27.09.2024

SHAYX MUXAMMAD SODIQ MUXAMMAD YUSUF HAZRATLARINING ODOB-AXLOQLARINI NAMUNA QILIB YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA FOYDALANISH

Butun dunyoni yaratib insoniyatga xizmat qildirib qo’ygan Alloh taologa bitmas tuganmas hamdu-sanolar bo’lsin. Insoniyatning eng afzali, eng go’zal xulq sohibi bo’lgan Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga eng go’zal durudu-salovotlar bo’lsin. Islom dini go’zal din, tinchlik dini, husni xulq dinidir, Alloh taolo Qur’oni Karimda buyurgan buyruqlari va qaytargan qaytariqlari hammasi insoniyat kamoloti uchun. Chunki ulamolardan birlari: Qur’onni o’qib o’rganib chiqdim Qur’on boshidan oxirigacha odob ekan deganlar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotlari butun bashariyatga yuksak ibrat va oliy namunadir. Zero Alloh taolo Qur’oni Karim Qalam surasini 4-oyatida Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni “Siz oliy xulq ustidadirsiz” deya ulug’ladilar. Bu jamiki olam va mavjudotni yaratgan Zotning  tarifi ekani bizlar uchun shunday Payg’ambarning ummati bo’lishimiz har birimizda o’zgacha faxr-iftixor uyg’otadi albatta. Yana Alloh taolo Ahzob surasini 21-oyatida: “(Ey iymon keltirganlar!) Sizlar uchun – Alloh va oxirat kunidan umidvor bo’lgan hamda Allohni ko’p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg’ambarida go’zal namuna bordir”., deya marhamat qiladi. Hozirga qadar shunday yuksak xulq sohibining hayotlari, xulqlari, fe’l –atvorlari, xislatlari va fazilatlari haqida qanchadan-qancha kitoblar bitilgan bo’lsada hech biri Payg’ambarimizining xulqlarini va hayotlarini to’liq aks ettira olgan emas. 

Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga muhabbat qo’ygan va U zotni sifatlab “Olamlarga rahmat payg’ambar” nomli kitob yozgan zamonamiz ulamolaridan biri: 

 Ustozimiz rahmatli, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini taxminan 1990 yillardan, ya’ni, U kishi O’rta Osiyo va Qozoqiston musulmonlari idorasi raisi, Mufti bo’lib, tayinlanganlaridan buyon taniyman. Hazratni o’sha davrlarda birinchi marta televideniya orqali ko’rganimda bu kishini viqorlari (salobati) va gapirish to’nlari, teran nutqlariga muhabbatim tushgan hurmatim oshgan edi. Hazrat nihoyatda og’ir bosiq, go’zal odobli inson edilar. Bu kishini hayotlarini o’rganishim, bu kishini ahloqlarini o’rganishim va bugungi yoshlarimizga bu kishini namuna qilib olishimiz juda muhimdir. Hazrat hayotda Pa’yg’ambarimizga munosib ummat o’laroq odob-ahloq va husni-xulqda namuna bo’ldilar hamda juda ko’p kitoblar yozib qoldirdilar. 

Har bir musulmon farzandlarini aqlli, baxtli-saodatli, ilmli va olim-ulamo bo’lishini istaydi. Shuning uchun kimgadir ixlos qilishi yaxshi albatta, shu bilan birga dinimiz ko’rsatmarini ham o’rganib amal qilishimiz ham kerak ekan. Bir kishi hazratga xavas qilib o’g’lini ismini Muhammad Sodiq deb qo’ygan ekanlar, bir kuni hazrat bilan uchrashib qolib: Hazrat o’g’limga ismingizni qo’ygan edim sizga o’xshasin deb lekin o’g’limga sizga o’xshamayapti ku, deganlarida Hazrat: farzandingiz Muhammad Sodiqdek bo’lishi uchun siz Muhammad Yusufdek ota bo’lishingiz kerak degan ekanlar. Rahmatli Muhammad Yusuf xoji dada o’g’lini olim b’olishi uchun barcha sharoitlarni qilib berish bilan birga, o’ta taqvodor kechalar 100 rakaatlab tahajjud namozlari o’qib farzandlarini haqqiga duolar qilganlari sababidan va albatta o’zlarining tirishqoqligi, kitobsevarligi, ilmga chanqoqligi tufayli, odoblari bilan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlari duonyo tan olgan besh olimning biri bo’ldilar.

