARBIYADAGI AHAMIYATI

O'zbek xalqi o'zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta'lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do'stlik, iymon-e'tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o'ziga xos tajribasini to'plagan. Bizga ma'lumki, ma'naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o'z-o'zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari va ulkan meroslari yosh avlodlarimiz hayotida ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf  rahimahullohning hayot tarzlari ijodiy faoliyatlari, katta-yu kichik sinovlari haqida bugungi talaba-o'quvchilar uchun bir butun namunalarga to’la maktabdir. Shayx xazratlari butun umrini ilm olishga, vaqtni qadrlashga, qadarga rozilik, sinovlarga sabr, go'zal xulq va boshqa bir qancha ibratlarga to’la namuna sifatida, bir so’z bilan aytganda umrlarini islomga bag’ishlagan chin ma’noda robboniy olim edilar.

Zamonamizning buyuk allomasi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Rahimahulloh 1952 yil 15 aprel kuni Andijon viloyatining Asaka tumani Niyozbotir qishlog’ida tavallud topgan.  Otasi diniy olim Muhammad Yusuf domla Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga bo’lgan muhabbatlari sababli U zotning kasblari cho’ponlik bilan shug’ullanar, kolxozning qo’ylarini boqib tirikchilik qilgan bo’lsalar ham qalblari islomiy ilmlarini egallashga to’lib-toshgan va katta orzu-umidlar bilan yashar ekanlar. Hazratning onalari Sobiraxon Tilakberdi qizi ismi jismiga monand haqiqiy sabrli muslimalardan edilar. Muhammad Yusuf domla Buxoro shaxridagi “Mir Arab” madrasasida o’qib ilm olish mashaqqati bilan birga oilada farzand tarbiyasidek muhim bir mas’uliyatni ham ado qilishar edilar. Muhammad Yusuf  domla yoshligidan ko’p kitob mutoala qilar, xalqimiz boy tajribasini o’rganar edi. Shuning natijasida bu yosh oila yangi tug’ilgan chaqaloqlarini halqumini pok saqlashga qaror qildilar. Muhammad Yusuf domla bir kuni o’z oilasiga: “Men bir kitobda o’qiganman Farzandimizga tahoratsiz ko’krak tutmaysiz” deb tayinladilar. Yosh Sobiraxon ona bu ko’rsatmaga baqadri hol amal qilib, Shayx Muhammad Sodiqni robboniy olim bo’lishiga hissalarini qo’shdilar.

Har qanday buyuk insonning aziz va mukarram bo'lib yetishib chiqishiga sababchi bo'ladigan inson hech shak-shubhasiz uning ota-onasidir. Xuddi shu kabi hazratimizning komil va yetuk olim, shayx bo'lib kamol topishlarida ularning volidai muxtaramalari onalarining va padari buzrukvorlari otalarining  o'rni cheksizdir.

Tarbiya o'z navbatida oiladan boshlanar ekan, biz o'z farzandlarimizni baxti-saodatini, kamolini, iqbolini, buyuk inson bo'lib etishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviy qo'rg'oni bo'lmish o'z oilamizning mustahkamligini ko'rishni istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e'tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy ma'naviy merosning yosh avlodni har tomonlama yuksalishi tizimidagi o'rni va roli o'ziga xos xususiyatga va ko'rinishlarga ega. "Darhaqiqat, ajdodlar tomonidan yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o'rganishda ta'lim tizimi imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratishlozim. Shayx hazratlarining asarlarini o'rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega" U zot o'z asarlarida shaxs ma'naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo'lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Shayx hazratlari va boshqa allomalarimizning  asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarni ulug'lash va shunday fazilatlarga ega bo'lishga barchani chorlashdan iborat ekan. Ma'naviy yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g'oya yoki mafkura aslo o'z ta'siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning istiqboli porloq, kelajagi buyuk bo’ladi inshaAlloh.

Hazratning hayotlari shu qadar ibratliki, U zot hech bir daqiqasini isrof qilmaganlar, umrlarini to'laligicha islomga bag'ishlaganlar, o'zlaridan ko'plab shogirdlar, olimlar, solih va soliha farzandlar qoldirib ketdilar.

Banda qachon Allohga to'laligicha go'zal iymon-u taqvo bilan bo'yunsinib Alloh yo'lida harakat qilsa ilm o'rgansa va ixlos bilan ibodat darajasida o'rgatsa Alloh ham uning martabasini insonlar orasida shuncha yuqorilar ekan.