Muhammad Zehniy aytgan ekanlarki: Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga intiladi. Ilm bir daraxt bo’lsa, odob uning mevasidir. Odobsiz ilm mevasiz daraxt kabidir.

Ahloqi muhsiniyn kitobida keltirilishicha Chiroyli odob va yaxshi xulqning 10 ta belgisi bor ekan. Bularning birinchisi, bo’lar-bo’lmasga odamlar bilan janjallashmaslik. Ikkinchisi insoflilik. Uchunchisi, birovning aybini qidirmaslik. To’rtinchisi biror kishidan noloyiq ish sodir bo’lsa, uni yaxshi yo’lga solib yuborish. Beshinchisi agar aybdor o’z aybini bo’yniga olsa, uni kechirish. Oltinchisi muhtojlarning hojatini chiqarish. Ettinchisi boshqalarga yordam qo’lini cho’zish. Sakkizinchi o’z nafsini tiya bilish. To’qqizinchisi boshqalarga ochiq chehra bilan muomala qilish. O’ninchi doim yaxshi so’zlash. 

Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.

Oilada farzandlarni o‘z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash mas’uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda ota-onaning o‘zaro samimiy munosabati, ularning farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarning sog‘-salomat voyaga yetishlari uchun asos bo‘ladi.

Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko‘nikmalari oz bo‘lsa, bunday shaxs ba’zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo‘l uradi.

Hech qachon bolalarni tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklardan ko‘z yummasligimiz kerak. Hozirgi turmushimizda ba’zi bir odobsiz, bilimsiz, aqlsiz, giyohvand, ota-onasiga qo‘l ko‘taradigan va o‘z bolalarining baxtsiz yashashiga sababchi bo‘layotgan kishilar uchraydi. Bundaylarning paydo bo‘lishiga asosiy sababchi ota-onalari-ku? Bolasining insoniy xatti harakatlariga ularning tarbiyaga loqaydliklari sabab bo‘lgan.

Yaxshi tarbiya, ba’zilar o‘ylaganidek, bir soatlik yoki bir kunlik ish emas. Maqsadli tarbiya tarbiyachidan chidam, matonat, katta bilim va tajriba talab qiladi. Demak, har bir ota-ona va o‘qituvchi tarbiyaga oid bilim va malakaga ega bo‘lishi shart.

Bolalar tarbiyasida tezda ijobiy natijalarga erishish uchun ularga bilim berish bilan birga, ma’lum mehnat jarayonlariga jalb etish, kasb va mutaxassislik sir-sinoatlarini qo‘shib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya ishining ba’zan samarasiz bo‘lishiga asosiy sabablardan biri tarbiya jarayonida tartib-intizomning bo‘lmasligidir. Shaxs qanchalik mehr-muhabbat va tartib-intizom asosida tarbiyalansa, yomon xatti harakatlardan shunchalik uzoq bo‘ladi.

Tarbiyaning asosiy maqsadi yoshlarni baxt-saodatli, o‘z zamonining aziz, hurmatli va fidoiy kishisi qilib tarbiyalashdan iborat.

Tarbiyaning murakkabligi shundaki, u hech qachon tugamaydi, ya’ni kishi tug‘ilganidan to o‘lguniga qadar zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, bir tarbiya ko‘rgan avlod o‘rniga kelgan farzandlarni yana qayta boshdan tarbiya qilish darkor bo‘ladi. Bu esa tarbiyaning tinimsiz davriyligini va abadiyligini ko‘rsatadi.

Islom ta’limotiga ko‘ra, farzand ota-ona zimmasidagi omonat bo‘lib, ular bu omonat haqida mas’uldirlar. Farzandlar tarbiyasiga e’tiborsizlik ulkan xato, omonatga xiyonat va kishi dinining nuqsonidir. Ota-ona farzandining birinchi murabbiyidirlar.

Qu’oni karimda oila ahliga e’tiborning qanchalik zarurligini Alloh taolo shunday bayon qiladi:

 “Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur” (Taxrim, 6-oyat)

Har qanday tarbiya, xususan nasihat oilada boshlanadi. Tarbiyaning bosh maqsadi – bir-biriga mehr-oqibatli insonlarni voyaga yetkazishdir. Ota va onalar yana unutmasinlarki, bugun farzandlari tarbiyasiga e’tibor bermagan kishi oradan yillar o‘tgach, uysiz, oilasiz qoladi.

Abu Homid G‘azzoliy farzand tarbiyasi haqida shunday fikrlarni bildiradi: “Bilgin! Bola tarbiyasi eng muhim ishlardandir. Farzand ota va onaga omonat. Bola qalbi pok, nozik, sodda va har qanday naqsh va suratdan xoli gavhardir. Unga qanday naqsh solinsa, shunga ko‘ra shakllanadi, eggan tomonga egiladi. Agar bola yaxshilikka o‘rganib, yaxshilik ichida voyaga yetsa, dunyo va oxirat saodatini topadi. Albatta bu savobga uning ota-onasi, muallimi va unga tarbiya bergan har bir kishi sherikdir. Agar bola e’tiborsiz tashlab qo‘yilsa, yomonlik ichida o‘ssa, badbaxtlikka yuz tutadi va halok bo‘ladi. Bunda gunoh yuki shu ko‘yga solganlarning, ota-onaning zimmasiga yuklanadi” deydi. Bu xususda Alloh taolo Tahrim surasida “Ey mo‘’minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilalaringizni do‘zaxdan saqlangiz”, deb ogohlantiradi.

Tarbiyaning ikki asosi bor: fazilatni qo‘riqlaydigan go‘zal axloq va yaramas yo‘ldan, yomon ahvolga tushishdan saqlaydigan hushyorlik. Ota farzandini dunyo olovidan qanchalik himoya qilsa, oxirat olovidan undan-da ko‘proq himoya qilmog‘i kerak. Odobu tarbiya vositasida yaxshi xulqlarni o‘rgatish, yomonliklardan qaytarish, to‘kin-sochinlikka odatlantirmaslik, ziynatga muhabbat uyg‘otmaslik bilan ota farzandini oxirat olovidan asraydi.

Farzand tarbiyasi qanchalik erta boshlansa, tarbiya natijasi shunchalik samarali bo‘ladi. Chunki erta yoshda ularni yaxshilik tomon burish osonlik bilan kechadi. Tarbiyasizlikdan vujudga kelgan yomon xulq va odatlarni keyinchalik qayta tarbiyalash yo‘li bilan tuzatish mumkin. Ammo buning uchun ko‘p mehnat sarf qilishga to‘g‘ri keladi.

Shu o’rinda Fozil Zohid domlani qalamlariga mansub sherni keltiramiz:

ADABDANDIR

Bir – birovga lutfu karam,

Hurmat – izzat adabdandir.

Elda kim aziz, muhtaram, 

Go’zal xislat adabdandir.

 

Poklik yaxshilar siyrati,

Halimlik ahloq ziynati,

Do’stning do’stga sof niyati,

Mehru shafqat adabdandir.

 

Ota-ona ham ustozni

Boshga ko’tar, ayla rozi.

Xalqingni sev, uz qarzni, 

Xolis xizmat adabdandir.

 

Mard o’glon haybatda arslon,

Lekin yumshoq, sohib ehson.

Shon – sharaf, nomusga posbon,

Bu fazilat adabdandir.

 

Agarchi qiz suluv barno,

Tark aylasa sharmu hayo,

Undan kutib bo’lmas vafo,

Ibo, iffat adabdandir.

 

Xulqing ma’lum salomingdan,

Darak izzat – ikromingdan.

Dil yashnasin kalomingdan, 

Shirin suxbat adabdandir.

 

Dilozorlik anga bad fe’l,

Til ofatidin hazar qil.

Bo’l chehra xandon, suchuk til,

Bil bu odat adabdandir.

 

Adab rishtasin tut mahkam,

Hidoyat sari qo’y qadam,

Himmatda, Fozil, bo’lma kam,

Bu pand, da’vat adabdandir.

 

ARM rahbari:                                  Masharipov Raxmatulla Beknazarovich