Qalbi na qadar sof bo'lgan insonni niyat va istaklari ham shu qadar jo'n bo'ladi. Hazrat ham bizga Payg'ambarimizlardan keyin hayoti, ilmi va iymoni bilan  haqiqiy o'rnak bo'la oladigan olimlar qatoridadurlar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini 63 yillik hayotlari davomida yozgan asarlari:

1. Qurʼoni Karim maʼno tarjimasi.

2. Tafsiri Hilol. Qurʼoni Karim tafsiriga bagʻishlangan, yirik olti jilddan iborat;

3. Hadis va Hayot. Mansur Aliy Nosif Husayniyning Islomning asosiy mavzulari boʻyicha jamlangan hadislar toʻplami boʻlmish “At-tajul-jamiʼ lil-usul fi ahadisir-rosul” asarining tarjima va sharhi. Ushbu “Hadis va Hayot” majmuasi 37 jilddan iborat 39 juzli yirik silsila boʻlgan. Ular quyidagilardir:

1-juz Muqaddima;

2-juz Islom va Iymon kitobi;

3-juz Niyat, Ixlos va Ilm kitobi;

4-juz Poklik kitobi;

5-juz Namoz kitobi-1;

6-juz Namoz kitobi-2;

7-juz Namoz kitobi-3;

8-juz Zakot kitobi;

9-juz Roʻza kitobi;

10-juz Haj va Umra kitobi;

11-juz Savdo, Ziroat va Vaqf kitobi;

12-juz Faroiz va Vasiyat kitobi;

13-juz Nikoh, Taloq va Idda kitobi;

14/15-juzlar Qasamlar, nazrlar va ov kitobi;

16/17-juzlar Taom, sharob va libos kitobi;

18-juz Tib va Dam kitobi;

19-juz Olamlarga raxmat paygʻambar;

20-juz Anbiyolar qissasi;

21-juz Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo;

22-juz Usmon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo;

23-juz Jannat bashorat berilganlar va ahli bayt;

24-juz Peshqadamlar roziyallohu anhum;

25-juz Nubuvvat xonadoni xonimlari;

26-juz Ansorlar roziyallohu anhum;

27-juz Axyorlar va Diyorlar fazli;

28-juz Tafsir kitobi;

29-juz Tafsir, Tush va Masallar kitobi;

30-juz Qurʼon fazilatlari kitobi;

31-juz Siyar va Magʻoziylar kitobi;

32-juz Fitnalar va Qiyomat alomatlari kitobi;

33-juz Siyar va Magʻoziylar kitobi;

34-juz Yaxshilik va Axloq kitobi;

35-juz Duolar, Zikrlar, Istigʻfor va Tavba;

36-juz Zuhd va Raqoiqlar kitobi;

37-juz Adab kitobi;

38-juz Hadlar kitobi;

39-juz Amirlik va Qozilik alomatlari;

4. Sunniy aqidalar;

5. Aqiydatut-tahoviya sharhining talxisi;

6. Aqoid ilmi va unga bogʻliq masalalar;

7. Usulul-fiqh;

8. Kifoya (Ubaydulloh ibn Masʼud Hanafiyning “An-nuqoya fi muxtasaril-viqoya” asarining tarjima va sharhi);

9. Fiqhiy yoʻnalishlar va kitoblar;

10. Mazhablar – birlik ramzi;

11. Ixtiloflar, sabablar, yechimlar;

12. Qurʼon ilmlari;

13. Mustalahul-hadis;

14. Tasavvuf haqida tasavvur;

15. Ruhiy tarbiya: 1-jild “poklanish”, 2-jild “tiklanish”, 3-jild “xulqlanish”;

16. Xislatli hikmatlar (Ibn Atoulloh Sakandariyning “Hikam”iga yozilgan sharh), 5 jild;

17. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam; (tarjima)

18. Zikr ahlidan soʻrang (savol-javoblar toʻplami), 4 jild;

19. Odoblar xaziynasi (Imom Buxoriyning “Al-dabul-mufrad” asarining tarjima va sharhi), 4 jild;

20. Yaxshilik va silai rahm (Husayn ibn Hasan Marvaziyning “Kitabul-birri vas-sila” asarining tarjima va sharhi);

21. Islomning madori boʻlgan hadislar rukni (kichik 4 jild);

22. Iymon;

23. Islomda inson huquqlari;

24. Islomda ekologiya;

25. Vasatiya – hayot yoʻli;

26. Mukammal saodat yoʻli;

27. Oila farogʻat qasri;

28. Baxtiyor oila;

29. Ijtimoiy odoblar;

30. Islom – sof tabiat dini;

31. Din nasihatdir;

32. Bozor va unga bogʻliq masalalar;

33. Qarz va unga bogʻliq masalalar;

34. Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noanʼanaviy davolash kabi ishlar haqiqati;

35. Yolgʻon;

36. Isrof;

37. Shoyadki taqvodor boʻlsak;

38. Moʻminning meroji – mufassal namoz kitobi (kiril va lotin alifbolarida);

39. Ramazonni qarshilab;

40. Hidoyat imomi - Imom Abu Mansur Moturidiy;

41. Samarqandning sara ulamolari;

42. Ochiq xat;

43. Keksalarni eʼzozlash;

44. Sogʻlom bola;

Rus tilidagi kitoblari:

1. Iyman, Islam, Kurʼan;

2. Sunnitskiye veroubejdeniya

3. Vasatыya – put jizni;

4. Istina o suti gadaniya, koldovstva, izgnaniya djinnov i netraditsionnыx metodov lecheniya;

5. Raznoglasiya: prichinы i resheniya

6. Tafsiri Xilal 30-djuz;

7. Tafsiri Xilal 1 i 2-tom;

8. Xadisы i Jizn: 1-tom “Vvedeniye”, 2-tom “Islam i Iyman”, 3-tom “Namereniye, ixlas i znaniye”, 4-tom “Chistota”, 18-tom “Isseleniya i rukya”, 19-tom “Prorok, yavivshiysya miram milostyu”.

Tasvirli yozuvlar:

1. Ijtimoiy odoblar: 2012-yil Ramazon suhbatlari (7 ta disk)

2. Ramazon tuhfasi: 2013-yil Ramazon suhbatlari (6 ta disk);

3. Alohning zikri ila qalblar orom topur: 2014-yil Ramazon suhbatlari (5 ta disk);

4. Baxtiyor oila (2ta disk);

5. Ibratli dunyo;

6. Odoblar boʻstoni (2 ta disk);

7. Zikr ahlidan soʻrang (2 ta disk);

8. Hikmatli dunyo (5 ta disk);

9. Ruhiy tarbiya: 1-Muqaddima, 2-Husni xulq, 3-Ilm;

10. Ruhiy tarbiya: 4-Qalbni tozalash, 5-Namoz, 6-Zakot;

11. Ruhiy tarbiya: 7-Roʻza, 8-Haj;

12. Ruhiy tarbiya: 9-Qurʼon tilovati, 10-Zikr, 11-Kun tartibi (1)

13. Ruhiy tarbiya: 12-Kun tartibi (2), 13-Tafakkur;

14. Ruhiy tarbiya: 14-Murobata, 15-Nafs pokligi, 16-Husni xulq (1);

15. Ruhiy tarbiya: 17-Husni xulq (2), 18-Til ofatlari;

16. Ruhiy tarbiya: 19-Yolgʻon, 20-Gʻiybat, 21-Chaqimchilik;

17. Ruhiy tarbiya: 22-Maddohlik, 23-Kufr;

18. Ruhiy tarbiya: 24-Shirk, 25-Fosiqlik, 26-Bidʼat;

19. Ruhiy tarbiya: 27-Riyo, 28-Hasad;

Ovozli yozuvlar:

1. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi (6 ta disk);

2. Tafsiri Hilol: 23 – 30-juzlar;

3. Hadis va hayot: 2 – 21, 23 – 27, 30, 34 – 36-juzlar.

4. Ruhiy tarbiya: 1 – 88-mavzular (3 ta disk);

5. Hikmatli dunyo (8 ta disk);

6. Hadis saboqlari (2 ta disk);

7. Sunniy aqiydalar;

8. Iymon;

9. Haj kitobi;

10. Ixtiloflar, sabablar, yechimlar;

11. Yaxshilik va silai rahm kitobi;

12. Al-adabul-mufrad: 1 – 3 jildlar;

13. Mukammal saodat yoʻli;

14. Vasatiya;

15. Baxtiyor oila;

16. Qurʼon ilmlari;

17. Zikr ahlidan soʻrang, 1 – 3-qismlar.

 

ARM rahbari:                            Masharipov Raxmatulla

Izoh qoldirish

Izohlar